Geosiyosat fan sifatida. Geosiyosiy yondashuvlar (manbalar) Reja
Download 244.81 Kb. Pdf ko'rish
|
1 маруза
2. Geosiyosat manbalari
Geopolitika 3 ta ilmiy yondoshuv asosida yuzaga kelgan sivilizasion, harbiy- strategik va geografik determinizm nazariyasi. Sivilizasion yondashuvning asoschisi rus olimi Nikolay Yakovlevich Danilevskiy (1822-1885) biolog, tarihchi, sosiolog, "Rossiya va Yevropa" kitobining avtori hisoblanadi. Uning fikricha, tarih sahnasida asosiy rol o`ynovchi subektlar davlatlar yoki alohida millatlar emas, balki yirik madaniy-diniy birliklar. U ularni "madaniy-tarixiy tiplar" deb atadi. Bu umumiyliklarning natijasida 1868 yilda Danilevskiyning kitobi chop etildi va "sivilizatsiyalar" deb atala boshlandi. Rus tadqiqotchilari orasida birinchi bo‘lib Danilevskiy Yevropaning Rossiyaga begonaligi tezisini ta’rifladi va ilmiy asoslab berdi. Bu begonalikning sababi, uning fikricha, ikki dunyo kuchlarining prinsipial sivilizatsiya farqlarida ko‘riladi. "Yevropa bizni o`zlarinikidek ko‘rmaydi. Yevropaliklar Rossiyada va slavyanlarda nafaqat begonalik, balki dushmanlik ham borligini asoslashga harakat qilgan ". XIX asr ohiri-XX asr boshida Danilevskiy konsepsiyasi rus faylasufi K.N.Leontev(1831-1891), nemis faylasufi O. Shpenger (1880-1936), rus olimi P.N.Savickiy(1895-1968), uning shogirdi L.N. Gumilev (1912-1992) ishlarida taraqqiy etdi. Ushbu konsepsiyani yirik ingliz tarixchi-olimi va sotsiologi Arnold Toynbi (1889-1975) yanada batafsil ko‘rib chiqdi va rivojlantirdi. O’zining "Постижение истории" (Tarihni anglash) asarida u sivilizatsiyaga batafsil tasnif berib chiqdi. G`arb sivilizatsiyasi bilan bir qatorda, shu turga mansub bo‘lgan yana kamida to‘rt jamiyatni farqlash mumkin: 1) janubi-sharqiy Yevropa va Rossiyada joylashgan pravoslav xristian, yoki Vizantiya jamiyati; 2) diagonal bo‘ylab Shimoliy Afrika va O‘rta Sharq orqali Atlantika okeanidan Buyuk Xitoy devorigacha o‘tuvchi arid iqlimli (cho‘l va yarim cho‘l) zonada joylashgan islom jamiyati; 3) arid iqlimli zonadan janubi-sharqda, tropik subkontinental Hindistonda joylashgan hinduistik jamiyat (lyokin “hind” jamiyati emas, chunki u Indoneziya arxipelagini ham qamrab oladi, Hindistonda esa musulmon jamiyati ham mavjud); 4) arid iqlimli zona va Tinch okeani o‘rtasidagi subtropik va mo‘’tadil iqlimli hududlarda joylashgan Uzoq Sharq jamiyati. Geopolitikaning 2-manbasi, ko‘p olimlar hisoblagani kabi harbiy strategik nazariyalar. Bunday nazariyalarni tan olgan mualliflar N.Makiavelli (1469-1527), K.fon Klauzevis (1780-1831), H.I.Moltke (1848-1916) va boshqalar. Lyokin bu nazariyalarning ishlab chiqilishi va chuqurlashishiga amerikalik harbiy dengizchi nazariyachi, tarihchi Alfred Mehen (1840-1914) ancha kuchli ta’sir ko‘rsatdi. 1890 yilda olim admiralning "Влияние морской мощи на историю" (Dengiz ko‘chlarining tarihga ta’siri) nomli asarida to‘plangan kitobi chop etildi. "Osiyo muammosi va uning xalqaro siyosatga ta’siri" (1900) asari ham uning qalamiga mansub. Bu muallif "Qirg‘oq buyi millatlari" atamasini ilmiy qo’llanishga kiritgan. Аdmiral yozadi: "Siyosat asrlar ruhi bilan shuningdek hukmdorlarning ziyrakligi va fe’l-atvori bilan o’zgarib kelgan". Lyokin qirg‘oq bo‘yi millatlari tarixi hukumatning ehtiyotkorligi va abjirligi bilan emas, vaziyat shart-sharoitlari, qirg‘oq bo‘ilarining masofalari, xalqning harakteri va soni, ya’ni tabiiy shart-sharoitlar belgilangan. Mehen dunyo hududida 30 va 40 paralellar o`rtasida “konfliktlar zonasi” ajratadi. Bu sfera Mehenning fikricha muqarrar va "dengiz imperiyasi" manfaatlari bilan to`qnashadi. Muayyan siyosatchilarning irodasiga bog‘liq bo‘lmagan "konfliktlar zonasi" edi. "Dengiz imperiyasi" cheksiz okeanlarni va Evroosiyoning mintaqaviy yadrosiga tayanadigan quruqlikdagi hukmron davlatlarni boshqaradi. Dengiz imperiyasi yashab qolishi uchun quruqlikdagi derjavalarni imkoni boricha Evroosiyoning tubiga irg‘itishi kerak edi. Imperiyaga qirg‘oq bo‘yi hududlarini bosib olish, raqibni harbiy dengiz bazalari bilan o’rab olish uchun qirg‘oq bo‘yi millatlari ustidan nazorat o`rnatish lozim edi. Harbiy-strategik nazariya geopolitika metodologiyasiga salohiyatli raqibning katta hududini boshqarishga imkon beruvchi asosiy punktlar va zonalar g‘oyasini olib kirgan. Bizning davrimizda, kosmik texnologiyalar davrida bunday yondashuvlar butunlay yangi ahamiyat kasb etadi. Geopolitikaning 3-nazariy manbaasi geografik determinizm konsepsiyasidir. Bu anchagina qadimiy manbaadir. Geografik vositalarning (iqlim, tuproq, daryo, dengiz va b.) tarihga va insonga ta’siri to`g’risidagi g‘oyalar Gerodot, Gippokrat, Fukidid va boshqalar antik davr mualliflarining asarlarida ko‘p uchraydi. Masalan, Polibiy (tahminan miloddan avvalgi 200-120 yillar) Arkadiya aholisining tabiati og‘irligini tumanli va sovuq iqlim bilan tushuntiradi. Shu sababli ham xalqlar tanasining tuzilishi, terisining rangi, fe’l-atvori, shuningdek mashg‘ulotlari bilan bir- biridan farq qiladi. Aristotel (384-322 yillar miloddan avvalgi) o’zining "Politika" (Siyosat) asarida Krit orolining geografik holatini uziga hosligini shunday ta’riflaydi: “Krit oroli go`yo Gresiya ustidan hukumronlik uchun yaralgan va uning geografik holati ham ajoyib, u atrofida deyarli barcha greklar yashash joyiga ega bo‘lgan dengiz bilan tutash, u bir tomondan Peloponnesga yaqin, ikkinchi tomondan Osiyoga...” Buyuk geografik kashfiyotlar Yevropa davri geografik determinizm g‘oyalari rivojlanishining yangi bosqichini boshladi. Fransuz olimi Jan Boden (1530-1596) o‘zining "Davlat to`g’risida 6 kitob" (1577) asari yana geografik determinizm muammosiga o‘z qiziqishini qaratdi. Davlat tuzilishidagi xilma-xillik va o‘zgarishlarni u 3 sabab bilan tushuntiradi: Hudoning irodasi, insonlarning o‘zboshimchaligi va tabiatning ta’siri. Tabiatning ta’sir kuchi bo‘yicha u geografik sabablarni birinchi o’ringa qo`ydi, barcha geografik vositalar orasida esa u iqlimga katta ahamiyat berdi. Voden yer sharini 3 qismga bo’ldi: issiq-ekvatorial, sovuq- qutbli va mu’tadil-o‘rta. Grek faylasufi Polibeyning izidan u xalqlarning tabiati 1- o’rinda ular rivojlanayotgan joyning iqlimiy sharoitiga bog‘liqligini ta’kidladi. Shimolda jismonan kuchliroq va jangari odamlar, janubda esa ko`proq iste’dodli odamlar yashashadi. Tarixga to`g’ri nazar tashlaganda, hisoblaydi Boden, "buyuk sarkardalar shimoldan chiqishi, falsafa va matematika esa janubda paydo bo’lishi" aniqdir. Geografik determinizm g‘oyalari XVIII-XIX asrlarda juda keng tarqaldi. Ular ayniqsa Fransiyada mashhur edi. O’zining "Qonunlar ruhi" asarida (1748) Sharl Monteske Bodendan keyin davlatning qonunchilik tuzilishida asosiy sababni iqlimning o‘ziga hosligida xususiyatladi. Sovuq iqlimda, hisoblaydi Monteske odamlar hushmuomala bo`ladilar. Mu’tadil iqlimda odamlar tabiati ko`proq chidamsiz bo`ladi, chunki bu iqlimning yetarli darajada aniqlanmagan xususiyatlari ularga chidam beradigan darajada emas. Issiq iqlim esa odamlar tabiatini zaiflashtiradi. Monteskening fikricha bu qulchilikning rivojlanishiga olib kelgan. 19 asrning 1-choragidan boshlab geografik determinizm maktabiga Germaniya ham qo’shiladi. Uning asoschilari A.fon Gumbolt va K. Rtiterlar hisoblanadi. Aleksandr fon Gumbolt (1769-1859) insonlar o`rtasidagi yaqin munosabatlar, tabiat bilan o’ralib turgan davlatlar va dunyo to`g’risidagi konsepsiyasini buyuk empirik manbaa, tabiiy fanlar muvaffaqiyatlari ustida turadi. Uning asosiy fikri- geografiya dunyoni o’rab to`rgan butun manzarini berishi va inson maqsadlariga hizmat qilishi kerak. Mazmunga ko’ra, bu inson va tabiat munosabatlariga ijtimoiy- falsafiy qarashdir. Karl Ritter (1779-1858) ham xalqlarning mavjudligi to`g’risida geografik determinizm g‘oyalarini muvaffaqiyatli rivojlantirdi: ularning rivojlanishi tabiat - tuproq, iqlim, geografik holatlar tomonidan yo’naltirilgan oqimda rivojlanadi. "O‘z iqlimi va yil fasllarini mu’tadilligi bilan baxtli bo`lgan Yevropa o‘z hududini chegaralashga majbur" degan xulosaga keladi. Ritterning chuqur ishontirishlari bo‘yicha yer va unda joylashgan barcha narsalar Hudo tomonidan ilgaridan yaratilgan. U yerning mintaqaviy harakati ierarxik tizimini loyihalashtirgan, quruqlik yarim shari va suv (dengiz) yarimshari. Quruqlik yarimsharini u 2 ta katta mintaqaga: Eski dunyo va Yangi dunyoga bo`ladi. Uning gapi bo’yicha Eski dunyo Sharqdan G‘arbga qarab cho’ziladi. Uning iqlimi Shimoldan Janubga cho`zilgan Yangi dunyoga qaraganda ma’lum darajada bir xillikka ega. Yangi dunyo esa iqlimi xilma-xilligi bilan farqlanadi. Bunday iqlimiy tafovut Ritterning fikricha muayyan mintaqalarda yashovchi xalqlarning tabiati bu mintaqa xalqlarining o‘zaro munosabatlarida o‘zining o’chmas izini qoldirgan. Atrof muhitning inson va jamiyatga, jamiyat va insonning atrof muhitga ta’siri to`g’risida klassik nemis falsafasi asoschilari I.Kant, G.V.F.Gegel, L. Feerbahlar ko’rsatib berdilar. Vilgelm Georg Fridrih Gegel (1770-1831) o‘zining "Falsafa tarixi" asarida geografik omillarning xalqlar hayotidagi roli to`g’risida gapiradi, Uning asarlarida geografik determinizm rasizm bilan qo’shilib ketadi. Uning fikricha faqat G‘arbiy Yevropa va AQShgina tarixiy taraqqiyot yutuqlar sohibidir. Boshqa regionlar va dunyoning boshqa qismlarida yashovchi xalqlar Yevropaliklardan past turuvchilar sifatida qaraladi. Meksika va Perudagi mahalliy aholining ispan boylari tomonidan qullarga aylantirilishini Gegel "hindular barcha tomondan, xatto bo‘y jihatdan ham Yevropaliklardan past turishadi" degan fikr bilan tushuntiradi. Geografik determinizmning rus maktabida asosan tarixchi olimlar: B.N.Checherin, S.M.Solovev, V.O.Klyuchevskiy, A.P.Shapovlar etishib chiqdilar. Ammo geografik omillarning jumladan tuproq va hududning ta’siri g‘oyalari F.Ratsel va R.Chellenlar tomonidan ancha chuqur va batafsil rivojlantirildi. Download 244.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling