Geosiyosat fan sifatida. Geosiyosiy yondashuvlar (manbalar) Reja


Download 244.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana04.02.2023
Hajmi244.81 Kb.
#1166518
1   2   3   4   5
Bog'liq
1 маруза

 
4.Geosiyosiy fanlar metodlari 
 
Geosiyosat voqealar va jarayonlarga muvofiq turli xil o`rganish metodlaridan 
foydalanadi. Qoidaga ko’ra ular boshqa fanlarda: siyosiy geografiyada, tarihda, 
sotsiologiyada, siyosatshunoslikda ishlab chiqilgan. Aslida bu fan qo’llaydigan har 
qanday metod: tizimli, faoliyatli, Qiyosiy, tarixiy, normativ-qadriyatli, funksional, 
institucional, antropologik, umumekologik, empirik tadqiqotlar va boshqalar. 


Tizimli metod - K.Marks (1818-1883), T.Parsons (1902-1979) va boshqa 
iqtisodchilar, sotsiologlar, politologlar yaxshi bilgan struktura – funksional 
yondashuv asosiy tamoyil sifatida foydalanadi. Tizimli yondoshuv sotsiologiya va 
politologiyada T.Parson tomonidan XX asrning 50-60 yillarida batafsil ishlab 
chiqilgan. Uning mazmunini jamiyat hayotini, fan qisman geosiyosatning har 
qanday sferalarini tizimning kirish va chiqishlarida atrof-muhit bilan uzluksiz 
aloqada bo`lgan murakkab tuzilgan va o’z-o’zini boshqara oladigan organizm 
sifatida ko’rishdadir. Har qanday tizim ham o’z-o’zini saqlab qolishga intiladi va 
muayyan vazifalarni bajaradiki, bu vazifalar orasida eng muhimi boyliklarning va 
resurslarning taqsimlanishidir. 
Faoliyat metodi fanda (ayniqsa politologiya, psihologiya, sotsiologiya va 
boshqalarda) psixologik va social-psixologik metod deb nomlanadi. U individlar 
yoki guruhlar ahlokining global jamiyatga bog`liqligini, shuningdek millatlar, 
sinflar, to’dalar, kichik guruhlarning psixologik harakteristikasini o`rganishga 
qarqatilgan. 
Geosiyosatda faoliyat metodi geosiyosiy voqeliklarni dinamikada tahlil 
qilishga yo’naltirilgan. U uni tirik va moddiy faoliyat sifatida (ciklik princip 
sifatida), aniq bir davrlar yoki bosqichlarga bo’lingan jarayon sifatida: faoliyat 
maqsadini aniqlash, qarorlar qabul qilish, ommani uyushtirish, ularni amalga 
oshirish uchun resurslarni harakatlantirish, guruh, omma faoliyatini boshqarish, 
qo’yilgan maqsadlarga erishishni nazorat qilish, faoliyat natijalari tahlili va yangi 
maqsadlar va vazifalar qo’yishi kabi ko`rib chiqadi. Faoliyat metodi geosiyosiy 
qarorlar nazariyasining metodologik asoslarini tashkil etadi. 
Ko`pgina olimlar hisoblaganidek, faoliyat yondoshuvining o’ziga hos 
rivojlanishi va konkretlashishi bilan voqealarni, faktlarni, geosiyosatdagi oqimlarni 
tanqidiy tahlil qilishga, qarama-qarshiliklarni jamiyatda o’z-o’zidan harakatga 
keluvchi manba, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, geosiyosiy o’zgarishlar manbasi sifatida 
izohlashga yo’naltirilgan. U marksistlar, neomarksistlar (YU.Habermas, 
T.V.Adorno va boshqalar), so`l liberal va ijtimoiy-demokratik fikrlarda faol 
foydalanilgan. 
Qiyosiy metod jamiyat to`grisidagi ko`pgina fanlarda: tarixda, sotsiologiyada, 
geografiya va politologiyada keng tarqalgan. Platon, Aristotel va Antik davr va 
Qadimgi Rimning boshqa faylasuflari undan foydalanganlar. Sotsiologiyaga uni 
O.Kont - fransuz faylasufi (1798-1857) kiritgan. Sotsiologiyadan ajralib chiqqan 
politologiya uni uziga qurol qilib oldi. Sintetik fan sifatida geosiyosat ham bu 
metoddan keng foydalanadi. U 2 ta bir xil voqeani ularning umumiy xususiyatlari, 
muammolarni hal yetishning eng qulay yo`lini topish uchun yonma-yon qo`ydi. Bu 
metod boshqa xalqlar va davlatlarning tajribalaridan unumli foydalanish imkonini 
beradi. Albatta bu geosiyosiy maqsadlarga yerishishningu yoki bu usullarini ko`r 
ko`rona ko`chirib olish degani yemas, balki masalalarni ijodiy hal etish makon va 
zamon shartlariga muvofiqdir. 
Tarixiy metod ham oldindan barcha ijtimoiy fanlarda qo’llaniladi. U hayotning 
barcha voqealarini ketma-ket rivoji bilan o`tmish, hozir va keyinning bog`liqligini 
o`rganishni talab etadi. Falsafa, sotsiologiya, tarix, politologiyadagi kabi 
geosiyosatda bu metod asosiy metodlarning biridir. Birinchi rus mohir sotsiologi 


M.M.Kovalevskiy qiyosiy va tarixiy metodlar asosida tarixiy-qiyosiy metodni taklif 
kildi. 
Normativ qadriyatlar metodining mazmunini uning nomlanishidan ham 
ma`lum. Unga davlat yoki individ uchun u yoki bu faktning, voqeaning ahamiyatini 
izohlash, mamlakatning, individning farovonligi uchun bu faktlar va voqealarga 
baho berish kiradi. Baho adolatli yoki adolatsiz, boshqa mamlakatlar xalqlarining 
ozodligini hurmat qilish yoki toptash pozitsiyasidan turib beriladi. Bunda siyosatchi, 
davlat arbobi o’z faoliyatida qarorlar qabul qilayotganida axloqiy qadriyatlar va 
normalardan kelib chiqishi va o`zini shunga muvofiq boshqarishi kerak. Bu metod 
albatta ko`pgina kamchiliklarga yega. Ko`pgina haqiqiy siyosat va aqliy normalar 
turli tyokisliklarda yotadi. Normativ metod, qoidaga ko`ra siyosatni va o`ylamay 
siyosiy qaror chiqaradigan, dunyoning geosiyosiy, ko’rinishini tubdan 
o`zgartiradigan siyosiy liderlarni ideallashtirib yuboradi. Bunga misol sifatida 
Gorbachevning Bering dengizining 60 ming km2ini AQSHga berish to`grisidagi 
qarorini, Varshava shartnomasi mamlakatlari tashkilotini tarqatib yuborishni, Elsin, 
Kravchuk, Shushkevichning SSSRni yo`qotib yuborish va MDHni tuzish 
to`grisidagi qarorini keltirish mumkin. Normativ metod haqiqatdan, reallikdan yiroq 
bo`ladi. Uning zaif tomoni qadriyatlarning muhokamasi, ularning ijtimoiy axvolga 
va odamlarning individual xususiyatlariga bog`liqligidadir. Ammo u geosiyosatga 
insoniy o’lchamlarni beradi, unga ma`lum axloqiy qoidalarni olib keladi. 
Funksional metod ijtimoiy hayotning turli sferalari yoki mamlakatlar yoki 
mamlakat guruhlari o`rtasidagi munosabatlar: ularning iqtisodiy, siyosiy 
munosabatlarining, harbiy aloqalar yoki qarama-qarshilik darajasining, aholi 
urbanizaciya darajasi, uning ko`payishi, siyosiy faolligi, ma`naviy-psixologik 
ruhning yuqoriligining bog`liqligini sinchkovlik bilan o`rganishni talab etadi. Bu 
metod amalda geosiyosiy qarorlarga axloqiy baho berishdan yiroq va pozitivist-
pragmatik ustanovkalarga asoslanadi. Undan birinchilardan bo`lib mashhur 
italiyalik siyosatchi, daho N.Makiavelli (1469-1527) keng foydalangan. O’zining 
"Gosudar" asarida u real siyosatda nafaqat diniy dog’malarni, balki axloqiy 
qadriyatlardan ham voz kechish kerakligini ta`kidlaydi. Uning metodologik 
ustanovkasi real hayotni, siyosatchilarni barcha qarama-qarshiliklarda tahlil qilish 
bo`ladi. 

Download 244.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling