Gidroenergetik qurilmalar elektr qismi, rele himoyasi va avtomatikasi
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
GIDROENERGETIK QURILMALAR-qollanma
Havo bilan sovitish. Havo bilan sovitishning ikki tizimi: oqimli va berk
tizimi mavjud. Oqimli sovitish tizimidan kamdan-kam va faqat quvvati 2 MVA gacha boʻlgan turbogeneratorlarda, shuningdek quvvati 4 MVA gacha boʻlgan gidrogeneratorlarda qoʻllaniladi. Bunda generator orqali mashina zalidagi havo haydaladi, u stator va rotor chulg’amlarining izolyatsiyasini tez ifloslaydi, natijada generatorning xizmat qilish muddatini qisqartiradi. Berk sovitish tizimida ma’lum oʻzgarmas hajmdagi havo berk kontur boʻyicha aylanadi. Bunday sovitishda havoning aylanishi turbogeneratorlar uchun sxematik ravishda 1.4 - rasmda koʻrsatilgan. Havoni sovitish uchun trubkalari orqali suv uzluksiz aylanib turadigan havo sovitgich 1 xizmat qiladi. Mashinada qizigan havo patrubka 2 orqali qizigan havo kamerasi Z ga chiqadi, soʻngra havo sovitgich va sovuq havo kamerasi 4 orqali oʻtib yana mashinaga qaytadi. Sovuq havo mashinaga uning ichiga oʻrnatilgan ventilyator 5 yordamida haydaladi. Aktiv qismi uzunligi katta boʻlgan generatorlarda sovuq havo mashinaning ikki tomonidan yuboriladi. Aktiv qismi uzunligi haddan tashqari katta, havo oralig’i esa kichik boʻlgan turbogeneratorlarni sovitish samaradorligini orttirish maqsadida ventilyatsiyaning koʻp oqimchali radial sistemasi qoʻllaniladi. Buning uchun turbogeneratorning sovitish tizimi vertikal tekisliklar 6 bilan qator seksiyalarga boʻlinadi. Havo har bir seksiyaga havo oralig’i (I va III seksiyalarda) yoki maxsus oʻqiy kanal 7 (II seksiyada) orqali kiradi. 15 Qizigan qismlarning sovituvchi havo tegadigan yuzalarini orttirish uchun mashinaning aktiv poʻlatida(stator) ventilyatsion kanallar tizimi qilinadi. Qizigan havo poʻlatdagi radial ventilyatsion kanallardan oʻtib, olib ketuvchi kamera 8 ga oʻtadi. Koʻp oqimchali ventilyatsiya turbogeneratorning butun uzunligi boʻyicha bir xil sovishini ta’minlaydi. Tashqariga havoning qisman chiqishdan hosil boʻladigan isrofni toʻldirish uchun sovuq havo kamerasiga oʻrnatilgan qoʻshaloq moy filtr 9 orqali qoʻshimcha havo olish koʻzda tutilgan. Havo bilan bilvosita sovitishniig berk tizimli gidrogeneratorlarda ancha keng qoʻllaniladi. Gidrogeneratorning ventilyatsiya tizimi 1.5 – rasmda koʻrsatilgan. Gidrogeneratorlarda aniq qutbli rotorni sovitish qutblar oʻrtasida oraliq borligi va rotorning sovish yuzasi katta boʻlganligi hisobiga osonlashadi. Turbogeneratorning silliq rotorining sovishi ham samara beradi, chunki bunday holda u faqat havo boʻshlig’i tomonidan soviydi. Bu holat esa turbogeneratorlarni havo bilan sovitish imkoniyatini ancha cheklashga olib keladi. Turbogeneratorlarni vodorod bilan bilvosita sovitish. Vodorod bilan bilvosita sovitiluvchi turbogeneratorlar prinsipial olganda havo bilan sovitishdagi kabi ventilyatsiya sxemasiga ega. Farqi shundan iboratki, bunda sovituvchi vodorodning hajmi generator korpusi bilan chegaralanadi, shuning uchun ham sovitgichlar korpusning ichiga joylashtiriladi. Vodorod bilan sovitish havo bilan sovitishga nisbatan samaraliroq, chunki vodorod sovituvchi gaz sifatida havoga qaraganda bir qancha muhim afzalliklarga ega. U havoga qaraganda 1,54 mart katta issiqlik uzatish koeffitsiyentiga va 7 marta koʻp issiqli oʻtkazish xossasiga ega. Oxirgi xossasi izolyatsiya va pazlarnig oralig’ida vodorod qatlamining kichik 1.5 - rasm. Gidrogeneratorning ventilyatsi- yasining yopiq tizimi: 1-rotor; 2-stator; 3-havo sovutgich; 4-ventilyator parraklari 16 issiqlik qarshilikka ega boʻlishiga olib keladi. Vodorodniig zichligi havoga nisbatan ancha kichik boʻlganligi uchun ventilyasion yoʻqotishlar 8-10 marta kamayib, buning natijasida generatorning FIK 0,8—1% ga ortadi. Havo muhitiga nisbatan vodorod muhitida oksidlanishning boʻlmasligi generatorning ishonchli ishlashini va chulg’am izolyatsiyasining ishlash vaqtini oshiradi. Vodorodning afzalliklaridan biri uning yonmasligidir. Generatorga kirayotgan vodorodning havo bilan aralashmasi (4,1% dan to 74% gacha, moy bug’i ham qoʻshilganda 3,3% dan to 81,5% gacha) portlash xavfi boʻlgan aralashma hosil qiladi, shuning uchun vodorod bilan sovitiladigan mashinalarda stator korpusining gaz oʻtkazmasligini orttirish uchun valni moyli tig’izlagichlar bilan, stator va rotorning chulg’amiga tok oʻtkazuvchilarni zichlab, gaz, sovituvchining qopqog’ini zichlab, lyuklarni, yon tomondagi olinuvchi toʻsiqlarni zich yopilishi kerak. Gazning tashqariga chiqishini ishonchli toʻsuvchi moyli zichlagich bilan generator valini tig’izlash ancha murakkab ish. Vodorodning ortiqcha bosimi ancha yuqori boʻlsa, generatorning sovishi shuncha samarali va demak generatorning aynan bir xil oʻlchamlarida uning nominal quvvatini oshirish mumkin. Biroq ortiqcha bosim 0,4—0,6 MPa dan koʻp boʻlsa, generatorning quvvatini oshirishdan kelib chiqadigan texnik qiynchiliklarni (tig’izlagichlar bilan chulg’am izolyatsiyasi ishi murakkablashadi) yengish uchun sarflanadigan mablag’ni oqlamaydi. Shuning uchun hozirgi generatorlarda vodorod bosimi 0,6 MPa dan yuqori boʻlmaydi. Vodorod bilan bilvosita sovitiluvchi generatorlar, zaruriyat tug’ilsa, havo bilan sovitilishi ham mumkin, lekin ularning quvvati tegishlicha kamayadi. Generator korpusini vodorod bilan toʻldirishda qaldiroq aralashma hosil boʻlishining oldini olish uchun havo avval inert gaz (odatda karbonat angidrid) bilan siqib chiqariladi. Vodorodning foiz miqdori ruxsat etilganidan kamayganda uning tozaligini tiklash generatordan ifloslangan vodorod chiqarish va toza vodorod qoʻshish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Bu jarayonni shamollatib tozalash (produvka) deb ataladi. 17 Generatordagi vodorodni quritish maqsadida xlorli kalsiy yoki silikagel bilan toʻldiriladigan quritgich koʻzda tutilgan. Suyuqlik borligini koʻrsatuvchi koʻrsatkich generatorning korpusida suv yoki moy paydo boʻlishi toʻg’risida signal berish uchun xizmat qiladi. Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling