Geometriyaning vujudga kelishi haqida qisqacha tarixiy ma’lumot
Download 61.76 Kb.
|
Geometriyaning vujudga kelishi haqida
- Bu sahifa navigatsiya:
- Parallelopiped
Ko`pyoqli burchaklar
Ikkita yarim tekislik va ularni chegaralab turgan umumiy to`g`ri chiziqdan tashkil topgan shakl ikki yoqli burchak deyiladi. Yarim tekisliklar ikki yoqli burchakning yoqlari, ularni chegaralovchi to`g`ri chiziq esa ikki yoqli burchakning qirrasi deyiladi AOB burchak ikki yoqli burchakning chiziqli burchagi deyiladi. Ikki yoqli burchakning kattaligi chiziqli burchak bilan o`lchanadi. Uchta yassi burchakdan tashkil topgan shakl uchyoqli burchak deyiladi. S- uchyoqli burchakning uchi deyiladi. Agar bunday, ya`ni bitta umumiy uchga ega bo`lgan tekisliklar (yoqlar) ko`p bo`lsa, bunday shakl ko`pyoqli burchak deyiladi. Ko`pyoqlar Chekli miqdordagi tekisliklar bilan chegaralangan jism ko`pyoq deyiladi. Ko`pyoqning chegarasi uning sirti deyiladi. Agar ko`pyoqning o`zi uni chegaralovchi tekisliklarning har biridan bir tomonda yotsa, bunday ko`pyoq qavariq ko`pyoq deyiladi. Ko`pyoqlardagi A, B, C, D,… - ko`pyoqning uchlari, AB, BC, AD; AA, BB … - ko`pyoqning qirralari, ∆ABC, ∆ABD, ∆ACD, □ ABCD, □ ADD1A1 - ko`pyoqning yoqlari deyiladi.. Bizga ma`lum bo`lgan ko`pyoqlar: prizma, parallelopiped, piramidalardir. Prizma deb, ikkita parallel tekislik orasiga joylashgan barcha parallel to`g`ri chiziqlar kesmalaridan tuzilgan ko`pyoqqa aytiladi Bu kesmalar shu tekisliklardan birida yotgan yassi ko`pburchakni kesib o`tadi. Prizmaning parallel tekisliklarda yotgan yoqlari prizmaning asoslari deyiladi. Boshqa yoqlari prizmaning yon yoqlari deyiladi.Yon yoqlari parallelogrammlardan iborat bo`ladi. A1A2 …– prizmaning uchlari A1 A1, A2 A2 ′ - prizmaning yon qirralari; A A2 A2 ′ A′ , A2 A3 A3′ A2′ - prizmaning yon yoqlari; A1 A2 A3 … An va A1′ A2′ A3′ … An′ - prizmaning asoslari deyiladi. Prizmaning asoslari orasidagi masofa uning balandligi deyiladi. Prizmaning ikki asosidagi bir yon yoqqa tegishli bo`lmagan uchlarini tutashtiruvchi kesmalar diagonali deyiladi. Agar prizmaning yon qirralari asoslariga perpendikular bo`lsa uni to`g`ri prizma deyiladi. Aks holda og`ma prizma deyiladi. Asoslari muntazam ko`pburchak bo`lgan to`g`ri prizma muntazam prizma deyiladi. Prizma yon yoqlari yuzlarining yigi`indisi prizmaning yon sirti deyiladi. Teorema. To`g`ri prizmaning yon sirti asosining perimetri bilan balandligining, ya`ni yon qirrasi uzunligining ko`paytmasiga teng. S= a1h + a2h+ …+anh = ph Parallelopiped Prizmaning asosi parallelogram bo`lsa, bunday prizma parallelopiped deyiladi. Parallelopipedning umumiy uchga ega bo`lmagan yoqlari qarama- qarshi yoqlar deyiladi. ABB1A va DCC1D- qarama-qarshi yoqlari. BCC1B1 va ADD1A1 – qarama- qarshi yoqlari. Piramida Piramida deb, berilgan nuqtani yassi ko`pburchakning nuqtalari bilan tutashtiradigan barcha kesmalardan tashkil topgan ko`pyoqqa aytiladi . S – piramidaning uchi. ∆ABC – piramidaning asosi. ∆SAB, SBC, SAC – piramidaning yon yoqlari. SA, SB, SC- piramidaning yon qirralari. SO – piramidaning balandligi deyiladi. Uchburchakli piramida qatoriga tetraedrni kiritish mumkin . Download 61.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling