Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
YER OSTI SUVLARI TARKIBIDAGI TUZ VA GAZLAR MIQDORI
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
YER OSTI SUVLARI TARKIBIDAGI TUZ VA GAZLAR MIQDORI
O‘ZGARISHINING ULARNING HARORATI O‘ZGARISHIGA TA’SIRI Suvda erigan tuzlar miqdori, g/l Gazlar miqdori, g/l Suvning harorati °C NaCl CaSO 4 CaCO 3 O 2 N CH 4 H 2 S CO 2 25 26,44 0,209 0,0014 0,0285 0,0144 0,033 1,304 0,771 50 26,99 0,204 0,0015 0,0209 0,0109 0,0213 1,410 0,423 100 28,15 0,153 0,0015 0,0177 0,0098 0,0177 0,844 — Yer yuzasiga yaqin bo‘lgan qatlamlardagi yer osti suvlarining haro- rati, atmosfera haroratining fasllar mobaynida o‘zgarishi bilan bog‘liq holda o‘zgarib turadi. Mamlakatimiz hududida bu o‘zgarish 8—20°C atrofida bo‘lishi mumkin. Yer sharining hozirgi vaqtdagi vulqon harakatlari mavjud bo‘lgan mintaqalarida (Kamchatka, Kuril, Islandiya va b.) yer osti suvlarining harorati 100°C dan oshiq bo‘lishi kuzatiladi. Zichligi. Yer osti suvlarining zichligi asosan, unda erigan tuzlarning miqdoriga, suvning haroratiga bog‘liq holda o‘zgarib turadi. Toza ichim- lik chuchuk suvi 4°C da eng yuqori zichlikka ega bo‘lib, harorat pasayishi bilan uning kamayish holati kuzatiladi. Ya’ni suv harorati 4°C bo‘lganda zichligi 1 g/sm 3 bo‘lib, 3,98°C bo‘lganda zichligi 0,999973, 0°C da 2 8 8 0,9981 g/sm 3 bo‘ladi. Demak, yer osti suvlari harorati 4°C dan oshishi bilan zichligining kamayishi yuz beradi. Bunga birdan-bir sabab suv haroratining oshishi bilan hajmiy jihatdan kengayish jarayoni yuz be- rishidir. Shuning uchun ham suvni harorati 20°C bo‘lganda uning zichligi 0,998203 g/sm 3 darajaga yetadi. Harorat oshishi bilan suv zichligining hajmiy jihatdan kengayishi yer osti jins qatlamlarida yg‘iladigan ener- giya miqdoriga ta’sir qilishi, jins qatlamlari zichligi lokal holatda oshi- shiga sababchi bo‘lishi mumkin. Bu holat jins qatlamlarini qandaydir yo‘nalishda harakatga kelishiga va yer kurrasining ma’lum qismida yer qimirlash hodisasi sodir bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Yer osti suvla- rining zichligini aniqlashda piknometrik usul qo‘llaniladi. Yer osti suvlarining qattiqligi. Yer osti suvlarining qattiqligi unda mavjud bo‘lgan Ca 2 + va Mg 2 + va HCO 3 ionlari mavjudligi bilan xarakterlanib, ularni MgSO 4 , CaSO 4 , CaHCO 3 , CaCO 3 , MgCO 3 tuzlari holatidagi miqdori bilan baholanadi. Tabiatda suvlar nokarbonat va kar- bonat qattiqlikka ega bo‘lishi mumkin. Norkarbonat qattiqlik bu suvda kalsiy va magniy sulfitlarini erishidan, karbonat qattiqlik esa suvda kalsiy va magniy bikarbonat tuzlarini erishidan vujudga keladi. Amaliyotda umumiy, vaqtinchalik va doimiy qattiqlik tushunchalari ma’lum. Umumiy qattiqlik deganda, suvda erigan kalsiy va magniy tuzlarining umumiy miqdori tushuniladi. Vaqtinchalik qattiqlik deganda suvdagi mavjud bi- karbonat tuzlar qaynatilish jarayonida cho‘kmaga tushgan kam eruv- chan tuzlar miqdori tushuniladi. Umumiy qattiqlikdan vaqtinchalik qat- tiqlik qiymatini ayirib tashlangandan keyingi holati yer osti suvlarining doimiy qattiqligi tushunchasini beradi. Suvning umumiy qattiqligi qat- tiqlik darajasi bilan o‘lchanib, ilgarilari nemischa usul qo‘llanilib gradusda ifodalanar edi. Bu usul bo‘yicha bir daraja qattiqlik bir litr suvdagi kalsiy oksidining 10 mg yoki magniyning 7,2 mg miqdoriga to‘g‘ri keladi. Hozir qattiqlik 1 litr suvdagi kalsiy va magniy ionlarining milligramm-ekvivalentlari (mg.ekv/l) yig‘indisi bilan o‘lchanadi. Markazlashgan xo‘jalik iste’moli uchun ishlatiladigan yer osti suvlarining maksimal qattiqligi 7 mg.ekv/l dan oshmasligi lozim. 1 mg.ekv/l amalda 20,04 mg/l Ca 2 + yoki 12,16 mg/l Mg 2 + miqdoriga teng. Yer osti suvlarining qattiqligini o‘rganish va bilish xalq xo‘jaligida katta ahamiyatga ega. Chunki yer osti suvlarining qattiqligini me’yordan yuqori bo‘lishi bug‘ qozonlarida cho‘kma miqdorining oshishiga, natijada tez ishdan chiqishiga sababchi bo‘ladi. Kalsiy va magniy cho‘kmaga tushish jarayoni quyidagi reaksiya ko‘rinishida yuz beradi: Ca + 2HCO 3 CaCO 3 ¯+ CO 2 + H 2 O, CaCO 3 + 2H 2 O Ca(OH) 2 + CO 2 + H 2 O, 2 8 9 Suvdagi mavjud kalsiy va magniy cho‘kmaga CaSiO 3 , MgSiO 3 , CaSO 4 holatida tushishi ham mumkin. Natijada bug‘ qozonlarining qizishi qiynalashadi. Haddan tashqari qizitib yuborish, ba’zan noxush hodisa- larni — bug‘ qozoni portlab ketishini keltirib chiqarishi mumkin. Shu- ningdek, natriy va kalsiy ionlarining quyqaga tushishidan tashqari ko‘piklanish jarayoni ham sodir bo‘ladi. Bu qozon devorlari yemirilishiga, ya’ni korroziya jarayoni vujudga kelishiga sababchi bo‘ladi. Bundan tashqari suvni o‘ta qattiq bo‘lishi xo‘jalikda sovun miqdorining ko‘p sarf bo‘lishiga, insonlarning buyraklarida tosh paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Suv qattiqligini kamaytirish — yumshatish uchun unga soda, natriy fosfat tuzlari qo‘shiladi. Ishqoriyligi. Yer osti suvlarining ishqoriyligi ulardagi NaOH, Na 2 CO 3 , NaHCO 3 birikmalarining miqdoriga bog‘liq. Bu birikmalarning yer osti suvlari tarkibida ko‘p bo‘lishi sanoatda ishlatiladigan asbob va uskunalarni suv bilan sovitish jarayonini qiyinlashtiradi. Amaliyotda ishqoriylik mg.ekv/l bilan ifodalanadi. 1 mg.ekv/l 40 mg/l NaOH, 53 mg/l Na 2 C 3 , 84,22 mg/l NaHCO 3 miqdoriga to‘g‘ri keladi. Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling