Popokatepetl-Meksikadagi vulkan. Mahalliy indeyeslar tilida popoka-«tutun», tepetl-«tog'», ya'ni «yonar tog'» demakdir.
Port-Lui-Mavrikiy davlatining poytaxti. 1736-yili fransuz kolonizatorlari tomonidan asos solingan va o'sha davrdagi fransuz qiroli Lyudovik XV (Lui) nomiga qo'yilgan.
Port-Morsbi-Papua-Yangi Gvineya davlati poytaxti. 1873-yili ingliz dengiz sayyohi Jon Morsbi Yangi Gvineya orolining janubi-sharqiy qismida qulay ko'rfaz topib, o'z otasi admiral F.Morsbi sharafiga shunday nomlangan.
Porto-Novo-Benin davlati poytaxti. Potugaliyalik sayyohlar tomonidan asos solingan va «yangi port» degan ma'noni bildiradi.
Port-o-Prens-shahar, Gaiti Respublikasi poytaxti. Gaiti oroli XVII asr oxirlaridan Fransiya qo'l ostiga o'tdi. 1706-yili orolga kelgan «Prens» nomli farnsuz kemasi nomiga shu yerda barpo etilgan shahar Port-o-Prens deb atalgan.
Port-of-Speyn-shahar, Trinidad va Tobago davlati poytaxti. Tirinidad orolini XVI asrda ispanlar egallagan va 1797-yili Buyuk Britaniya qo'l ostiga o'tgan. Shahar inglizcha Port-of-Speyn-«Ispan porti» nomini olgan.
Port-Said-Misr Arab Respublikasidagi shahar, O'rta dengiz bo'yida joylashgan, 1859-yilda asos solingan. Suvayish kanalini qurishda bu ishga Misr hokimining noibi-Said poshsho bosh bo'lgan va kanal bo'yidagi yangi port shahar uning nomi bilan atalgan.
Portugaliya-G'arbiy Yevropadagi davlat. Ushbu nom Portus-Kale (hozirgi Portu yoki Oporto) shahri nomidan olingan bo'lib, rimliklar bu shaharni «Port Kale» deb ataganlar. IX asrdan boshlab Portugaliya deb ataladi.
Praya-shahar, Kabo-Verde davlatining poytaxti. Portugallar tomonidan asos solingan bo'lib, portugal tilida praya-«plyaj» ma'nosini bildiradi.
Pretoriya-shahar, Janubiy Afrika Respublikasi poytaxti. Shaharga 1855-yili asos solingan va Angliya mustamlakachilariga qarshi kurashda burlar qabilasiga qo'mondonlik qilgan Andris Pretorius sharafiga shunday nomlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |