Geografiyada toponimika


Download 403.5 Kb.
bet31/67
Sana13.05.2023
Hajmi403.5 Kb.
#1456817
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   67
Bog'liq
Geografiyada toponimika. M.T.Mirakmalov

Niderlandiya-G'arbiy Yevropadagi Gollandiyaning rasmiy nomi. Nemischa niderpastlik», land-«yer», «o'lka», «mamlakat», ya'ni «pastlik yer» ma'nosida. Haqiqatan ham mamlakat hududining 40 % i dan ortig'i dengiz sathidan pastda joylashgan.

Niger- Afrikadagi davlat va daryo nomi. Davlat nomi aslida daryo nomidan olingan. Niger so`zining ma'nosi «qora» demakdir. Daryo yomg`ir suvlaridan to`yinib, to`lib-toshib oqadi, shu sabali suvi juda loyqa. Shundan, Niger-«qora» so`zidan olingan.


Nikaragua-Markaziy Amerikadagi davlat. Tinch okean sohilida yashaydigan nikaragua degan indeyes qabilasi nomi bilan atalgan.
Nikosiya-shahar, Kipr davlatining poytaxti. Miloddan avvalgi VII asrda asos solingan va dastlab Ledra deb nomlangan. Vizantiya imperiyasi davrida Levkosiya-«oq shahar» deb atalgan. Hozir ham, aholi o'z shahrini shunday ataydi. Nikosiya shakli yozma manbalarda XIII asrda paydo bo'lib Nike-g'alaba ma'budasi ismidan olingan.

Nil-dunyodagi eng uzun daryo. Qadimgi yunon yozma manbalarida Neilos tarzida uchraydi. Liviyalik mahalliy aholi qadim zamonlarda suvni lil deb ataganlar, lil keyinchalik Nil bo'lib ktegan deyishadi. Arablar bu daryoni Al-Bahr («daryo») deb atashadi.


Nil daryosi ham boshqa katta daryolar singari turli qismlarida turlicha nomlanadi: Viktoriya-Nil, Albert-Nil, Bahr-al-Jabal, Oq Nil. Dastlabki ikki nom shu nomdagi ko'llardan oqib chiqish joyida shunday nomlanadi. Bahr-al-Jabal arab tilidan tarjima qilinsa «tog' daryosi» degan ma'noni beradi.
Oq Nil va Ko'k Nil irmoqlarining qo'shilishidan Nil daryosi nomini oladi. Bu irmoqlar rang ma'nosini bildiradimi yoki yo'qmi hanuzgacha noaniq. Nil daryosining har qaysi qismidagi nomida ham «suv», «daryo» so'zi saqlanib qolgan.
Nordkap-Yevropa qit'asining shimoliy chekka nuqtalaridan biri. Novreg tilida nord-«shimol», kap-«burun», ya'ni «Shimoliy burun» degan ma'noni bildiradi.
Normandiya-Fransiyaning shimoliy viloyatlaridan biri. Nemischa nord-«shimol», mann-«kishi», ya'ni «shimoliy kishilar o'lkasi» demakdir.

Download 403.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling