Geografiyada toponimika
Prut-Dunay daryosining chap irmog'i, etimologiyasi noaniq. Lekin ko'pchilik bu nomni ruscha brod-«kechuv» termini bilan bog'lashadi. Puerto-Riko-
Download 403.5 Kb.
|
Geografiyada toponimika. M.T.Mirakmalov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qaraganda-Qozogistondagi
- Qashqadaryo
- Qorabogozgol
- Qora dengiz
- Qrim
Prut-Dunay daryosining chap irmog'i, etimologiyasi noaniq. Lekin ko'pchilik bu nomni ruscha brod-«kechuv» termini bilan bog'lashadi.
Puerto-Riko-Markaziy Amerikadagi orol va davlat. Orol 1493-yili X.Kolumb tomonidan kashf etilgan va Puerto-Riko-«boy port» deb nomlangan. Pxenyan-shahar, Koreya Xalq Demokratik Respublikasi poytaxti. Shaharga V asrda asos solingan. Sariq dengiz bo'yidagi tekisliklarda joylashganligi uchun koreyscha pxyon-«tekislik», yan-«okean» so'zlaridan olinib, Pxenyan deyilgan. Qarag'anda-Qozog'istondagi shahar, 1934 yilda asos solingan. Qarag'anda qozoqcha Qarag'andi deb ataladi. Ushbu nom qarag'an-buta nomidan olingan. Qarshi-O'zbekistondagi qadimiy shahar. XIV asrgacha Naxshab nomi bilan mashhur bo'lgan. Mahsud Koshg'ariyning «Devonu lug'atit-turk» asarida, «Qarshi turkiy so'z bo'lib, «shoh qal'asi» degan ma'noni bildiradi», deyilgan. Hofizi Abruning yozishicha, «Turkiy tilda podshohning qasrini qarshi deydilar». Qashqadaryo-O'zbekistondagi daryo, daryo nomi qashqa so'zidan yasalgan. Lekin qashqa so'zining ma'nosi aniq emas. Qashqa degan qabila bo'lganligi ma'lum. «Daryoning tabiiy xususiyatida ham «qashqa»lik bor-deydi H.Hasanov, Qarshidan keyin daryo suvi kamayib qolib, o'zani ola-chalpoq «qashqa» holiga keladi. Daryo nomi viloyat nomiga o'tgan. Qorabo'g'ozgo'l-Kaspiy dengizining sharqidagi (qo'ltiq) ko'rfaz. Mang'ishloq yarim oroli Qoratog' deb atalgan. Shu tog' yonidagi bo'g'ozning nomi Qoratog' bo'g'ozi, qisqacha Qorabo'g'oz; ko'rfaz (qo'ltiq) esa Qorabo'g'oz ko'li bo'lgan (ko'l turkmancha go'l, gyol deyiladi); demak, Qoratog' bo'g'ozi paydo qilgan ko'l. Qoragiyo-O'rta Osiyodagi eng past botiq (-132 m), Kaspiy dengizining sharqiy sohillarida joylashgan. E.M.Murzayevning fikricha, ushbu nom aslida Qoraqiya bo'lib, «o'tish qiyin bo'lgan tik qoya, jarlik» ma'nosidadir. Qora dengiz-Yevropa va Osiyo chegarasidagi dengiz. Suvi qoramtir bo'lganligi uchun shunday atalgan, deyish noo'rin. Dastlabki nomi Axoasna («qoramtir») bo'lib, bu nom grekchaga-evksin, arabchaga-asvod, rusgacha-chornoye, turkchaga-kara deb tarjima qilingan. XV-XVI asrlarda Rus dengizi deb ham atalgan. Qora dengiz nomi janubiy xalqlar tomonidan berilgan nom bo'lib, qora so'zining «shimol», «qorong'ulik», «salqin» ma'nolari ham bor. Demak, Qora dengiz-«Shimoldagi dengiz». Qoraqum-O'rta Osiyodagi cho'l. Cho'lni «rangi qora» deb izohlash xato. E.M.Murzayevning fikricha, Qoraqum-«o'simlikka yopishgan», «ko'chmas qum», «mustahkam qum». H.Hasanovning fikricha esa, Qoraqum O'rta Osiyoning g'arbida joylashganligidan, kunbotish tomondagi, qorong'i, qora bo'lib tuyulgan. Xullas, Qoraqum-«G'arbiy qum» degani. Qoqshol-Qirg'iziston va Xitoy chegarasidagi tog' tizmasi. Ruscha Kokshaaltau deyiladi. Lekin uni o'zbekcha Ko'kshag'altov deb atash xato. Qoqshol-uyg'ur va qirg'iz tillarida «qurib qolgan daraxt», o'tinga kesilgan keksa daraxt. Qrim-Qora dengizdagi yarim orol. Ushbu nomning bir qancha izohlari bor. Ulardan haqiqatga eng yaqini bukqir-tepalik yer, tik qirg'oq; qirim-qal'a. Qo'qon-O'zbekistondagi shahar. X asrdan boshlab Xuaqand, Xuqand shaklida tilga olingan. Bir necha izohlari bor. Lekin H.Hasanov akademik A.N.Kononov fikriga asoslanib, Xukand-«shamol shahri», «sershamol shahar» deb izohlash mumkin, deydi. Reyk'yavik-shahar, Islandiyaning poytaxti. Shaharga 875-yilda vikinglar asos solishgan. Reyk'yavik islandcha reyk'ya-«bug'», «tutun» va vik-«qo'ltiqcha», «qishloq» so'zlaridan yasalib, geyzerlar-issiq buloqlar ko'pligidan «bug' otilib turadigan joy» degan ma'noni beradi. Download 403.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling