Gеologiya va minerologiya asoslari ” fanidan o’quv- uslubiy majmua bakalavriat yо`nalishlari: barcha ta’lim yо`nalishlari uchun urganch-2012 Mundarija
GALLOID BIRIKMALAR (GALOGENIDLAR)
Download 7.25 Mb.
|
78 Геология мажмуа 2012 tay
- Bu sahifa navigatsiya:
- Flyuorit – CaF 2
- Galit – NaCl.
- Silg’vin – KCl.
GALLOID BIRIKMALAR (GALOGENIDLAR)Kimyoviy nuqtai nazardan qarag’anda HF, HCl, HBr va HS kislotaning tuzlari bo’lib, vodorod o’rniga ishqoriy, ishqoriy yer metallar, xamda Cu, Ag, ‘b, Hg, Fe, Mn lar kation vazifasini bajaradi. Namunaviy ion bog’lanishli galogenlarda zaryadi kichik va ion radiusi katta, shunga muvofiq aktiv qutblashga moil bo’lgan yengil metallarning kationlari ishtirok etganligi uchun ushbu minerallar shaffof, rangsiz, solishtirma og’irligi kichik va oson eruvchanlik xususiyati xamda shishadek yaltirashi xarakterli. Flyuorit – CaF2. «Flyuorum» - ftor elementining lotincha nomi. Tarkibi – Sa – 51,2%, F – 48,8%. Izomorf aralashma xolda ittriy, tseriy va uran bo’ladi. U kub singoniyali, to’g’ri tuzilgan kubik, bahzan oktaedrik, dodekaedrik kristallar xolida uchraydi. Ayrimda xol-xol donali yaxlit massa bo’lib, bahzan tuproqsimon massa shaklida topiladi. Odatda rangsiz, shaffof, ayrimda sariq, yashil, xavorang, gunafsha, qoramtir bo’ladi. Ehtiborga sazovorligi flyuoritni qizdirganda rangi yo’qoladi, rentgen nurlarning tahsirida yana bo’yalib qoladi. U shishadek yaltiraydi. qattiqligi – 4, solishtirma og’irligi – 3,2, mo’rt, ulanish tekisligi kub bo’yicha mukammal. Flyuoritning aksariyat qismi gidrotermal jarayonda paydo bo’ladi. Flyuorit yirik konlarda barit, kalg’tsit, kvarts va sulg’fid minerallari bilan birga uchraydi. U intruziv jinslarda ikkinchi darajali greyzen va pegmatitlarda katta miqdorda bo’lishi mumkin. Flyuoritning 70% yaqini metallurgiyada oson eriydigan shlaklar olish uchun ishlatiladi. U kimyo sanoatda, keramika va shisha sanoatida va boshqa juda ko’p joylarda foydalaniladi. Galit – NaCl. Grekcha «galos» – dengiz, tuz demakdir. U osh tuzi xam deyiladi. Tarkibi – Na – 39,4% va Sl – 60,6%. Mexanik aralashma sifatida gil, organik moddalar bo’ladi. U kub singoniyali, tuz xavzalarining ostida bir-birlariga yopishmagan dona-dona bo’lib, zich kristallangan ko’rinishda topiladi. Galit shishadek yaltiraydi, qattiqligi – 2, solishtirma og’irligi – 2,2, mo’rt, suvda oson eriydi, mazasi sho’r. U juda gigroskopik, xavo namini o’ziga tortib oladi. Galit ekzogen sharoitda quriyotgan ko’llarda yoki dengiz xavzasidan qum to’siqlari bilan ajralgan sayoz qo’ltiqlardan quruq va issiq iqlimli sharoitlarda paydo bo’ladi. Galitning eng katta zaxirali konlari turli geologik davrlarda yuzaga kelgan. Ammo uning yirik konlari perm davriga mansub. Bu davr uchun uzoq davom etgan issiq kontinental iqlim xos bo’lgan (Evropa, Osiyo, Amerika va boshqa mamlakatlarda). Galit muxim oziq-ovqat maxsuloti. U sanoat va qishloq xo’jaligining turli tarmoqlarida ishlatiladi. Silg’vin – KCl. Tarkibi – K – 52,5%, Cl – 47,5%. Mexanik aralashma xolda NaCl, Fe2O3 ishtirok etadi. U kub singoniyali, qavat-qavat teksturali yaxlit donador massalar xolida topiladi. Silg’vinning toza xillari – shaffof, rangsiz, oq, och qizil va pushti rangli bo’ladi, shishadek yaltiraydi, qattiqligi – 1,5-2, solishtirma og’irligi – 1,99. Uning mazasi o’tkir sho’r, bahzan achchiq ancha mo’rt mineral. U galit kabi qurayotgan sho’r suvli ko’llarda yuzaga keladi. Silg’vinning dunyodagi eng yirik koni Rossiyadagi – Solikamsk xisoblanadi. Bundan boshqa katta konlarga Germaniyadagi –Strassfurt va Elg’zas, Frantsiyada topilgan. Mahlumki, kaliy tuzlarining ko’p qismi dalalarni o’g’itlash uchun sarf bo’ladi, biroz qismi ximiya sanoatida, meditsinada, parfyumeriya, qog’oz sanoatida, shisha va lak-bo’yoq tayyorlashda qo’llaniladi. Download 7.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling