Gidroenergetik qurilmalar elektr qismi, rele himoyasi va avtomatikasi


 Generatorlarning shikastlanish turlari va nonormal rejimlari. Sinxron


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/104
Sana16.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1781192
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   104
Bog'liq
GIDROENERGETIK QURILMALAR-qollanma

 
6.5. Generatorlarning shikastlanish turlari va nonormal rejimlari. Sinxron 
generatorlarning himoya turlari 
Generatorlarning shikastlanish turlari va nonormal rejimlari 
 
Generatorlarda 
quyidagi 
shikastlanishlar 
boʻlishi 
mumkin: 
stator 
chulg’amida koʻp fazali hamda bir fazali qisqa tutashuvlar, 1 fazadagi 
chulg’amlarning oʻzaro tutashuvi, sinxron generatorlar uchun rotor chulg’amining 
yerga ulanishi. Bu shikastlanishlar natijasida generatorda tok oshadi, tarmoqda 
kuchlanish pasayishi sodir boʻladi. Shuning uchun koʻp fazali qisqa tutashuvdan 
himoya sabr vaqtsiz oʻchirishga xizmat qiladi. 


176 
Generatorning bir fazali qisqa tutushuvdan himoyasi tarmoqning betaraf 
nuqtasi holati bilan aniqlanadi. 
Kuchlanishi 1000 V gacha tarmoqlarda betaraf nuqta yerga tutashtirilgan 
boʻladi va bu yerda bir fazali qisqa tutushuv sabr vaqtsiz oʻchiriladi. 
Yuqori kuchlanishli tarmoqlarning betaraf nuqtasi yerdan izolyatsiyalangan 
yoki yoy soʻndiruvchi reaktor orqali ulangan boʻladi. Bunday tarmoqlarda bir 
fazali qisqa tutashuv koʻp hollarda xavfli hisoblanmaydi. Shuning uchun himoya 
faqat xabar berish uchun ishlaydi. 
Bir fazali qisqa tutashuvdan maxsus himoya qisqa tutashuv toki I
3,max 

10 A 
boʻlganda, quvvati 2 MVt dan yuqori, kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan 
generatorlar uchun qoʻllaniladi. 
Chulg’amlarning oʻzaro tutashuvi natijasida nominal tok oshadi, magnit 
oʻzak va shikaslanmagan chulg’amlar ortiqcha qiziydi, bu hol izolyatsiyaning 
yanada koʻproq buzilishiga olib keladi. Shuning uchun filtrli tok himoyasi taklif 
etiladi.
Generatorlarning nonormal rejimlari: 
- yuklama ortishi; 
- kuchlanishning pasayishi natijasida aylanishlar sonining kamayishi; 
- ta’minlovchi tarmoq fazasining uzilishi; 
- Generatorning mexanik qismini shikastlanishi. 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling