Ksenotim – Y’O4. Tarkibida ittriy oksidi 63% gacha, biroz tseriy, yevropiy uchraydi, bahzan toriy va uran oksidlari – 5% gacha bo’ladi. U tetragonal singoniyali, prizmatik kristall va ayrimda yaxlit massalar xolida topiladi.
Ksenotim – sarg’ish-qo’ng’ir, kul rang, qo’ng’ir ranglarda uchraydi. Uning yaltirashi shishadek, yog’langandek, notekis yuzalar xosil qilib sinadi.
Ksenotimning qattiqligi – 5, solishtirma og’irligi – 4,6. U kuchli radiooaktivlikka ega. Ksenotim nordon va ishqorli intruziv va ularning pegmatitlarida keng tarqalgan. U monatsitdek barqaror mineral bo’lib, odatda sochma konlar xosil qiladi. Ularning yirik uyumlari dengiz qirg’oqlarida aniqlangan. U xam monatsitga o’xshash ittriy va uran, toriy olishda katta axamiyatga ega.
Apatit – Ca5[‘O4]3(F, Cl). Tarkibida SaO – 55,5%, R2O5 – 42,3%, ftor – 3,8%, xlor – 6,8% va tarqoq elementlardan Cl2O3 – 5% gacha bo’ladi. U geksagonal singoniyali, igna shaklida, kalta ustunsimon va tabletkasimon kristallari xolida uchraydi.
Apatitning magmatik intruziv jinslarda qilsimon nayzadek va bahzan qisqa tabletkasimon kristallari mavjud. U rangsiz, shaffof, oq, och-yashil, xavo rang, qo’ng’ir, ayrimda binafsha, shishadek yaltiraydi, notekis yuzalar xosil qilib sinadi. qattiqligi – 5, solishtirma og’irligi – 3,2, mo’rt, ulanish tekisligi yo’q. Apatitning yirik konlari nefelinli sienit va ularning pegmatitlari bilan uzviy bog’liq. Bu jinslar tarkibidagi yaxlit donador massalarda nefelin, sfen, evdialit, ishqorli amfibollar, egirinlar bilan bir assotsiatsiyada bo’ladi (Kola yarim oroli, Rossiya – mashxur Xibinsk apatit koni). Bulardan tashqari, apatit uyumlari kontakt-metasomatik jarayonlarda vujudga keladi.
Vanadinit – ‘b5(VO4)3Cl. Tarkibida ‘bO – 78,3%, V2O5 – 19,3% va Cl – 2,4% bo’ladi. Aralashma xolda R2O5, Al2O5 uchraydi. U geksagonal, prizma va ignasimon qiyofalarda uchraydi. Bahzan radial shuhla, tola-tola xolida aniqlangan. Vanadinitning rangi sariq, qo’ng’ir va qizg’ish tuzlarda bo’ladi. Uning yaltirashi shishadek, yog’langandek tuyuladi, qattiqligi – 3, solishtirma og’irligi – 7, mo’rt, notekis yuzalar bilan sinadi. Vanadinit qo’rg’oshin-rux konlarining oksidlanishi zonalarida xosil bo’ladi. U vanadiy manbai sifatida sanoat axamiyatiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |