Rotterdam-Gollandiyadagi shahar. Unga XIII asrda asos solingan. Rotterdam-«Rotte daryosidagi damba» degan ma'noni bildiradi.
Ruanda-Afrikadagi davlat. Shu yerda yashovchi ruanda qabilasi nomidan olingan.
Rub-al-Holi-Arabiston yarim orolining janubi-sharqidagi cho'l. Arabcha rub-«chorak», xoli-«bo'shliq», ya'ni «Yarim orolning chorak qismini egallagan bo'sh, xilvat cho'l» degan ma'noda.
Ruvenzori-Afrikaning sharqidagi tog'li o'lka. Zair va Uganda chegarasida joylashgan. Mahalliy xalq tilida «bulutlar egasi» degan ma'noni bildiradi. Bu yerda tog'larning balandligi 5000 m dan oshadi.
Rudali tog'lar-Germaniya va Chexiya davlatlari chegarasidagi tog'lar. Kumush konlari topilganidan shunday atalgan.
Rudolf ko'li-Afrikadagi ko'l. Avstraliyalik shahzoda Rudolf nomi bilan atalgan.
Ruminiya-Yevropadagi davlat. Qadim zamonda Rim imperiyasining chekka o'lkasi bo'lgan, aholisi ruman-rimlik hisoblangan. Shu sababdan romaniya bo'lib qolgan, rus va o'zbek tillarida Ruminiya deb ataladi.
Saaremaa-Boltiq dengizidagi orol. Eston tilidagi saar-«orol» va maa-«yer», ya'ni «orolli yer» so'zlaridan yasalgan.
Salexard-shahar, Rossiyadagi Yamal-Neneslar avtonom okrugi ma'muriy markazi. Shaharga 1595-yili asos solingan. Nenes tilida sale-«burun», «yarim orol», hard-«uy», «shahar» so'zlaridan yasalgan. 1595-yildan 1933-yilga qadar Obdorsk deb yuritilgan (Ob daryosi bo'yidagi shahar ma'nosida).
Samarqand-O'rta Osiyodagi eng ko'hna shaharlardan biri. Afrosiyob, Maroqanda, Samariana, Samaranka, Sakanna, Sam-Mangen va Samakiyan singari nomlari bo'lgan. Biroq nomlardan ko'ra bir-biriga zid izohlari ko'p.
Lekin H.Hasanov bu izholardan ikkitasi haqiqatga yaqinligini turli manbalar asosida tushuntirib, to'xtalib o'tadi:
1) Samizkant-boy shahar, ulug' shahar;
2) Yig'in joyi, maslahat qishlog'i.
Samoa-Tinch okeandagi-Polineziyadagi orollar. Mahalliy aholining afsonaviy boshlig'i Samoa ismi bilan atalgan. Samoa so'zining «tuyaqushzor» degan izohi ham bor.
G'arbiy Yevropada 1768-yilda fransuz dengizchisi L.A.Bugevil tomonidan berilgan nom-«Dengizchilar oroli» deb ataladi. Zero, mahalliy aholining orollar o'rtasidagi o'zaro aloqa vositasi-transporti kemalardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |