Gidroenergetik qurilmalar elektr qismi, rele himoyasi va avtomatikasi


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/104
Sana16.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1781192
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   104
Bog'liq
GIDROENERGETIK QURILMALAR-qollanma

Differensial tokli kesim tez toʻyinuvchi tok transformatorlarsiz oddiy РT-
40 tok relelari yordamida bajarilgan (6.23-rasm). Differensial tokli kesimning eng 
muhim afzalligi soddali hamda unga bog’liq holda arzonligi va oʻrnatmalarni 
tanlashda osonligidir. Lekin differensial tokli kesimning eng katta kamchiligi 
ishlash tokining kattaligidir, ushbu kamchilik koʻpginga hollarda himoyaning 
sezgirligini yetarli darajada ta’minlab bera olmasligi sababli ushbu himoyani 
ishlata olmaslikka olib keladi. 


187 
6.22 - rasm. Differensial tokli himoya sxemasi 
6.23 - rasm. Transformatorning differensial tokli kesim sxemasi 


188 
Tez toʻyinuvchi tok transformatorli differensial himoya kuchlanishning 
yuklama ostida rostlovchi qurilmasi boʻlmagan transformatorlarda РНT (РНT-565) 
turidagi rele asosida ishlatiladi. РНT-565 relesining soddalashtirilgan sxemasi 
6.24-rasmda koʻrsatilgan. 
6.25 - rasm. РНT-565 relesining soddalashtirilgan sxemasi 
6.25 – rasmda w
2
– ikkilamchi chulg’am; w
qt
qisqa tutashtirilgan 
chulg’am; w
ish
– ishchi chulg’am, oʻramlar soni 8 dan 35 gacha oralig’ida bitta 
oʻram aniqligigacha oʻrnatilishi mumkin; w
t1
va w
t1
– tenglashtiruvchi 
chulg’amlar, ushbu chulg’amlarning har birida 0 dan 34 gacha oralig’ida 
oʻramlarni oʻrnatish mumkin.
Relening tuzilishida tez toʻyinadigan tok transformatorining va qisqa 
tutashtirilgan chulg’amning borligi himoyaning ishlash tokini kamaytirishga 
hamda sezgirligini oshirishiga imkon beradi. РНT-565 rele asosida ikki chulg’amli 
transformatorning 
differensial 
himoyasining 
bir 
koʻrinishi 
6.26-rasmda 
koʻrsatilgan.


189 
6.26-rasm. РНT-565 rele asosida tuzilgan ikki chulg’amli transformatorning 
differensial himoyasining sxemasi 
ДЗT relesi (masalan, ДЗT-11) asosidagi tormozli differensial himoya odatda 
kuchlanishning yuklama ostida rostlovchi qurilmasi boʻlgan transformatorlarda 
qoʻllaniladi. 
Soddalashtirilgan 
ДЗT-11 sxemasida (6.27-rasm) w
tor
– 
tormozlanuvchi chulg’am nomlanib, oʻramlar soni quyidagi qatorlardan oʻrnatilish 
mumkin: 1, 3, 5, 7, 9, 11, 13, 18, 24. Ishchi va tenglashtiruvchi chulg’amlarning 
tavsiflari РНT-565 relesini bilan bir xildir. Tez tuyinuvchi tok transformatorning 
magnit oʻtkazgichidagi tormozlovchi chulg’am tufayli himoyaning ishlash toki 
faqat magnitlovchi tokning sakrashidan sozlab tanlanadi (tokning nobalansi 
hisobga olinmaydi). Odatda ushbu holat himoya sezgirligining yanada oshishiga 
olib keladi. Lekin nisbatan kattaroq sezgirlikni ta’minlash boʻyicha РНTrelesi 
asosidagi himoyada kuzatilgan, shuning uchun umumiy holda yuqorida keltirilgan 
himoyalarni qoʻllashda tekshirish imkonini beruvchi algoritmni tavsiya qilish 
mumkin. 


190 
6.27 - rasm. ДЗT relesining soddalashtirilgan sxemasi (ДЗT-11) 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling