Geografiyada toponimika
Download 403.5 Kb.
|
Geografiyada toponimika. M.T.Mirakmalov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Peshavar
- Polineziya
Pechora-Rossiyadagi daryo. Shu daryo bo'ylarida yashaydigan pechora qabilasi nomidan olingan degan taxminlar bor. Bundan tashqari, peshchera-g'or so'zidan olingan deyiladi. Lekin Ye.M.Pospelov bu izohlardan tashqari, pech-«qarag'ay» degan izohi ham bor. Lekin nenes qabilalari shu daryo bo'ylarida yashashini hisobga olib, etnonim keyinchalik daryo nomiga o'tgan deb hisoblaydi.Peshavar-Pokistondagi shahar. Purshapur-«sergul shahar» nomidan olingan. Pireneya-Yevropaning g'arbidagi tog'lar. Bask tilida piren-«tog'» degani. Pireney tog'idan yarim orol nomi ham olingan. Piskent-Toshkent viloyatidagi tuman va shahar nomi. H.Hasanovning yozishicha, Bist-kent, ya'ni «yigirmata qishloq» so'zlaridan olingan. Piskom-Bo'stonliq tumanidagi daryo, Chirchiq daryosining o'ng irmog'i. XI-XII asrlarga oid yozma manbalarda Biskom shaklida tilga olingan bo'lib, «yigirma daryo», «yigirma ariq», «yigirmata irmoqli daryo» degan ma'noni bildiradi. Daryo nomidan Piskom tizmasi nomi ham kelib chiqqan. Pokiston-Janubiy Osiyodagi davlat. Bu davlat nomining kelib chiqishi haqida H.Hasanov quyidagicha yozadi: «Hindiston Angliya mustamlakasi bo'lgan davrda hind musulmonlaridan va milliy harakat rahbarlaridan bo'lmish Choudri Rahmat Ali 1931 yilda yangi islom davlati barpo etish rejasini taklif etib, Panjob, Afg'oniya, Kashmir, Sind va Balujiston yerlarini birlashtirishni o'ylagan hamda shu viloyatlar nomining bosh harflari va -ston suffiksidan Pokiston nomini to'qigan (Afg'oniya deganda Afg'oniston emas balki patan qabilalari yashaydigan Peshavar viloyati tushunilgan). Ayni paytda Rahmat Ali bu nomning «pok», «pokiza», «toza», «halol» ma'nolari borligini ko'zda tutgan». Lekin uni «asl islom mamlakati» deb izohlash noto'g'ri. Polineziya-Tinch okeanidagi orollar turkumi. Grekcha poli-«ko'p», nezos-«orol», ya'ni «ko'p orollar ma'nosida». Polsha-Yevropaning sharqiy qismidagi davlat. Slavyan qabilasi polyan nomidan olingan. Pomir-O'rta Osiyodagi baland tog'li o'lka. Bu nom Poymurg' («qush oyog'i»), Poimarg («o'lim ostonasi»,) Pomir (amir etagi) va hokazolardan hosil bo'lgan, degan fikrlar bor. Lekin H.Hasanov ushbu masalaga geografik nuqtai nazardan yondashib, poy so'zi «oyoq», «etak», «tayanib turadigan joy» ma'nosidagi, mir qo'shimchasi esa umuman «yuksak tog'», «osmoni falak», «oftob» ma'nosida bo'lsa kerak, deb hisoblaydi. Qadimiy fors tilida mihr so'zi «oftob» ma'nosini bildirgan. «Mihr» ning «mir» ga aylanishi tabiiy hol. Shunday qilib, Poimihr-«quyosh oyog'i»-juda baland tog' ma'nosidadir. O'rta Osiyoning sharq tomonida-Quyosh chiqish tomonda joylashganligi uchun shunday atalgan. Pomirni «Dunyo tomi» deb atash uning lug'aviy ma'nosi emas, balki epiteti-laqabidir. Ponti-Kichik Osiyo yarim oroli (Turkiya)ning shimoliy qismidagi tog' tizmasi. Qora dengiz grekcha Pont dengizi deyilgan. Pont-«dengiz» demakdir. Beruniy xaritasida Buntus deb yozilgan. Shunga ko'ra tog'lar ham dengiz nomi bilan atalgan. Download 403.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling