Geografiyada toponimika


Sitsiliya-O'rta dengizdagi Italiyaga qarashli orol. Shu orolda yashaydigan sikullar qabilasi nomidan olingan. Sichuan


Download 403.5 Kb.
bet46/67
Sana13.05.2023
Hajmi403.5 Kb.
#1456817
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   67
Bog'liq
Geografiyada toponimika. M.T.Mirakmalov

Sitsiliya-O'rta dengizdagi Italiyaga qarashli orol. Shu orolda yashaydigan sikullar qabilasi nomidan olingan.
Sichuan-Xitoydagi viloyat. Xitoy tilidagi si-«to'rt» va chuan-«daryo» ma'nosida. Yanszi daryosining to'rtta irmog'i shu hududdan oqib o'tadi. Shuning uchun Sichuan deyilgan.
Solikamsk-Rossiyaning Perm oblastidagi shahar. 1430-yili Kama daryosining chap irmog'i-Usolka bo'yidagi bunyod etilgan shaharcha aholisi tuz tuyish bilan shug'ullana boshlagan. Shuning uchun shaharchaga Soli Kamskiye-«Kama tuzi» nomi berilgan.
Solomon orollari-Tinch okeanning janubi-g'arbiy qismidagi-Melaneziyadagi orollar to'dasi va shu nomdagi davlat. 1568-yilda ispan dengizchilari kashf etishgan. Ispanlar mahalliy aholidan oltin yig'ib olganlar va afsonaviy oltin mamlakat podshosi Solomon nomiga shunday atashgan.
Som-Qozog'istonning g'arbidagi ko'l va cho'l. Qozoqcha sam-«loyqa», «balchiq» degan so'z. Ko'l goh quriydi, goh sho'rhok, botqoqlikka aylanadi. Shuning uchun shu nom berilgan.
Somali-Afrikaning shimoli-sharqidagi yarim orol va davlat. YE.M.Pospelovning yozishicha, bu nom shu yerda yashovchi somali xalqi nomidan olingan. Lekin H.Hasanov ma'lumotlariga ko'ra, somali-«sut sog'ar» ma'nosidagi so'z. Bu yerda qoramolchilik rivojlangan.
Sofiya-shahar, Bolgariya poytaxti. Shaharga e.a. I asrda qadimgi rimliklar asos solishgan. Ular Bibi Sofiya ibodatxonasini qurdirganlar va shaharni Sofiya deb atashgan. Grekcha sofis-«oqil», «dono» degan so'zdir.
Sochi-Qora dengiz bo'yidagi kurort shahar. Cherkas qabilasi soatshe nomidan olingan.
Srinagar-Hindistonning shimolidagi shahar. Qadimgi hind tilidagi sri-«muqaddas», nagar-«shahar» so'zlaridan olinib, «Muqaddas shahar» degan ma'noni beradi. Shaharda bir qancha tarixiy afsonaviy yodgorliklar bor.
Stavropol-Rossiyadagi shahar. 1777-yilda asos solingan. Ma'lumotlarga ko'ra, bu yerga dastlab kelganlar but (krest) shaklidagi buyumni ko'rib, «But shahri» deb atashgan. Grekcha stauros-«but (krest)», polis-«shahar» demkdir.

Download 403.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling