Geografiyada toponimika


Oxota-Uzoq Sharqdagi dengiz. Oxota daryo nomi bo'lib, dengiz nomiga o'tgan va evenk tilida «daryo» degan ma'noni bildiradi. Oq dengiz


Download 403.5 Kb.
bet35/67
Sana13.05.2023
Hajmi403.5 Kb.
#1456817
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   67
Bog'liq
Geografiyada toponimika. M.T.Mirakmalov

Oxota-Uzoq Sharqdagi dengiz. Oxota daryo nomi bo'lib, dengiz nomiga o'tgan va evenk tilida «daryo» degan ma'noni bildiradi.
Oq dengiz-Shimoliy Muz okeanidagi dengiz. Dengiz yil davomida ikki yuz kun oppoq muz bilan qoplangan bo'ladi, shuning uchun Oq dengiz deb atalgan deyishadi. Lekin H.Hasanov bergan ma'lumotga ko'ra, qadimiy slavyanlar shimol tomonni oq va janub tomonni ko'k rang bilan tasvirlaganini e'tiborga olsak, Oq dengiz-«Shimoliy dengiz» ma'nosida bo'ladi.
Ohangaron-O'zbekistondagi vodiy, shahar, daryo va plato nomi. O'rta asr boshlaridayoq temirchilik rivojlangan bo'lgan, shuning uchun tojikcha Ohangaron-«temirchilar» deb atalgan.
Pa-de-Kale-Buyuk Britaniya va Yevropa orolig'idagi bo'g'oz. Fransuzcha pa-«bo'g'oz», «yo'lak», Kale-Fransiya qirg'og'idagi shahar, ya'ni «Kale shahri yonidagi yo'lak, bo'g'oz» degan ma'noni bildiradi. Ushbu bo'g'ozning Angliya qirg'og'ida Duvr shahri bo'lib, inglizlar bo'g'ozni Duvr bo'g'ozi deb atashadi.
Pampa-Janubiy Amerikadagi dasht zonasi. Indeyeslar tilida «daraxtsiz yer» degan ma'noda.
Panama-Markaziy Amerikadagi davlat va kanal. Panama shahri nomidan olingan va mahalliy indeyeslar tilida «baliqqa boy joy» ma'nosini beradi.
Papua-Yangi Gvineya-Yangi Gvineya oroli va unga yaqin orollarda joylashgan davlat. Papua-shu orolda yashovchi mahalliy aholi. XVI asr o'rtalarida portugaliyalik sayyohlar mahalliy aholini qora tanli ekanligini ko'rib, Afrikaning Gvineya o'lkasiga qiyos qilishgan va Yangi Gvineya deb nomlashgan. 1975-yili mustaqillikka erishgan davlat Papua-Yangi Gvineya deb ataladigan bo'ldi.
Panj-Tojikistondagi daryo. Amudaryoning bosh qismi shunday ataladi. «Besh» (daryo) ma'nosida: Vahang, G'unt, Bartang, Yozg'ulom, Vanj.
Paragvay-Janubiy Amerikadagi daryo va davlat. Mahalliy xalq tilida para va gvay-har ikkalasi «daryo» ma'nosini bildiradi.
Parana-Janubiy Amerikadagi daryo. Mahalliy indeyeslar tilida (para-«daryo», na-«katta») «katta daryo» demakdir.

Download 403.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling