Anglezit ‘bSO4. Birinchi marta Anglezi orolida topilgan bo’lib, nomi shundan kelib chiqqan. Tarkibida: ‘bO – 73,6%, SO3 – 26,4% bo’ladi, bundan tashqari VaO – 8,5% bo’lishi mumkin. U rombik singoniyali, tabletkasimon, ayrimda kalta ustunsimon, piramidal qiyofalarda bo’ladi. Odatda, u rangsiz, shaffof, kulrang, olmosdek yaltiraydi, qattiqligi – 3, solishtirma og’irligi – 6,4, ulanish tekisligi rombik bo’yicha mukammal. qo’rg’oshin va boshqa sulg’fid konlarining oksidlanish zonalarida paydo bo’ladi. Anglezit galenit sifatida, ulanish tekisligi bo’ylab oksidlanishi tufayli vujudga keladi: ‘bSqO4q’bSO4.
Tenardit – Na2SO4. Tarkibi: Na2O – 43,7%, SO3 – 56,3%. U rombik singoniyali donador agregatli, dipiramidalli, tabletkasimon qiyofaga ega. U rangsiz, shaffof, shishadek yaltiraydi. qattiqligi – 2-3, solishtirma og’irligi – 2,6, mo’rt, suvda eruvchan. O’ta to’yingan eritmadan, faqat – 32,5odan yuqori xaroratda cho’kadi, bundan past xaroratda mirabalit Na2SO4·10H2O yuzaga keladi. Bahzi bir quriy boshlagan kullarda Na va SO4 ionlari bilan o’ta to’yingan namakobda bevosita cho’kib - tenardit paydo bo’ladi. Tenarditning fumarol vulqonlar xarakatining maxsuloti sifatida yuzaga keladi (Vezuviy, Italiya). Tuz konlarida tenardit, mirabilit, astraxanit, galit va gipslar bilan birga uchraydi. Tenardit yirik konlari Uzun-Su Turkmaniston va Barabin, Rossiyada mavjud.
Gips – CaSO4·2H2O. Tarkibi: SaO – 32,5%, SO3 – 46,6%, N2O – 20,9%. Mexanik aralashma xolida turli gillar qum, organik moddalar bo’ladi. U monoklin singoniyali, yo’g’on tabletkasimon, ayrimda ustunsimon, yoki prizmatik ko’rinishda bo’ladi. Gips yoriqlarda asbestga o’xshash ipaksimon xolda joylashadi. Yirik, aloxida-aloxida kristallari - qaldirg’och dumiga va bahzan atirgulga o’xshash shakllar xosil qilib uchraydi. Uning rangi oq, shaffof, ayrimda asaldek sariq, qizil va qoramtir bo’ladi. U shishadek yaltiraydi, ulanish tekisligi sadafdek. Gipsning qattiqligi – 1,5-2 (tirnoqda chiziladi), solishtirma og’irligi – 2, ulanish tekisligi mukammal. U suvda erish xususiyatiga ega. Gips ekzogen sharoitda (nurash) paydo bo’ladi. Yirik suv xavzalarida oxaktoshdan keyin yuzaga keladi. Gipsning yirik konlari Jirjenta, Sitsiliyada, Frantsiyada, Germaniyada, Polg’shaning Krakova rayonida, Avstraliya, AqSHning Michigan, Ng’yu-York shtatlarida, Xilsbora Kanadalarda joylashgan. U qurilish ishlarida ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |