Geografiyada toponimika


Download 403.5 Kb.
bet13/67
Sana13.05.2023
Hajmi403.5 Kb.
#1456817
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   67
Bog'liq
Geografiyada toponimika. M.T.Mirakmalov

Antarktida-Janubiy qutb atrofidagi muz bilan qoplangan, eng sovuq va eng baland materik. Ant va Arktika-«Arktikaning teskarisi» degan so’z.
Antarktika-qit'a nomi. Antarktida materigi va uning atrofidagi dengizlar hamda orollar.
Antil orollari-Markaziy Amerikadagi Katta va Kichik Antil orollari. Ispancha anti-qarshi, illas-orollar, ya'ni «Atlantika okeanining narigi tomonidagi orollar» degan ma'noda.
Anqara-Turkiya poytaxti. H.Hasanovning fikricha «karvonsaroy», «bekat» ma'nosidagi langar so'zidan olingan. Langar «to'xtab o'tish joyi» degani.
Apennin-Yevropaning janubiy qismidagi yarim orol va tog' nomi. Kelt tilida pen-«tepalik».
Arabiston-Yevrosiyodagi va umuman dunyodagi eng katta yarim orol. Arab so'zining ma'nosi «cho'l» bo'lib, arablar-«ko'chmanchilar», «cho'lliklar» degan ma'noni bildiradi. Shundan Arabiston-«arablar yeri» kelib chiqqan.
Arafura dengizi-Hind okeanining sharqiy qismidagi dengiz, Indoneziyadagi arafura qabilasi nomidan olingan.
Araks-daryo. Armaniston va Ozarbayjon, Turkiya va Eron bilan bo'lgan davlat chegarasidan oqadi. Kuraning o'ng irmog'i. Araks qadimda Old Osiyoda mavjud bo'lgan aras-«daryo» so'zi bilan bog'liq. Araks o'rta asr arab geograflarida Ar-rass shaklida uchraydi. Hozirgi turk tilida Aras.
Ardon-daryo. Rossiyaning Shimoliy Osetiya hududidan oqib o'tadi. Terekning chap irmog'i. Ardon osetincha arra-«vahshiy bebosh», don-«daryo» so'zlaridan yasalgan bo'lib, «vahshiy daryo, bebosh daryo» demakdir. Shimoliy Osetiyadagi Ardon qishlog'i daryo nomi bilan atalgan.
Arga-sala-daryo. Rossiyaning Yakutiya hududidan oqib o'tadi. Olenok daryosining chap irmog'i. Gidronim turkiy tildagi archa-«orqa» yoki g'arb va sala-«irmoq» so'zlaridan yasalgan. Arga-sala orqa yoki g'arbiy irmoqdir.
Argentina-Janubiy Amerikaning janubi-sharqidagi davlat. Hozirgi Argentina va uning atrofidagi yerlar XVI asr boshlaridan XVIII va XIX asr boshlarigacha Ispaniya qo'l ostidagi La-Plata mustamlaka yerlari hisoblangan. Ispan bosqinchilari mahalliy xalq-indeyeslar qo'lida kumushsimon buyumlar ko'rganlar va ular dastlab kelib to'xtagan daryoni La-Plata («kumushli») deb ataganlar. 1826 yildagi ozodlikdan so'ng mustaqil Argentina Federativ Respublikasi tashkil etildi. Argentina lotincha «argentum»-kumush degan ma'noni beradi.
Argun-Amur daryosining irmoqlaridan biri, uning Shilka daryosi bilan qo'shilishidan Amur daryosi hosil bo'ladi. Buryat tilidagi Urgengol («urgen»-keng, «gol»-daryo)-keng daryo so'zidan olingan.
Aris-daryo va shahar. Janubiy Qozog'iston viloyatida joylashgan. Sirdaryoning o'ng irmog'i, Gidronimga turkiy xalqlarning eng katta urug'i arislarning nomi asos bo'lgan. Bu urug'ning o'nlab bo'laklari qozoq, qoraqalpoq xalqining tarkibida hozir ham bor. Qozog'istondagi ko'l va temiryo'l stansiyasi ham shu urug' nomi bilan bog'liq.
Ashgabad-Turkmaniston poytaxti, 1881 yilda asos solingan. Ushbu nom ishq, oshiq so'zlari bilan bog'lanadi va «oshiqlar shahri», «havas qiladigan joy» degan ma'noni bildiradi.
Atlantika-okean, dastlab qadimgi grek olimi Gerodot (e.a. V asr) asarlarida «Gerakl ustunlari (Gibraltar bo'g'ozi ortidagi) ortidagi dengiz Atlantis deb ataladi» deb tilga olingan.
Qadimgi Rim olimi Pliniy (I asr) asarlarida esa Okeanus Atlantikus-Atlantika okeani tarzida yozilgan. Turli davrlarda okeanning ayrim qismlari - G'arbiy okean, Shimoliy dengiz, Ichki dengiz deb nomlangan. XVII asr o'rtalaridan boshlab Atlantika okeani deb nomlanadigan bo'lgan.
Okean nomini ayrimlar afsonaviy Atlantida nomi bog'lashadi. Yana boshqa tahminlarga ko'ra, finikiyaliklar g'arb tomonni «atlat» tun, qorong'ilik deb ataganlar. Shundan, Afrikadagi Atlas tog'lari va Atlantika-«g'arbiy qorong'ilik» nomlari kelib chiqqan.

Download 403.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling