Gidroenergetik qurilmalar elektr qismi, rele himoyasi va avtomatikasi


 Sabr vaqtli notanlovchan tokli kesim. Sabr vaqtsiz notanlovchan tokli


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/104
Sana16.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1781192
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   104
Bog'liq
GIDROENERGETIK QURILMALAR-qollanma

6.3. Sabr vaqtli notanlovchan tokli kesim. Sabr vaqtsiz notanlovchan tokli 
kesim 
Elektr energetika tizimlarining bosh qismlarining himoyalariga tezkorlik 
boʻyicha juda katta ahamiyat beriladi. Ushbu holat parallel ishlayotgan sinxron 
generatorlar hamda energetika tizimini turg’un ishlashini ta’minlash maqsadida 
amalga oshiriladi. Bosh liniyalardagi oʻtkazgichlardan kesim yuzasining kattaligi 
hisobiga, liniyaning boshi va oxiridagi qisqa tutashuv toklari kam miqdorda 
farqlanganligi sababli tokli kesimlarni qoʻllash doimo samarali boʻlmaydi. 
Natijada tokli kesimning ma’qul boʻlgan ish zonasi va tanlovchanligini ta’minlash 


167 
imkoni boʻlmaydi. 
Bundan hollarda notanlovchan tokli kesimni qoʻllash mumkin. 
Notanlovchan tokli kesim – bu maksimal turdagi tokli himoya boʻlib, 
nafaqat oʻzining ta’sir zonasidagi shikastlanishlarga, balki ta’sir zonasidan 
tashqarida boʻladigan shikastlanishlarda ham ishga tushadi. Notanlovchan tokli 
kesimning tanlovchanligiga sabr vaqt yoki boshqa qoʻshimcha texnik vositalarni 
qoʻllash evaziga erishiladi. 
Sabr vaqtli notanlovchan tokli kesim 
 
Tokli kesimning nazorat ostidagi hududini oshirish maqsadida qoʻshni 
liniyalardagi qisqa tutashuvlarda ishga tushishiga yoʻl qoʻyish mumkin (6.13 – 
rasm). Ushbu holatda notanlovchan tokli kesimning tanlovchanligiga ishlash 
zonasini cheklash orqali erishish mumkin. Ishlash zonasini cheklash, keyingi 
liniyaning tezkor himoyasining ishlash chegarasigacha ishlashi hamda uncha katta 
boʻlmagan sabr vaqt orqali erishiladi. 
6.13 – rasm. Notanlovchan tokli kesimli tarmoq sxemasi va qisqa tutashuv toklarining 
diagrammasi 


168 
Koʻrinib turganidek, L1 liniyada tezkor sabr vaqtsiz tokli kesimni (TK1) 
oʻrnatish samarali emas, chunki uning ishlash zonasi juda ham cheklangan (kichik 
ishlash zonasi l
tk1
). Ushbu holatda L1 liniyaning himoyasi uchun notanlovchvn 
tokli kesimni (NTK) qoʻllash maqsadga muvofiq, bunda notanlovchan tokli 
kesimni tok hamda vaqt boʻyicha L2 liniyaning tokli kesimidan (TK2) rostlash 
lozim: 
.
1
. 2
.
1
. 2
.
1
. 2
yoki
; t
ish ntk
ish tk
ish ntk
z
ish tk
ish ntk
ish tk
I
I
I
k
I
t
t
 

 
, (6.11) 
bu yerda 
. 2
ish tk
I
- L2 liniyadagi TK2 tokli kesimning ishlash toki;
z
 - noselektiv tokli kesimning zaxira koeffitsiyenti; 
. 2
ish tk
t
- TK2 tokli kesimning ishlash vaqti, 
. 2
t
0,1 s
ish tk


t

- tanlovchanlik pog’onasi, 
0,4 0,6 s
t
 


Notanlovchan tokli kesimning sabr vaqti odatda 0,3 0,8

sekund oralig’ida 
boʻladi. Ushbu vaqt oralig’ida qisqa tutashuv tokining aperiodik tashkil etuvchisi 
toʻliq soʻnadi, shuning uchun relening turidan qat’i nazar zaxira koeffitsiyenti 
1,1 1,2

oralig’ida olinadi. Shuningdek ushbu sabab tufayli (sabr vaqt) kuch 
transformatorlarining magnitlovchi tokning sakrashidan sozlashga zaruriyat 
tug’ilmaydi. 
Oʻrnatmalarni bunday tanlashda L2 liniya umumiy ishlash zonasi l
umum
 
paydo boʻladi. Ushbu zonadan tashqarisida lekin l
tk2 
zonaning ichidagi qisqa 
tutashuvlarda (K2 nuqta), faqatgina TK2 tokli kesim ishga tushib shikastlangan L2 
liniyani oʻchiradi. Umumiy zonadagi (l
umum
) qisqa tutashuvlarda (K1 nuqta) ikkala 
tokli kesim ishga tushadi: tanlovchan tokli kesim TK2 va notanlovchan tokli kesim 
TNK ishga tushadi, lekin liniyaning oʻzini tokli kesimi TK2 tezroq ishlashdi (sabr 
vaqtsiz) va faqat shikastlangan liniya L2 oʻchiriladi. Notanlovchan tokli kesim 
ishga tushishga ulgurmasdan boshlang’ich holatga qaytadi. L1 liniyadagi qisqa 
tutashuvlarda notanlovchan tokli kesim NTK1 ishga tushadi. 


169 
6.14 – rasm. Ikki fazali va ikki releli sabr vaqtli tokli kesim 
Notanlovchan tokli kesimga kerak boʻladigan sabr vaqtni KT1 vaqt relesi 
orqali hosil qilinadi. 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling