Gidrogeologiyasi fanining mazmuni va vazifalari
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
6-ма\'ruza (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Abu Ali ibn Sino
Abu Rayhon Beruniy (Xorazmning qadimgi poytaxti Kot shahrida tug‘ilib, G‘aznada vafot etadi) buyuk
ensiklopedist olim (2.4-rasm). Uning yozib qoldirgan asarlari o‘sha davrda mavjud fanlarning hamma sohalariga taalluqli bo‘lib, bularning ichida tabiiy fanlar, ayniqsa, geologiyaga oid fikr-g‘oyalari, asarlari butun olamga mashhurdir. 2 Bu borada uning «Hindiston», «Geodeziya», «Ma’danshunoslik» kabi qator asarlarini ko‘rsatish mumkin. Abu Rayhon Beruniy «Aholi yashaydigan yerlar orasidagi masofalarning oxirgi chegarasini aniqlash» degan asarida deydi: «... tosh va shag‘allar hamda zarrachalar turli kuch ta’siri bilan tog‘dan ajraladi: keyin ular uzoq vaqt davomida suv va shamol kuchi tufayli qirrasi sinib silliqlashadi hamda donachalar — qum va changlar paydo bo‘ladi. Agarda bu shag‘allar daryo o‘zanida to‘plansa, orasiga gil va qum kirib, butun bir xamirga aylanadi. Vaqtning o‘tishi bilan aralashgan narsalar suv tagiga ko‘milib ketadi. ...Agar biz ana shunday dumaloq toshlardan tashkil topgan tog‘larni uchratsak, ular albatta yuqorida yozganimizdek paydo bo‘lgan, desak bo‘ladi. Ular yer ustida yoki qatlamlar orasida uch- 1 Karez — ma’lum qiyalik bo‘ylab (0—50) yerning ostki qismida uzunligi bir necha kilometrga cho‘zilgan yer osti suv oqimi sistemasi (tizimi) — kanali bo‘lib, prof. A.S.Xasanov iborasi bilan aytadigan bo‘lsak, insonlar tomonidan bundan 2000-yillar avval ixtiro etilgan eng muhim gidrotexnik qurilmalardir. Bu qurilma suvni yer osti bo‘ylab uzoq masofalarga ifloslantirmay, bug‘latmay, sof, tabiiy haroratda yetkazilishini ta’minlagan. 2 Bu yerda shuni ham aytib o‘tish kerakki, bu davrgacha ham so‘zsiz geologiyaga oid yozma ishlar, fikrlar, g‘oyalar bo‘lgan, lekin O‘rta Osiyoga ketma-ket qilingan bosqinchilik, talonchilik, vayrongarchilik urushlari, ayniqsa grek-makedoniya hamda arab istilolari natijasida fan va madaniyatga oid ma’lumotlar yo‘q qilib yuborilgan yoki taraqqiy etishiga to‘sqinlik qilgan. Ma’lumki, O‘zbekistonning hamma yerida (tog‘ oldi balandliklarida, pasttekisliklarida) uzoq o‘tmishdan qolgan, ya’ni kishilar ekin ekish, sug‘orish ishlarini boshlagan davrdan qolgan, ariqlar, kanallar, hovuzlar yirik imoratlarning qoldiqlari, izlari mavjud. So‘zsiz ular bu ishlarni boshlash va boshlagandan keyingi davrlarda u yoki bu hududning tuproq qatlamlariga, ularning qurilishiga yaroqli-yaroqsiz ekanligi to‘g‘risida fikrlar yuritganlar, xulosalar chiqarganlar. 9 rashi mumkin. Bunday jarayon uzoq vaqt davom etadi va bizning tasavvurimizdan tashqaridagi doimiy o‘zgaishlar bilan bevosita bog‘langan holda yuz beradi». 9 Ko‘rinib turibdiki, Abu Rayhon Beruniy daryo vodiylarida tog‘ jins qatlamlarini, ularning yotish holatlarini, tarkibi, xossa va xususiyatlarini tahlil qilgan va to‘g‘ri xulosa chiqargan. Shu bilan birga qum, gil zarrachalarining uzoq geologik o‘tmish bilan tabiatdagi boshqa hodisa va jarayonlar bilan bog‘liq holda paydo bo‘lishini tushuntirib bergan. Yana: «...Dengiz o‘rni quruqlik, quruqlik o‘rni dengiz bilan almashadi, ...dengiz izi yotqiziqlarini quduq va hovuzlar qazilgan vaqtdagina qum ostidan topish mumkin. Shunga monand holat, ya’ni dengiz yotqiziqlariga tegishli baliq suzgichlarini saqlagan toshlar Jurjon va Xorazm o‘rtasidagi qumlar ostida ham uchrab turadi. Chunki bu yerda ham o‘z vaqtida ko‘l bo‘lgan» 10 deyishi bilan yerning ichki va tashqi qismida yuz beradigan hodisalar va bu hodisalar natijasida vujudga keladigan ko‘tarilish va pasayish (cho‘kish) jarayonlariga e’tibor bergan. Uning quduqlar, hovuzlar qaziganda yer qatlam jinslari tarkibining o‘zgarishiga bergan e’tibori va fikri keyinchalik yer qatlamlarini burg‘u quduqlari (skvajina) qazish yo‘li bilan o‘rganish mumkinligi haqidagi nazariyaning paydo bo‘lishiga sababchi bo‘lgan deyish mumkin. Abu Rayhon Beruniy yer qatlamlarini o‘rganish bilan shu qatlamlarni tashkil qilib yotgan minerallarini ham o‘rgangan, ularni sinflarga ajratgan, hajm og‘irliklarini aniqlanishning yangi usullarini taklif qilgan. Umuman, Abu Rayhon Beruniy o‘z zamonasining ilg‘or kishilardan juda ilgarilab ketgan. Hatto o‘sha vaqtdayoq u boshlagan va hal qilgan masalalar undan ancha keyin, ya’ni 500—800 yillar keyingina Yevropa va Osiyo olimlari tomonidan kashf qilingan yoki isbotlangan. Masalan, yerning harakati haqidagi uning fikrini polyak olimi Nikolay Kopernik undan 500 yil keyin, ya’ni XVI asrning birinchi yarmida aniqlagan va isbotlagan bo‘lsa, yer jins qatlamlari va ularning paydo bo‘lish haqidagi fikri esa XVIII asrda Yu. 6.5-rasm. Abu Ali ibn Sino Lomonosov tomonidan «Yer qat- (980—1037) lamlari» (1757—1759-yillar) va Ch. Lyayel tomonidan «Geologiya- ning asosiy boshlanishi» asarida (1830—1883) ilmiy ravishda asoslagan. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling