Geosiyosat fan sifatida. Geosiyosiy yondashuvlar (manbalar) Reja
Download 244.81 Kb. Pdf ko'rish
|
1 маруза
5. Geosiyosat funksiyalari
Geosiyosat alohida davlatlar, davlatlar ittifoqlari, qarama-qarshi ittifoqlar hayoti bilan ko`p jihatdan bog`liqdir. U real hayotning obektiv aloqalarini va qonuniyatlarini aks ettiradiki, bu unga ma`lum funksiyalarni bajarishga imkon beradi. Ularning muhimlari bilish yoki gnesiologik, pragnostik, boshqaruv, mafko`raviy funksiyalardir. Ayrim olimlar mustaqil funksiyalar sifatida aksiologik yoki baholash, tarbiyaviy yoki siyosiy ijtimoiylashuv funksiyasi, fuqarochilikni shakllantirish, aholining siyosiy ongini shakllantirish funksiyalarini sanab o`tishadi. Bilish funksiyasi hammasidan ham ko`proq turli jarayonlar va voqealarning o`zgarishi va mamlakatlar va xalqlar geosiyosiy rivojlanish tendensiyalarini o`rganish bilan bog`liq. Geosiyosiy hayotni ilmiy bilishda ko`proq kiyoslash, analogiya metodlaridan foydalangan holda davlat hayotida nazariy bilimlar majmuasi ishlatiladi, ammo empirik tadqiqotlardan ham ko`proq foydalaniladi. Ular geosiyosiy voqelik to`grisida yani empirik asoslangan bilimlarning prioriteti (muhimligi)ni ta`minlaydi. Bu yangi faktlarni va geosiyosiy hayotning barcha omillarning o’zgarish tendensiyalarini tahlil qilib ko’rsatish orqali amalga oshiriladi. Bu esa dunyoning geosiyosiy haritasida global va mintaqaviy siljishlarni tushunish va tushuntirish uchun zamin yaratadi. Albatta bunday tushunish va tushuntirish uchun umummantiqiy metodlar dan: analiz va sintez, induksiya va deduksiya, va boshqalardan foydalanish kerak. Aniq geosiyosiy voqeliklar, omillar, jarayonlar to`grisidagi ma`lumotlarning yirik hajmini umumlashtirish va qayta ishlab chiqish kerak. Boshqa psixologik, ijtimoiy mahsus metodlar: hujjatlar tarkibining tahlili, test o`tkazishi sotsiometriya va boshqalarni qo`llash mumkin. Bu harakatlar axloqiy chiqishlar, kichik regional siyosiy voqealarning qatnashchilari bayonotlari tahlili bo’lishi mumkin. Tadqiqotchi obektiv va subektiv ko`rsatkichlarda izohlangan axborotni oladi. Birinchi axborot guruhi dunyoda sodir yuulaetgan joriy rasmiy statistika uzgarishni tuldiradi va aniqlashtiradi, ikkinchisi esa Dunyo yoki mintaqa geosiyosatining turli subsktlari faoliyati maqsadlari, mativlari to`grisidagi axborotdir. Subektiv axborotning bilish qadri juda katta. U xalqaro yoki mintaqa hayotida inson omilini ochib beradi, ommaviy geosiyosiy jarayonlarning subektiv psixalogik tomonlariga e`tibor qarqatadi. Davlat liderlari, malakatlar bloki, sotsial yoki etnik guruhlar va xalqlar ongida geosiyosiy rivojlanishning obektiv tendensiyalarining aks etish adekvatlik (bir xillik) darajasini ko`rishga imkon beradi. Bilish va pragnozga siyosiy voqealar qatnashchilari, uning ijtimoiy axloqiy maqsadlarining tafsiloti, uning talablari va manfaatlari, madanyat darajasi, mativlar to`grisidagi ma`lumotlar qiziqishni uygotadi. YEmperik tadqiqotlar tadqiqotchilar qiziqayotgan regiondagi fikrni bilish shuningdek planetaning kerakli qismidagi yashayotgan aholining ma`naviy psixalogik kayfiyatini o`rganish imkonini beradi. Empirik tadqiqotlar geosiyosatning Yangi rivojlanish tendenniyasini ifoda etishga imkon beradiki aynan mana shular nazaryani tashkil etadi. Matematik, statistik dalillar, kompyuter texnalogiyasini qo`llash mumkin bo`lgan tabiiy fanlar metodlari sonli o`lchamlar keng foydalaniladi. U jamiyatyni, davlatni, davllatlar ishtirokini ma`lum talablarni va tizimning tahminlarni qondiradigan ma’lum vazifalarni o’taydigan murakkab struktura ega bo’lgan tizim sifatida ko`rib chiqadi. Tizim elementlari tashkilot strukturasi berilgan ma`lum dasturga muvofiq faoliyat ko`rsatadi. Tashkilotning asosiy vazifasi-tizimda muvozanatni saqlash, elementlar funksiyasini to`gri bajarishdir. Institutsional metod institutlar faoliyatini o`rganishga qaratilganki, bu institutlar yordamida siyosiy faoliyat davlatning ish yuritishi partiya, tashkilot ish yuritishi amalga oshiriladi. Bu metod politologiyada XX-asrgacha politologyiyada yetakchi metod bo`lib kelgan, sotsalogiya va geopolitologiyada keng qo’llanilgan. Download 244.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling