Geografiyada toponimika


Jakarta-shahar, Indoneziya poytaxti. Sanskritcha bu so'z «qulay», «yaxshi o'tiladigan joy» degan ma'noni anglatadi. Jamiyat orollari-


Download 403.5 Kb.
bet25/67
Sana13.05.2023
Hajmi403.5 Kb.
#1456817
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   67
Bog'liq
Geografiyada toponimika. M.T.Mirakmalov

Jakarta-shahar, Indoneziya poytaxti. Sanskritcha bu so'z «qulay», «yaxshi o'tiladigan joy» degan ma'noni anglatadi.
Jamiyat orollari-Tinch okeanning janubiy qismida joylashgan. 1769-yilda Jeyms Kuk kashf etgan va Angliya Qirol jamiyati sharafiga shunday nomlangan.
Jeneva-Shveysariyadagi shahar. Jeneva ko'lidan oqib chiquvchi Rona daryosi bo'yida joylashgan. Kelt tilida «mansab», «daryoning quyar joyi» degan ma'noni beradi.
Jizzax-shahar, Jizzax viloyati markazi. So'g'd tilidagi diz- «qal'a» va ak-«kichik» so'zlaridan yasalgan bo'lib, «qal'acha» ma'nosidadir.
Jamolungma-cho'qqi, Himolay tog'laridagi va umuman yer sharidagi eng baland cho'qqi (8848 m). Tibet tilida «Ilohiy yer onasi», «tog'lar onasi», «muqaddas tog'» degan ma'nolarni anglatadi. Nepalcha nomi Sagarmatxa-«bulutlar orasidagi tog'» degan ma'noda. Inglizlar cho'qqini Everest deb nomlashgan va bu nom Hindiston geodeziya mahkamasining 1830-1843 yillardagi boshlig'i Jorj Everest sharafiga nomlangan. Cho'qqi 1852 -yili kashf etilgan.
Jorjtaun-shahar, Gayana poytaxti. Shaharga 1781-yili gollandlar asos solishgan va Tabrok deb nomlashgan. 1812-yili shahar Buyuk Britaniya qo'l ostiga o'tib, Jorjtaun deb nomlangan. Jorj-Angliya qiroli ismi, taun-«shahar» demakdir. Jorjtaun nomi Angliya qo'l ostidagi boshqa yerlarda ham ko'p uchraydi.
Kabu-Branku-burun, Janubiy Amerikaning eng sharqiy chekka nuqtasi, Braziliyada joylashgan. Portugalcha Savo Branco-«oq burun» (savo-«burun», brancho-«oq») degan ma'noni bildiradi.
Kavkaz-tog'li o'lka, Kaspiy, Qora va Azov dengizlari oralig'ida joylashgan. Katta Kavkaz va Kichik Kavkaz tizmalaridan iborat. Dastlab qadimgi grek manbalarida e.a. V asrda Kaukasos tarzida tilga olingan. Kaukasos qadimgi hind manbalarida-tilga olingan Groukasim (hindlar Elbrus tog'ini shunday atagan) nomining talaffuzda buzilib aytishidan hosil bo'lgan va u «qorli tog'» ma'nosini beradi. Keyinchalik Kaukasos nomi butun tog'li o'lka nomiga o'tgan va Kavkaz tarzida tilga olinadi.

Download 403.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling