Tuproq - bioiqlim mintaqasi - bu radiatsiya va issiqlik sha- roitlari bilan birlashgan tuproq zonalari va tog‘ tuproq provinsiyalari majmuasidir.
Tuproq - bioiqlim oblasti - bu nafaqat mintaqada radiatsiya va issiqlik sharoitlari, balki namlanish hamda qurg‘oqchilik (kontinentallik) sharoitlarini birlashtiruvchi tuproq zonalari va tog‘ tuproq provinsiyalari majmuasi hamdir.
Tuproq zonasi - bu tuproq tipi zonalligiga mos keladigan intrazonal tuproq arealidir.
Tog4 tuproq provinsiyasi (yoki vertikal tuproq tuzilmasi) - bu tog‘li o‘lkaning joylashuviga bog‘liq boMgan vertikal tuproq zonalarining o‘zaro aloqadorlikdagi ma’lum qator arealidir.
Tuproq provinsiyasi - namlik va qurg‘oqchilik, ba‘zan haro- ratdagi tafovutlar bilan bog‘liq bo‘lgan, tuproqning maxsus xususi- yatlari bo'yicha ajralib turuvchi tuproq zonasining bir qismidir.
Tuproq okrugi - bu relyef va tuproq hosil qiluvchi jinslar xususiyatlariga bog‘liq tuproq kombinatsiyasining xarakterini belgilovchi tuproq provinsiyasining bir qismi.
Tuproq rayoni - bu tuproq qoplamining bir xil tipdagi mezotuzilmasini xarakterlovchi tuproq okrugining bir qismi.
Oliy o‘quv yurtlari uchun sobiq ittifoqni tuproq - geografik ra- yonlashtirish xaritasida (G.V.Dobrovolskiy, N.N.Rozov, I.S.Uru- sevskaya, 1980, masshtab 1:8000000) MDH kesimida to‘rtta tuproq mintaqalari, o‘n bitta tuproq oblastlari, o‘n yettita tuproq zonalari, o‘ttiz oltita fatsiyalar, 60ta tekislik hamda o ‘ttiz to‘rtta tog‘ provin siyalari ajratilgan.Quyida shundan namuna keltiramiz:
IV. Subtropik bio-iqlim mintaqasi XI. Subtropik chala cho‘l va cho‘I oblasti A. Subtropik cho‘llarning och qo‘ng‘ir tuproqlari zonasi
- qisqa muddat muzlovchi tuproqli subtropik fatsiya; provinsiya: Shimoliy Turon; - muzlamaydigan tuproqli subtropik fatsiya;
72
provinsiya: Janubiy Turon;
B. Chala choMlaming tog‘ oldi bo‘z tuproqlari zonasi
- qisqa muddat muzlovchi tuproqli subtropik fatsiya; provinsiya: G 'arbiy Tyanshan oldi; - muzlamaydigan tuproqli subtropik fatsiya; provinsiyalar: Kura - Araks; Hisor oldi, Kopetdog4 oldi.
Tog‘li provinsiyalar: Li - G‘arbiy Tyanshan L2 - Badaxshon-Hisor L3 - Kopetdog4
tog4 bo‘z tuproq —> tog4 - jigarrang —* tog4 o4tloq dasht tuproqlari
Ajratilgan barcha tuproq - geografik rayonlashtirish birliklari tuproqlar geografiyasining asosiy qonunlari asosida: tuproq - bio- logik mintaqalar va tuproq zonalari - gorizontal zonallik qonunga; tuproq - bioiqlim oblastlari va tuproq provinsiyalari - fatsial qonu- niga; tuproq okruglari va rayonlari - tuproq qatorlarining topografik analoglari qonuniga mos tarzda vujudga kelgan.
Tuproq - geografik rayonlashtirish yer fondidan oqilona va yanada samarali foydalanish, tuproqni muhofaza qilish va mah- suldorligini oshirish muammolarini yechishda asos hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |