Geografiyada toponimika


Norvegiya-Yevropadagi davlat. Norveg-«shimoliy yo'l» degan so'z. Skandinaviyaning g'arbiy sohili shunday atalgan. Norin


Download 403.5 Kb.
bet32/67
Sana13.05.2023
Hajmi403.5 Kb.
#1456817
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   67
Bog'liq
Geografiyada toponimika. M.T.Mirakmalov

Norvegiya-Yevropadagi davlat. Norveg-«shimoliy yo'l» degan so'z. Skandinaviyaning g'arbiy sohili shunday atalgan.
Norin-O'rta Osiyodagi daryo. Ushbu potamonim xususida ikki xil fikr mavjud. Ayrim olimlar Norin mo'g'ilcha nariyn-«tor» so'zidan olingan bo'lib, «tor o'zanli daryo» deb izohlaydilar. Haqiqatan ham daryoning yuqori qismi tor o'zanli hisoblanadi. Ayrim tomonimistlarning fikricha, nar-«suv», «daryo» ma'nolarini anglatuvchi qadimiy termin bo'lib,, aksariyat daryolarning manbi-jilg'alar, kichik soylarga nisbatan qo'llanilishini eslatib o'tishadi.

Nuakshot-shahar, Afrikadagi Mavritaniya davlati poytaxti. Shahar 1958-yili berberlarning Naukshot deb nomlangan qishlog'i o'rnida barpo etilgan. Nuakshot- mahalliy xalq tilida «shamolli joy» degan ma'noni bildiradi. Haqiqatan ham shahar Atlantika qirg'oqlari yaqinida, passat shamollari ta'siri sezilarli joyda joylashgan.

Nukus-shahar, Qoraqalpog'iston Respublikasi poytaxti. No'kis qabilasi nomidan olingan. Boshqacha izohi ham bor: nukas-«yangi qishloq».


Nurak-Tojikistondagi GES va shahar. 1960-yili Vaxsh daryosi bo'yicha GES quruvchilar-energetiklar barpo etgan shahar. H.Hasanov Nurak-«chiroqchi ota», «nur tutuvchi» ma'nosida bo'lsa kerak, deb hisoblaydi.
Nurota-O'zbekistondagi tog' tizmasi. Asli nomi Nur. Uni ulug'lab, shu yerdagi mozorni muqaddas deb bilib, Nurota deganlar. Oftob ham dastlab tog' tepasidan nur socha boshlaydi.
Nyu-York-AQShning eng yirik shaharlaridan biri. 1626-yili gollandlar asos solgan va o'z vatanlarining poytaxti nomi bilan bog'lab Yangi Amsterdam deb nomlashgan. 1664-yili inglizlar tomonidan bosib olgan va Nyu-York-«yangi York» deb o'zgartirilgan. York-Angliyadagi shahar bo'lib, unga nisbat berilgan. York-shahar degani.
Nyukasl-Buyuk Britaniyadagi shahar. Qadimgi rimliklar tomonidan harbiy istehkom sifatida asos solingan. Shuning uchun Nyukasl nyu-«yangi», kasl-«qal'a», ya'ni «yangi qal'a» deb nomlangan. Shaharning to'liq nomi Nyukasl-apon-Tayn (Tayn-shahardan oqib o'tuvchi daryo), ya'ni «Tayn daryosi bo'yida joylashgan yangi qal'a».
Nyufaunlend-Shimoliy Amerikaning Atlantika qirg'oqlaridagi oroli. 1497-yili Jon Kabot boshchiligidagi ingliz ekspedisiyasi kashf etgan. Inglizcha «Yangi topilgan yer» degan ma'noni beradi.
Nyasa-Afrikadagi ko'l. Mahalliy tilda «Azim suv» degan ma'noda. Malavi Respublikasida ko'lni Malavi ko'li deb atashadi, bu nom malavi xalqi nomi bilan bog'liq. Lekin ko'l joylashgan Tanzaniya, Mozambik davlatlarida va butun dunyoda Nyasa nomi keng tarqalgan.

Download 403.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling