Gidrogeologiyasi fanining mazmuni va vazifalari
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
6-ма\'ruza (1)
6.11-rasm. 1968—2003-yillarda Toshkent shahar hududidagi Lyoss va lyossimon jinslar zichligini texnogen omillar ta’sirida oshishini
ko‘rsatuvchi chizma. A) Lyoss jinslari zichligining 1968—1970-yillardagi holati; B) Lyoss jinslari zichligining 1970—2002-yillardagi holati. 1, 2 — ho‘l holatdagi zichlik, g/sm 3 ; 3, 4 — quruq holatdagi zichlik, g/sm 3 . Qavs ichida o‘rganilgan namunalar miqdori. suv uzatish sistemalarining nosozligi, suvning tog‘ jins qatlamlariga bekorga singib ketishi oqibatida behuda sarflanmoqda. Ana shularning natijasida bugungi kunda «Orol fojiasi» vujudga keldi. Agar 1950—60yillarda Orol dengizining maydoni 68,3 ming km 2 , undagi suv sathining abs. balandligi 53,0 m bo‘lgan bo‘lsa, 1966-yillarga kelib T. E. Mavlonovning ma’lumotiga ko‘ra uning maydoni 2 martaga, suvning hajmi 3,5 martaga kamaydi, suv sathining abs. balandligi 36,0 metrga pasayadi. Dengizning qurib qolgan qismi maydoni 34 ming km 2 ni tashkil etadi. O. E. Semenov, I. V. Rubanov va boshqa mutaxassislarning ma’lumotiga ko‘ra Orol dengizining qurigan maydonidan har yili 7,3 dan 43 mln tonnagacha tuz shamol ta’sirida uchirilib Orol atrof hududlariga yoyilmoqda (Mavlonov, 1997). Bu esa o‘z navbatida insonlarning salomatligiga, qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligiga ta’sir etmoqda. Bugungi kunga kelib respublikamizning hamma sug‘oriladigan maydonlarida yirik gidrotexnik inshootlari, suv omborlari bunyod etilgan va bunyod etilmoqda. Faqat Janubiy O‘zbekistonning (Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari) suv xo‘jaligi 32540 km uzunlikka ega bo‘lgan kanal shohobchalaridan, umumiy suv hajmi 4,6 mlrd kub m bo‘lgan 20 ta katta-kichik suv omborlaridan va 18 21587 km uzunlikdagi kollektorzovurlardan tashkil topgan murakkab injenerlik-melioratsiya tuzilishidan iborat (Abdullayev va b., 1997). Kanal va boshqa inshootlarni, aholi yashash punktlarini bunyod etish jarayonida ba’zan ular joylashishi lozim bo‘lgan maydonlarni injener-geologik va gidrogeologik holatlarini yaxshi o‘rganmay yoki kerakli chora-tadbirlar ko‘rilmay amalga oshirilishi, qurilib bo‘lgandan keyin esa injener-geologik nazorat ishlarini tashkil qilinmay o‘z holiga tashlab qo‘yilishi holatlari ham uchrab turadi. Masalan, Tojikiston Respublikasining Sharora, Oquli Bolo, Oquli Poyon qishloqlari joylashgan hududning cho‘kuvchan lyoss jins qatlamlari ustidan 1974-yili kanal o‘tkazilgan. Lekin kanalning Sharora qishlog‘i ro‘parasidagi qismida «gidroizolatsiya» ishlari bajarilmay kanalga suv qo‘yib yuborilgan. Keyingi 15 yil mobaynidagi o‘zlashtirish kanaldan sizib o‘tgan suv hisobiga yer osti grunt suv oqimi vujudga kelgan va Sharora qishlog‘i joylashgan lyoss jinslari g‘ovaklarining butunlay suv bilan to‘yinishiga sababchi bo‘lgan. Butun bir katta lyoss massivi «oquvchan» holatga kelib qolgan. 1989-yili 23-yanvarda sodir bo‘lgan Xisor yer qimirlashi jarayonida ana shu «og‘uvchan» holatga kelib qolgan lyoss jinslari qatlamlarida kengligi 900 metr, qalinligi 70 m ga yaqin bo‘lgan surilish hodisasi yuz bergan. Natijada uyquda yotgan 70 dan ortiq xonadon egalarining, 760 qoramollar bo‘lgan fermaning odamlari bilan birga surilish massasi ostida ko‘milib ketishiga sababchi bo‘lgan. 17 Hozir Orol dengizi basseynida 90 dan ortiq suv omborlari mavjud bo‘lib, ular O‘zbekiston hududida 56 ta, Tojikistonda — 6 ta, Qirg‘izistonda — 10 ta, Turkmanistonda — 15 ta, Janubiy Qozog‘istonda — 3 ta. Ularning umumiy hajmi 1 mln km 3 dan ortiq (Saidova va b., 2000). Bu suv omborlarining suvga to‘latilishi va suvdan noto‘g‘ri foydalanilishi oqibatida yer osti grunt suvlari sathining ko‘tarilishi, yerlarning sho‘rlanishi, botqoqlanishi, zaxlash, surilish, cho‘kish, eroziya (yuvilish), jarliklarning vujudga kelish jarayon va hodisalari nihoyatda ko‘paygan, birqancha yuzlab gektar sug‘oriladigan eng yaxshi yerlar qishloq xo‘jaligi oborotidan chiqib, butunlay ishlatib bo‘lmaydigan holatga kelib qolgan. Jumladan, faqat Chordara suv omborining 15 yil mobaynida ishlashi oqibatida 650 ga unumli yer butunlay ishdan chiqqan, yer sathida turli hajmdagi katta-kichik ko‘llar vujudga kelgan. Shuningdek, Chimqo‘rg‘on suv ombor ta’sir zonasida 1972-yili zaxlash jarayoniga uchragan yer maydoni 163,5 km 2 ga, 1985-yili esa bu qiymat 251,6 km 2 ga yetgan (Saidova va b., 2000). Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi fanlarining eng asosiy vazifalaridan yana biri yer osti suvlari, tuproq, tog‘ jinslari qatlamlarining ifloslanishi sabablarini o‘rganish va aniqlash, ifloslanishdan saqlash maqsadida kerakli chora va tadbirlar ishlab chiqishdan iborat. V. M. Lukyanchikovning, A. M. Ryabchikov va A. A. Nelson-Smit ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha har yili bekorga sarflanadigan neft mahsulotlari miqdori 45—50 mln tonnani tashkil etadi. 18 Neft mahsulotlari bilan yer osti suvlarining ifloslanishi Buyuk Britaniyada boshqa hamma ifloslantirishlarning 39 % ni (R. Xarker bo‘yicha), AQSHda esa bu ko‘rsatkich xlorid va nitrat ifloslantirishlaridan keyin uchinchi o‘rinni egallaydi (D. D. Todd bo‘yicha). N. G‘. Mavlonov va I. A. Petruxinalarning yozishicha, Toshkent shahri hududida yer osti va yer usti suvlarini, lyoss jinslari aeratsiya zonasi qatlamlarini ifloslantiruvchi komponentlar — neft mahsulotlari, og‘ir metallar (xrom, nikel kobalt va b.) va nitratlar ekanligi aniqlangan. Ularning ko‘rsatishicha, faqat birgina Navoiy va Furqat ko‘chalari kesishgan joyda bundan 30—35 yillar avval joylashgan avto yoqilg‘i shoxobchasi o‘rnida kengligi 1 km 2 , qalinligi 15 metr bo‘lgan lyoss jinslari qatlami o‘ta ifloslangan (Mavlonov, Petruxina, 2000). Insoniyat tarixida bunday misollar juda ko‘p uchraydi. Xulosa qilib shuni aytish kerakki, «Gidrogeologiya» va «Injenerlik geologiyasi» fanlari juda ko‘p xalq xo‘jaligi masalalarini hal qilishda nazariy va amaliy baza hisoblanadi. Respublika xalq xo‘jaligining hamma sohalari sanoat va fuqaro qurilishlari, gidrotexnik inshootlar va suv omborlari, avtomobil va temir yo‘l qurilishlari, ko‘priklar, aerodromlar, metro trassalarining zaminini u yoki bu tog‘ jinslari tashkil 17 «Ñòðîèòåëüìàÿ ãàçåòà», 1989, 26 ÿìâàðü. 18 Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling