Annabergit – Ni3[AsO4]2. Nomi Saksoniyadagi Annaberg konidan kelib chiqqan. Tarkibida – NiO – 37,5%, As2O5 – 38,5%, N2O – 24%. U monoklin singoniyali, prizmatik kristallar xosil qiladi, bahzan tuproqsimon massalar yuzaga keladi.
Annabergit yashil, to’q yashil ranglarda uchraydi. Yaltirashi shishadek, ulanish tekisligi mukammal, kislotalarda asosan eriydi.
B O R A T L A R
Boratlar bor kislotasining tuzlari, ularning soni 40 dan oshmaydi va yer po’stida kam tarqalgan. Borning asosiy minerallari silikatlar sinfiga kiradi. Boratlar kalg’tsiy, magniy va natriyli turlarga bo’linadi va ularning aksariyatining tarkibida suv bo’ladi. Boratlar shaffof, oq rangli, qattiqligi va solishtirma og’irligi past, kislotalarda va bahzan suvda eriydi.
Tarkibi – MgO – 47,9%, V2O3 – 41,4% va N2O – 10,7%. Rombik singoniyali, oq rangli, shaffof, shishadek yaltiraydi, sochiluvchan bahzan qo’lga yuqadi. Uning qattiqligi – 3,5, solishtirma og’irligi – 2,6, ancha mo’rt mineral.
Ashorit ikkilamchi mineral sifatida tuz qatlamlarida paydo bo’ladi. Boratlar yuqori miqdorda vulqon mo’rilarida aniqlangan (Italiya, Kamchatka), bahzan nurash zonalarida boratlarni uchratish mumkin. Boratlarning yirik uyumlari bor olish uchun manba xisoblanadi.
Bura – Na2B4O7·10H2O. Mineral qiyofasi prizmasimon, bahzan tuproqsimon massa xolida xam uchraydi. U rangsiz, kulrang, sarg’ish, ko’kimtir, yashilroq tovlanadi, yaltirashi shishadek, yog’langandek. Uning qattiqligi – 2,5, solishtirma og’irligi – 1,7. Bura quriyotgan borli sho’r ko’llarda yuzaga keladi, suvda oson eriydi. Issiq xavoda suvini yo’qotib, xiralashadi va nixoyat juda mayin oq kukunga aylanadi. Bura bor olishda asosiy manbalardan biri xisoblanadi.
N I T R A T L A R
Nitratlar kuchli azot kislotasining tuzlari, suvda oson eriydi, issiq mamlakatlarda, deyarli xozirgi zamon maxsuloti sifatida yuzaga kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |