Gidroenergetik qurilmalar elektr qismi, rele himoyasi va avtomatikasi


 Operativ tok manbalari. Oʻzgaruvchan va oʻzgarmas operativ tok


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/104
Sana16.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1781192
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   104
Bog'liq
GIDROENERGETIK QURILMALAR-qollanma

5.9. Operativ tok manbalari. Oʻzgaruvchan va oʻzgarmas operativ tok 
sxemalari 
Operativ tok zanjirining vazifasi 
 
Vazifalari va umumiy talablar 
Operativ tok deb oʻchirgichni masofali boshqarishni ta’minlovchi zanjirni
rele himoyasining operativ zanjirini, avtomatika, telemexanika va axborotlarni 
qabul qiladigan uskunalarni ta’minlaydigan tokka aytiladi. 
Operativ zanjirlar himoya 
elementlarini, shikastlangan 
liniya va 
qurilmalarni, oʻchiradigan uskunalarni tok bilan ta’minlashi juda muhimdir. 
Shuning uchun operativ tokka qator haqli va muhim talablar qoʻyiladi.
Podstansiyalarda operativ tokning quyidagi manbalari ishlatiladi: 
- Akkumulyator batareyalari (AB) dan ta’minlanuvchi oʻzgarmas operativ 
tok manbai; 
- Himoyalanayotgan qurilmaning zanjiriga ulangan TT, TH, oʻz ehtiyoji 
transformatorlari va zaryadlangan kondensatorlardan ta’minlanuvchi oʻzgaruvchan 
operativ tok manbai; 
- operativ zanjirlarni ta’minlash bloki yoki qurilmalarining toʻg’rilagichlari 
yordamida toʻg’rilangan (oʻzgarmas) tokka aylantirilgan oʻzgaruvchan tok manbai. 
Operativ tok tizimlari: 
-bog’liq boʻlgan ta’minlash, ya’ni operativ zanjirlarni ta’minlash tizimi 
nazorat qilinayotgan elektr qurilmaning ish rejimiga bog’liq; 
-bog’liq boʻlmagan ta’minlash, ya’ni operativ zanjirlarni ta’minlash tizimi 
nazorat qilinayotgan elektr qurilmaning ish rejimiga bog’liq boʻlmagan guruhlarga 
boʻlinadi. 
Operativ oʻzgarmas tok. 
Oʻzgarmas operativ tok manbai sifatida kuchlanishi 110-220 V, kichik 
nimstansiyalarda esa 24-48 V boʻlgan va hamma operativ zanjirlarni markaziy 
ta’minlovchi akkumulyator batareyalari ishlatiladi. Ishonchlilikni oshirish uchun 
oʻzgarmas tok liniyalari bir necha qismlarga boʻlinib, har biri alohida batareyaning 


146 
ishlash tizimiga ulanadi. (5.28-rasm) 
Himoya zanjirlari, oʻchirish chulg’amlari asosiy qism boʻlib hisoblanadi va 
ular boshqarish shinasi (BSh) dan ta’minlanadilar. 
Qoʻshish shinasi (QSh) dan ta’minlanuvchi ulash chulg’amining zanjiri 
ikkinchi qism boʻlib hisoblanadi. Bu QSh 400-500 A tok qabul qiluvchi moyli 
oʻchirgichlarning oʻchiruvchi va ulovchi chulg’amlarini ta’minlaydi. 
Uchinchi qismga kamroq javobgarlikka ega boʻlgan xabar (signal) 
shinasidan (XSh) ta’minlanuvchi xabarchilar kiradi. 
Operativ tokning boshqa ta’minlanuvchilari (avariya vaqtidagi yoritish, oʻz 
ehtiyoj motorlari va h.k.) alohida liniyadan tok iste’mol qiladilar. 
Operativ zanjirlarni qisqa tutashuv tokidan himoya qilish uchun saqlagich 
yoki maxsus avtomatlar (tokning oshishiga ta’sir javob beruvchi) ishlatiladi. 
Saqlagichlarning ishga yaroqligi nazorat relelari (RYA) bilan kuzatiladi (9.1-
rasm). shina XSh oʻchirgich holatini koʻrsatuvchi xabar lampalarini ulashga 
moʻljallangan. 
Batareya doimiy zaryadlanish rejimida aniq ishlaydi. 
Oʻzgarmas tok shiti kuch shinasi (KSh) va boshqarish shinasidan iborat. 
BSh ning 108 ta elementdan iborat akkumulyator batareyalari "+" va "-" 
shinalardan tashkil topadi. Elementlar soni 108 dan koʻp boʻlganda ular oshirilgan 
kuchlanishli "-" shinaga ulanadilar. 
BSh doimiy zaryadlanish rejimida 108 ta batareya elementlariga ulanadi. 
5.28-rasm. Himoyani operativ zanjirini (boshqarish, qoʻshish, xabar berish 
zanjirlari) oʻzgarmas tok bilan ta’minlashning prinsipial chizmasi 


147 
Boshqaruvchi (ballast) qarshilik РР asosiy (pq100, 108) va qoʻshimcha 
(pq120,128, 140) elementlarni bir xil zaryadlanish, zaryad ostida boʻlish va 
razryadlanishini ta’minlaydi. Ballast qarshilik sifatida РЗВ-41 (40 A, 4,5 kVt va 
100 qarshilik va yuritmali) qoʻzg’atishni boshqargich (regulyator vozbujdeniya) 
qoʻllaniladi. 
Akkumulyator batareyalari hohlagan vaqtda etarli qiymatdagi kuchlanish va 
quvvat bilan operativ tok zanjirlarini ta’minlab tura oladilar va bunda asosiy 
tarmoqqa hech qanday bog’liqlik yoʻq. Shuning uchun ular eng ishonchli 
manbalardan hisoblanadi. 
Lekin bu akkumulyator batareyalari qimmat, ularni zaryadlash uchun 
maxsus qurilmalar kerak, maxsus joy va malakali xizmat talab etiladi. Bundan 
tashqari markazlashgan ta’minot boʻlganligi sababli zanjirlarda murakkab, uzun va 
qimmatbaxo tok uzatuvchi simlar ishlatiladi. 
Shuning uchun keyingi paytda oʻzgaruvchan operativ tok manbalari keng 
qoʻllanilmoqda.

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling