Geografiyada toponimika
Download 403.5 Kb.
|
Geografiyada toponimika. M.T.Mirakmalov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adriatika
- Ajal (Olim) vodiysi
Joy nomlari izohi
Addis-Abeba-Efiopiya poytaxti. Mahalliy ahmara tilida «bahor guli», «yangi gul» degan ma'nolarni beradi. Shaharning epiteti-laqabi ham «mangu bahor shahri»dir. Adeli Yeri-Antarktida materigidagi yer, joy nomi. Fransuz sayyohi J.Dyumon-Dyurvil o'z rafiqasi nomiga bu yerni shunday atagan. Pingvinlarning eng ko'p tarqalgan turlaridan biri ham Adeli pingvini deyiladi. Adriatika-Yevropadagi dengiz. Italiyaning shimoli-sharqiy sohilidagi Adriya shahri nomilan olingan. Afina-Gresiya poytaxti, dunyodagi eng qadimiy shaharlardan biri. Shaharga dastlab aholi e.a. XVI-XIII asrlarda o'troqlasha boshlagan. Nom afsonaviy Afina ismidan olingan. Lekin qadimgi yunon tilida tepalik yerni bildiruvchi atinai so'zi ham bo'lgan. Shahar shunday tepalikda joylashganligi uchun unga atina, afina-«tepa» nomi berilgan bo'lishi mumkin, deb hisoblaydi H.Hasanov. Afrika-qit'a, kattaligi jihatdan Yevrosiyodan so'ng ikkinchi o'rinda turuvchi materik. Gomer asarlarida (e.a. XII asr) Liviya tarzida tilgan olingan. Liviya-libu qabilasi nomidan olingan. Afrika nomi dastlab e.a. III asrda finikiyaliklar shahri Karfagen (hozirgi Tunis shahri atrofi) atrofidagi yerlarga nisbatan ishlatilgan. Ushbu nom shu yerlarda yashaydigan afri yoki afariki qabilasi nomidan olingan. Karfagen davlati e.a. 146-yilda parchalanib, uning o'rnida qadimgi rimliklarning qo'l ostidagi yerlar-Afrika provinsiyasi paydo bo'ladi. Keyinchalik ushbu nom butun materikka nisbatan ishlatiladigan bo'lgan. Afrikaning yana grekcha afri-«sovuq emas» degan ma'nosi ham bor. Haqiqat ham Afrika dunyodagi eng issiq materik. Lekin Afrika nomi yuqorida tilga olingan qabila nomidan olinganligi haqiqatga yaqinroqdir. Ajal (O'lim) vodiysi-Shimoliy Amerikaning eng past nuqtasi (dengiz sathidan –86 m pastda joylashgan), shuningdek g'arbiy yarimsharning eng issiq joylaridan biri. 1849-yili bir guruh oltin izlovchilar suvsizlikdan halok bo'lishgan, shuning uchun vodiy shunday atalgan. Alp-Yevropadagi tog'. Qadimgi kelt tilida «tog'», «balandlik» ma'nolarini bildiradi. Lekin lotincha «alba»-oq so'zidan olingan degan farazlar ham bor. Alpinizm, alp o'tloqlari atamalari shu tog' nomidan kelib chiqqan. Alyaska-Shimoliy Amerikadagi yarim orol va shtat nomi. Aleut tilida «katta yer» degan ma'noni beradi. Download 403.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling