Geometriyaning vujudga kelishi haqida qisqacha tarixiy ma’lumot
To`rtburchaklar, ularning turlari va xossalari
Download 61.76 Kb.
|
Geometriyaning vujudga kelishi haqida
- Bu sahifa navigatsiya:
- Stereometriya
To`rtburchaklar, ularning turlari va xossalari.
Ta`rif. To`rtta nuqta va bu nuqtalarni ketma-ket tutashtiruvchi to`rtta kesmadan iborat shakl to`rtburchak deyiladi. Ta`rif. Qarama-qarshi tomonlari parallel bo`lgan to`rtburchak parallelogramm deyiladi. ABCD - parallelogramm Teorema. Agar to`rtburchakning diagonallari kesishsa va kesishish nuqtasida teng ikkiga bo`linsa, bu to`rtburchak parallelogramdir. → ABCD - parallelogramm Teorema. Parallelogrammning diagonallari kesishadi va kesishish nuqtasida teng ikkiga bo`linadi. Bu xossadan foydalanib parallelogrammning boshqa xossalari: qarama-qarshi burchaklari tengligi va qarama-qarshi tomonlari tengligi isbot qilinadi. Ta`rif. Hamma burchaklari to`g`ri burchak bo`lgan to`rtburchaklar to`g`ri to`rtburchak deyiladi. Teorema. To`g`ri to`rtburchakning diagonallari teng. ABCD to`g`ri to`rtburchak ↔ AC = BD Ta`rif. Hamma tomonlari teng bo`lgan parallelogram romb deyiladi. Rombning diagonallari to`g`ri burchak ostida kesishadi. Rombning diagonallari uning burchaklarining bissiktrisasidir. Ta`rif. Hamma tomonlari teng bo`lgan to`g`ri to`rtburchak kvadrat deyiladi. Kvadrat romb hamdir, shuning uchun ham rombning, ham to`g`ri to`rtbrchakning xossalariga ega. Ta`rif. Ikkita qarama-qarshi tomonlarigina parallel bo`lgan to`rtburchak trapetsiya deyiladi. Parallel tomonlari uning asoslari, parallel bo`lmagan tomonlari uning yon tomonlari deyiladi. Yon tomonlari teng bo`lgan trapetsiya teng yonli trapetsiya deyiladi. Yon tomonlarining o`rtalarini tutashtiruvchi kesma trapetsiyaning o`rta chizig`i deyiladi. EF || AB, EF|| DC, Stereometriya Stereometriya aksiomalari. Stereometriya geometriyaning fazoviy shakllarini o`rganadigan qismi bo`lib, uning o`ziga xos aksiomalari mavjud. Bu aksiomalar quyidagilardan iborat: 1. Tekislik qanday bo`lmasin, shu tekislikka tegishli nuqtalar va unga tegishli bo`lmagan nuqtalar mavjud . 2. Agar ikkita turli tekislik umumiy nuqtaga ega bo`lsa, ular to`g`ri chiziq bo`yicha kesishadi. 3.Agar ikkita turli to`g`ri chiziq umumiy nuqtaga ega bo`lsa, ular orqali bitta va faqat bitta tekislik o`tkazish mumkin. Bu aksiomalardan va planimetriyaning ayrim aksiomalarini mulohaza qilgan holda quyidagi natijalar keltirilib chiqariladi: 1-teorema.To`g`ri chiziq va unda yotmaydigan nuqta orqali bitta va faqat bitta tekislik o`tkazish mumkin. 2-teorema. To`g`ri chiziqning ikkita nuqtasi tekislikka tegishli bo`lsa, u holda to`g`ri chiziqning o`zi ham tekislikka tegishli bo`ladi. 3-teorema. Tekislik bilan unda yotmaydigan to`g`ri chiziq yo kesishmaydi, yoki bitta nuqtada kesishadi. 4-teorema.Bitta to`g`ri chiziqda yotmaydigan uchta nuqtadan bitta va faqat bitta tekislik o`tkazish mumkin . Download 61.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling