Gеologiya va minerologiya asoslari ” fanidan o’quv- uslubiy majmua bakalavriat yо`nalishlari: barcha ta’lim yо`nalishlari uchun urganch-2012 Mundarija


Download 7.25 Mb.
bet86/214
Sana15.11.2023
Hajmi7.25 Mb.
#1776050
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   214
Bog'liq
78 Геология мажмуа 2012 tay

Poliksen (‘t, Fe). Tarkibida platina 80-88% va temir 9-11%, u kub singoniyali. Tabiatda yaxlit kub shaklida kamroq uchraydi, asosan noto’g’ri donalar ko’rinishida bo’ladi. Poliksen rangi – kumushdek oq, bahzan po’latdek kul rang. qattiqligi 4-4,5. U xam boshqa metallardek eziluvchanlik xususiyatiga ega, ulanish tekisligi yo’q. Poliksen magnitga tortiladi va elektrni yaxshi o’tkazadi, ammo kislotalarda erimaydi. Platina guruxi minerallari genetik jixatdan o’ta asos magmatik jinslar bilan uzviy bog’liq bo’lgan tipik magmatik konlar xosil qiladi.
Osmiy-ruteniy (Os, Ru) va osmiyli iridiy guruxi minerallari, nisbatan kam tarqalgan.
Nevg’yanskit – (Ir, Os). U birinchi marta Uralning Nevg’yansk rayonida topilgan. Tarkibi o’zgaruvchan (% xisobida) Ir – 46,8-77,2; Os– 21,0-49,3; Ru –0-0,5, Rh–0,5-7,7; ‘t–0,1-5,5; Cu– 0-0,9; Fe – 0-1,4. Nevg’yanskit – geksogonal singoniyada kristallanadi, rangi qalayi kabi oq, metall kabi yaltiroq. qattiqligi 6-7, ancha mo’rt, solishtirma og’irligi 17,0 dan 21,0 gacha.
Ushbu gurux minerallari genetik jixatdan o’taasos (dunit, peridotit) jinslar bilan uzviy bog’liq. Bu jinslarda platina guruxi minerallari asosan xromshpinelidlar bilan bahzan mis sulfidlari bilan birga uchraydi.
Siserskit – Os, Ir, mineral nomi topilgan joyi Uralning Yekaterinburg viloyati Sisertsk rayonidan kelib chiqqan. Geksagonal singoniyali, rangi och kul rang, ayrimda to’q kul rang. Solishtirma og’irligi o’zgaruvchan – 17,8-22,2 gacha. Bu mineral xam o’ta asosli intruziv jinslar natijasi xosil bo’ladi. Yuqorida bayon etilgan minerallar bironta kislotada erimaydi.


Yarim metallar guruxi minerallari


Ushbu gurux minerallari tabiatda kam uchraydi. Yarim metallarning ichki tuzilishining o’ziga xos xususiyati shundaki, xarqaysi atom atrofidagi olti atomning uchtasi bilan kovalent bog’lanib o’zaro birikkan strukturani xosil qiladi.


Margimush – As tabiatda kam uchraydi. Tarkibi o’zgaruvchan bo’lib As – 84-95% tashkil etadi. Aralashma xolda Sb – 1,7-9,2%, kamdan-kam Ag, Fe, Ni bahzan V ishtirok etadi. Trigonal singoniyada kristallanadi. Margimush buyraksimon, oqiq shaklli qobiqlar, stalaktit, puchoqsimon maxsulotlar xolida uchraydi. Margimushning rangi qalayidek oq bo’lib vaqt o’tishi bilan sariq-qo’ng’ir tusga kirib keyinchalik batamom qorayib qoladi. U yaltiroq, qattiqligi – 3,5, ancha mo’rt, solishtirma og’irligi 5,6-5,7. Sof margimush gidrotermal jarayonda paydo bo’ladi. Margimush odatda surg’ma, nikelg’, kobalg’t, kumush va qo’rg’oshinlar bilan birga uchraydi. Bahzi adabiyotlarda margimush mahdan konlarining nurash zonalarida ikkilamchi mineral sifatida yuzaga kelishi qayd etilgan. Bo’yraksimon ko’rinishidagi sof tug’ma margimushining yirik uyumlari Rossiyaning Zabaykalg’e viloyati CHikoya daryosi qirg’og’ida uchraydi. Bundan tashqari Saksoniyadagi bir qator konlarda (Freyberg, SHneeberg, Annaberg) topilgan.
Vismut – Bi. Bu mineral margimush va surmaga qaraganda ko’proq uchraydi. Vismut trigonal singoniyada kristallanadi. Yaxshi kristallari kam uchraydi. Odatda xol-xol donali, bahzan bargsimon va patsimon shakllarda uchratish mumkin. Vismut rangi kumushdek oq bo’lib, sarg’ish tovlanadi. qattiqligi 2,5, ulanish tekisligi mukammal, qiyinchilik bilan eziladi. Solishtirma og’irligi 9,7-9,8. Vismut yuqori xaroratli gidrotermal jarayonda paydo bo’ladi va kassiterit - SnO2, arsenopirit – FeAsS, vismutin – Bi2S3, volg’framit (Fe, Mn)WO4, molibdenit – MoS2 va boshqalar bilan birga uchraydi.

Download 7.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling