Gidroenergetik qurilmalar elektr qismi, rele himoyasi va avtomatikasi


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/104
Sana16.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1781192
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   104
Bog'liq
GIDROENERGETIK QURILMALAR-qollanma

Sinxron uzgichlar tokni nol orqali bevosita oʻtish oldidan kontaktlarni 
uzishga asoslangan. Yuqorida koʻrsatilganidek, bu holda yoyni soʻndirish ancha 
osonlashadi, chunki yoyda ajraydigan energiya 
ancha kamayadi. Bunday uzgichlarni yaratishning 
asosiy murakkabligi juda aniq sinxronlovchi 
qurilmaning talab etilishidir, u kontaktlarni ajratish 
uchun tok nol orqali oʻtishidan 0,0001-0,0002 s 
oldin impuls berishi kerak. 
Sinxron uzgichning blok-sxemasi 4.7-rasmda 
4.7-rasm. 
Sinxron 
o`chir-
gichining funksional sxemasi 


84 
koʻrsatilgan. Sinxronlovchi qurilma 1 rele muhofazasi 2 ishga tushganidan soʻng, 
uzish uchun blok 3 ga impuls beradi. Uzuvchi impuls uzgich 5 ning 
qoʻzg’aluvchan kontakti bilan bevosita bog’langan yuritma 4 ga uzatiladi. 
Yuritmaning bevosita kontaktlar bilan bog’liqligi kontaktlarning tez ajrash 
imkoniyatini beradi, biroq, yuritmani izolyatsiyalashni talab etadi, chunki u yuqori 
potensial ostida boʻladi. 
Ayrim konstruksiyalarda kontaktlarning tez ajrashi poroxli patronning 
portlashi bilan ta’minlanadi, boshqalarida sinxronlovchi qurilma vakuumli uzgich 
bilan birgalikda qoʻllaniladi. 
Tokning 
nol 
orqali 
birinchi 
marta 
oʻtishigacha zanjirni uzish, 
energotizimlarning dinamik turg’unligini oshiradi, chunki qisqa tutashuv 
toklarining oʻtish vaqti kichik boʻlib, tez uzish hisobiga shikastlash kamayadi. 
Sinxron uzgichi kontaktlarining ishlash vaqti ortadi, chunki ular katta toklarni 
uzmaydi. Bu uzgichlarning uzish qobiliyati ancha katta boʻlishi mumkin. 
Dunyo amaliyotida 500 kV kuchlanishgacha va uzish quvvati 25000 MVA li 
havo sinxron uzgichlari mavjud. 
 
4.3. Yuqori kuchlanishli ajratkichlar 
Ajratkichlar bu kontaktli kommutatsion apparat boʻlib, u toksiz va kichik 
tokli elektr zanjirlarni ulash yoki uzish uchun xizmat qiladi. Ajratkich xavfsizlikni 
ta’minlash maqsadida uzilgan holatda kontaktlari orasida izolyatsiya oralig’iga ega 
boʻladi. 
Remont ishlari paytida remont uchun chiqarilgan apparatning tok 
oʻtkazuvchisi va kuchlanish ostida qolgan tok oʻtkazuvchi qismlar orasidagi 
ajratgich tomonidan koʻrinadigan uzilish hosil qilinadi. 
Ajratkichlar yordamida yuklama toklarini uzish mumkin emas, chunki 
ajratkichlarning kontakt tizimi yoy soʻndiruvchi qurilmaga ega emas, shuning 
uchun yuklama toklarini notoʻg’ri uzish hollarida turg’un yoy hosil boʻlib, bu hol 
fazalararo q.t. ga va ishlayotgan shaxsning baxtsiz hodisaga uchrashiga olib kelishi 


85 
mumkin. Ajratkichni ishlatishdan oldin zanjir uzgich yordamida uzilgan boʻlishi 
kerak. 
Biroq elektr qurilmalarning sxemalarini soddalashtirish uchun quyidagi 
operatsiyalarni bajarishda ajratkichlarni ishlatish ruxsat etiladi: 
elektr tarmog’ida yerga tutashish boʻlmasa, transformatorlarning neytrali va 
yoy soʻndiruvchi g’altaklarini uzish va ulash; 
shinalarning zaryad tokini va hamma kuchlanishlardagi asbob-uskunalarni 
(kondensatorlarning batareyalaridan tashqari) uzish va ulash; 
10 kV va undan kichik kuchlanishdagi 15A gacha boʻlgan yuklama tokini 
ochiq joyga oʻrnatilgan uch qutbli ajratkich bilan uzish va ulash; 
agar ajratkich past omli parallel zanjir (shina ulagich yoki aylanib oʻtuvchi 
uzgich bilan) bilan ishonchli shuntlangan boʻlsa, u bilan operatsiyalarni bajarishga 
ruxsat etiladi; 
ajratkich va uzgichlar yordamida kuch transformatorlarining kichik 
magnitlovchi tokini hamda havo va kabel liniyalarining zaryadlovchi tokini uzish 
va ulash mumkin. 
Ajratkich uzadigan tok uning 
konstruksiyasi 
(pichoqlarining 
gorizontal, vertikal joylashuvi)ga, 
qutblari 
orasidagi 
oraliqqa, 
qurilmaning nominal kuchlanishiga 
bog’liq boʻlganligi uchun, bunday 
operatsiyalarga 
instruksiya 
va 
direktiv koʻrsatmalar orqali ruxsat 
beriladi.
Agar zanjirda ajratkich va 
uzgich 
boʻlsa, 

holda 
magnitlovchi 
tok 
va 
zaryad 
toklarini uzish va ulashda, shu 
operatsiyalarni 
tez 
bajaradigan 
4.8-rasm. Gorizontal-aylanuvchi РНД 3-2-110/2000 
tipidagi ajratkich: a-ajratkich ulangan holatda; 1-rama; 2-
tayanch izolyator; 3-shinadagi ulovchi uchlik; 4-elastik 
bog‘lama; 5-lamelli bosh pichoq; 7-yerga tutashtirpuvchi 
pichoqlar; 8-yuritmaga keladigan tortqi; 9-yuritma; b-
110 kV li OTQ ga o‘rnatilgan ajratkichning uzilgan 
holati 


86 
4.9-rasm. Qirquvchi tipdagi ajratgichlarning 
kontakt tizimi 
prujinali yuritmaga ega boʻlgan uzgichdan foydalanish lozim. 
Ajratkichlar elektr qurilmalarning sxemalarida muhim ahamiyatga ega, 
ularning ishonchli ishlashiga qarab butun elektr qurilma ham ishonchli ishlaydi, 
shu sababli ularga quyidagi talablar qoʻyiladi: 
havoda koʻrinadigan uzilish hosil qilishi, bu holning elektr mustahkamligi 
maksimal impuls kuchlanishiga mos kelishi kerak; 
q.t. toklari oqib oʻtganida elektrodinamik va termik turg’un boʻlishi; 
oʻz-oʻzidan uzilib (oʻchib) qolmasligi 
eng noqulay ish sharoitlarida (muzlash, qor, shamol va shu kabilar) aniq 
uzish va ulash imkonini berishi lozim. 
Ajratkichlar qutblarining soniga 
qarab bir va uchqutbli, qurilma turiga 
qarab ichki va tashqi qurilmalar uchun, 
konstruksiyasi boʻyicha - kesuvchi, 
aylanma, g’ildirovchi va osma tiplarda 
boʻladi. 
Oʻrnatilish usuliga qarab 
pichoqlar 
vertikal 
va 
gorizontal 
joylashgan ajratkich-larga boʻlinadi. 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling