Gidrogeologiyasi fanining mazmuni va vazifalari


Injenerlik geomorfologiyasi


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/16
Sana23.10.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1717704
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
6-ма\'ruza (1)

Injenerlik geomorfologiyasi. Bu fan injenerlik geologiyasi fani tarmoqlarining eng yosh yo‘nalishlaridan 
biri bo‘lib, yer sath tuzilishining imorat va inshootlar qurish uchun qanchalik qulay yoki noqulayligi 
masalalari bilan shug‘ullanadi. Bunda asosiy e’tibor relyef elementlariga (sath qiyaligi, quyosh nuri 
yo‘nalishiga nisbatan tutgan o‘rniga, ya’ni kungay yoki teskayligiga, vaqtincha yoki doimiy oqar suvlari 
yo‘llari bilan kesishganlik darajalariga, sath qaysi tog‘ jinsi ustida vujudga kelganligi va h.k.) qaratiladi. Yer 
sath tuzilishi gorizontal (0—3°), me’yorli (3—7°), qiya (7—17°), o‘rta qiya (17—27°), tik qiyalik (27° dan 
yuqori) darajalariga qarab baholanadi. Natijalar orasida xalq xo‘jaligi imorat va inshootlarni loyihalash, 
joylashtirish, rejalash, qurish ishlari amalga oshiriladi. 
Injenerlik geoekologiyasi. Injenerlik geoekologiyasi
1
Yerning geosfera

qavatini tashkil qiluvchi tabiiy 
muhit komponentlarini (litosfera, gidrosfera, biosfera) odamlarning injenerlik va xo‘jalik faoliyatlari 
oqibatida o‘zgarish qonuniyatlarini va sabablarini o‘rgandi, tahlil etadi hamda ana shu komponentlarning 
tabiiy holatini saqlab qolish maqsadida chora va tadbirlar ishlab chiqadi va belgilaydi. 
GIDROGEOLOGIYA VA INJENERLIK GEOLOGIYASI FANLARINING VUJUDGA KELISH 
VA RIVOJLANISH TARIXI
«Gidrogeologiya» va «Injenerlik geologiyasi» fanlarining vujudga kelishi va rivojlanish tarixi o‘zining uzoq 
o‘tmishiga borib taqaladi. Bu fanlarning vujudga kelishi va rivojlanishi birinchidan, mamlakatimizda olib 
borilgan sug‘orish, qurilish-bunyodkorlik ishlari bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchidan, dunyo sivilizatsiyasi, 
ya’ni jamiyatning iqtisodiy-madaniy taraqqiyoti darajalari bilan, ayniqsa Markaziy Osiyo, Xitoy, Hindiston, 
Suriya, Eron davlatlari hududlarida yer osti suvlaridan foydalanish, u yoki bu turdagi inshootlarni qurish 
ishlarini olib borish tarixi bilan chambarchas bog‘liqdir. Ma’lumki, bundan 3 000—5 000 yillar avval ham 
mamlakatimiz hududidagi o‘sha davrlarda mavjud bo‘lgan davlatlar bilan Old Sharq davlatlari o‘rtasida 
munosabatlar mavjud bo‘lgan. Sug‘orish shoxobchalarini, kanallarni, maxsus sopol quvurlar yordamida yer 
osti suv uzatish qurilmalarini, qal’alarni, ibodatxonalarni, qasrlarni bunyod etishda o‘zaro tajriba 
almashilgan. Eramizgacha VI asrlarda mamlakatimiz hududida bir qancha yirik shaharlarning bo‘lganligi 
to‘g‘risida tarixiy ma’lumotlarda ko‘rsatilgan. Buxoro, Samarqand, Xiva, Toshkent shaharlarining bunyod 
etilganligi va bunyod etilish davri ham ana shu zamonlarga borib 
taqalishi bejiz emas. Bu davrlarda Qizilqum, Qoraqum sahrolarida 
maxsus qurilmaga ega bo‘lgan minglab yer osti suvi uchun 
6.3-rasm. Insonlar tomonidan 2000— 3000 yillar avval ixtiro qilingan tabiiy 
bo‘lmagan suv oqimini vujudga kelishini ta’minlaydigan maxsus qurilma sxemasi.
1. Issiq havo oqimiga to‘siq qilib joylashtirilgan xarsangtoshlar uyumi; 2. Issiq havo 
oqimi yo‘nalishi;
3. Sovigan havo oqimi yo‘nalishi; 4. Issiq havo oqimining sovishi jarayonida 
vujudga kelgan suv tomchilari harakati;
5. Suv tomchilarni yig‘ilishi natijasida vujudga kelgan suv oqimi.
qazilgan quduqlar mavjd bo‘lgan. Hatto ajdodlarimiz tabiiy suv 
hosil qilish, undan foydalanish yo‘llarini ham bilishgan. Maxsus 
1
Ekologiya grekcha so‘z bo‘lib, ekos — yashash joyi, uy muhit, logiya — fan ma’nosini anglatadi. Demak, ekologiya odamlar yashash muhiti 
to‘g‘risidagi fan. Geoekologiya — Yerning jonli mavjudotlar yashaydigan, shu jumladan insonlarning injenerlik va xo‘jalik faoliyat ko‘rsatadigan 
qismini o‘rganadi. Ekologiya atamasi birinchi marotaba 1869-yili nemis zoologi E. Gekkelp tomonidan, «Geoekologiya» atamasi esa 1939-yili K. 
Trol tomonidan ishlatilgan. «Ekologiya», «Geoekologiya», «Injenerlik geoekologiyasi» fanlari o‘zlarining o‘rganish obyektlari va uslublari bo‘yicha 
bir-biriga nihoyatda yaqin fanlardir. 

Geosfera deganda litosfera va gidrosferaning yuqorigi (3—5 km) va atmosferaning pastki (yer sathidan 10—15 
km) qismi va ana shu sferalardagi hayot kechiruvchi organik mavjudotlar majmuasi tushuniladi. 


8
«Suv yig‘ish» qurilmalari (2.3-rasm) hamda «karezlar»
1
bunyod etishgan. VIII—XI asrlar mamlakatimiz 
hududida yirik ilm-fan daholarining dunyoga kelish va faoliyat ko‘rsatish davri bo‘ldi. Bular Muhammad Ibn 
Muso al-Xorazmiy (780—847), Abu Rayhon Beruniy (973—1048), Abu Ali ibn Sino (980—1037), Ahmad 
Farg‘oniy (IX asr), Al-Forobiylar (873—950) edi. 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling