Geologiya va tuproqlar geografiyasi fanidan oraliq nazorat javoblari
Tuproq hosil bo‘lishida shamolning roli
Download 1.67 Mb.
|
geologiya edu print (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 16.Relyef yer yuzasida quyosh energiyasi va atmosfera yog‘informing taqsimotchisi sifatida
15.Tuproq hosil bo‘lishida shamolning roli
Shamol tog‘ jinslarining joylardan uchirilishi va yotqizilishiga ta’sir etadi. Tuproqdagi mavjud kimyoviy elementlarning ma’lum qismini o'simliklar o‘zlashtirsa, qolgani oqar suvlar orqali chi- qariladi, yana qolgan qismlari shamol yordamida havoga ko‘tariladi. Shamol relyefning salbiy elementlarini tekislaydi, joylarda o‘ziga xos relyef shakllarini vujudga keltiradi va umuman tuproq hosil bo‘lish jarayonlarini o‘zgartiradi. Shamol, ayniqsa cho‘l, dasht va tundra kabi ochiq makonlarda tuproqning ustki qismidagi changsimon va qum zarrachalarini uchirib, ayrim hollarda tuproq kesimini o‘zgartiradi hamda oqibatda tuproq o‘zining birlamchi genetik belgilarini yo‘qotishiga sabab bo‘ladi. Dengiz va okeanlar tomonidan esuvchi shamollar ko‘p hollarda suvda eruvchi tuz qoldiqlarini uchirib kelib, atrofdagi tuproqlami sho‘rlanishga uchratadi. Shamol ayrim hududlarda opad mahsu- lotlarini muttasil uchirib ketishidan tuproq hosil bo‘lish jarayonini sekinlashtirishi yoki tuproqning organik moddalar bilan boyishiga to‘sqinlik qilishi mumkin6. Quruq shamollar cho‘l va dashtlarda tabiiy o‘simliklarni hamda qishloq xo‘jalik ekinlarining nobud bo'lishiga olib keladi, natijada tuproqda modda va energiya almashinuvi tartibi buziladi. Shamol va atmosfera yog‘inlari ta’sirida tabiiy o‘simlik qopla- mining buzilishidan tuproq qoplamining yuqorigi qismlari yemi- riladi. Bunda tuproq o‘zining kichik zarrachalarini yo‘qotadi va ayrim hollarda kimyoviy tarkibi ham o‘zgaradi. Uzluksiz shamolli hududlarda (masalan, Qo‘qon guruhi tu- manlari, Mirzacho‘l, Qarshi cho‘li va b.) tuproqning yuzasidagi gidrotermik sharoit odatdagidan boshqacharoq bo‘ladi, ya’ni uning issiqlik va namlik tartibi o‘zgaradi. 16.Relyef yer yuzasida quyosh energiyasi va atmosfera yog‘informing taqsimotchisi sifatida Relyef- tuproq hosil bo‘ lishi va tuproqlarning geografik joyla- shishida muhim omildir. U yer yuzasida issiqlik va namlik, nurash hamda tuproq hosil qiluvchi mahsulotlami qayta taqsimlanishida yetakchi rol o‘ynaydi. Yer yuzasiga tushadigan quyosh energiyasi va atmosfera yo- g‘inlari relyef shakllariga monand tarzda qayta taqsimlanadi. Radiatsiyaning qayta taqsimlanishi turli yonbag‘irlarning tikligi va ekspozitsiyasiga bog‘liq. Shimoi iy yarim shaming barcha kengliklarida shimoliy yonbag‘irlar yilning barcha mavsumlarida eng kam radiatsiya oladi va sovuq bo‘ladi. Masalan, Tyanshanning shimoliy yonbag‘irlari qishda janubiy yonbag‘irlariga qaraganda 10- 15 marta kam quyosh radiatsiyasi oladi, yozda esa - 1,5 marta kam. Baykalorti (Buryatiya)da kunduzi 20 sm chuqurlikdagi tuproq haroratining farqi shimoliy va janubiy yonbag‘irlarda may-iyunda 2-9 °C, iyulda esa 4-7 °C ni tashkil etgan. Eng issiq yonbag‘ir holati ham yil davomida o‘zgaradi. Yan- vardan martgacha yuqori harorat janubi-g‘arbga to‘g‘ri keladi, keyin zudlikda janubi-sharqqa o‘tadi. Yoz va kuz mobaynida yana janubi- g‘arb, ya’ni orqaga qaytadi. Turli ekspozitsiyali yonbag'irlarda tuproqning issiqlik tartibining xususiyatlari ularning suv tartibi va o‘simliklar xarakteriga ta’sir etadi, bu o‘z o‘rnida relyef sharoiti bilan bog‘liq tarzda tuproqlarda sezilarli darajada farqlanishga olib kelishi mumkin. Turli relyef shakllarida havo massalari harakatlarining xusu siyatlari bilan bog‘liq tarzda iqlim ko‘rsatkichlari bo‘yicha farqla- nadi. Shunga ko‘ra sovuq havo ta’sirida vodiy, yonbag‘ir va tepaga nisbatan ko‘proq issiqlik va namlik oladi, shunga bog‘liq tarzda ularning tuproqlari ham farqlanadi. Relyefdagi xilma-xillik yer usti suvlari oqimiga ta’sir etib, yer yuzasida atmosfera namligini qayta taqsimlanishida muhim rol o‘ynaydi. Yoqqan yog‘in relyefning baland qismlaridan pastqam joylar tomon oqadi, shu tarzda relyefning balandroq suvayrig‘ich q ism lari odatda atmosfera yog‘inlarining ma’lum qismini yo‘qotadi, pastqam liklardagi tuproq esa yuqoridan oqib keladigan suv husobiga qo‘shimcha namlik oladi. Bu jarayonni Yer yuzasining deyarli hamma qismida uchratish mumkin, chunki amalda mutlaq tekis maydonlar kamdan-kam hollarda uchraydi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling