Gidrogeologiyasi fanining mazmuni va vazifalari


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/16
Sana23.10.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1717704
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
6-ма\'ruza (1)

Â.Ì. Ëóêüÿí÷èêîâ. Òåõìîãåììîå çàãðÿçìåìèå ãðñìòîâûõ âîä ìåóòåïðîäñêòàíè. Àâòîðåóåðàò äèð. ìà ðîèðêàìèå ñ‚. ðòåï. ê.ã.-í.ì. — Ì., 1986, 20 ð. 


19
etadi. Ularning boqiyligi, mustahkamligi ana shu tog‘ jinslarining tarkibiga, fizik-mexanik xossa va 
xususiyatlariga, mavjud tabiiy geologik va texnogen jarayon va hodisalarning vujudga kelish, rivojlanish 
qonuniyatlariga va sabablariga, xalq xo‘jaligi imorat va inshootlari qurilayotgan maydonning injener-
geologik sharoitiga bog‘liq. Bularning hammasini gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi fanlari 
o‘rganadi. Shuning uchun gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi fanlarini, ularning usul va uslublarini 
yaxshi bilish, amaliyotga to‘g‘ri tatbiq etish, xalq xo‘jaligi imorat va inshootlarini to‘g‘ri joylashtirishda 
va qurishda katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. 


20
Takrorlash uchun savollar 
1. Gidrogeologiya fanining asosiy vazifalari nimalardan iborat? 
2. Yer sferalaridagi suvlarning miqdori to‘g‘risida fikr yuriting. Yerning 
birinchi qobig‘idagi mavjud yer osti suvlarining miqdori qancha? 
3. Gidrogeologiya fani tarmoqlari va ularning vazifalari to‘g‘risida ma’lumot 
bering. 
4. Gidrogeologiyaning eng yangi tarmoqlaridan gidroekologiya tarmog‘ining 
uning boshqa tarmoqlaridan farqi nimada? 
5. Injenerlik geologiyasi fanining o‘rganish obyekti to‘g‘risida tushuncha 
bering. 
6. Injenerlik geologiyasi fanining asosiy vazifalari nimalardan iborat? 
7. Geologik jarayon va hodisalarni injener-geologik (texnogen) jarayon va 
hodisalardan farqi nimada? 
8. Injenerlik geologiyasi fanining asosiy tarmoqlari qaysilar? Ularning 
vazifalari nimalardan iborat? 
9. Gruntlar deganda nimani tushunasiz? 
10. «Ekologiya» va «Geoekologiya» so‘zlarining ma’nosi to‘g‘risida tushuncha 
bering. 
11. Yerning «Geosfera» qavati deganda nimani tushunasiz? 
12. Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi fanlarining rivojlanishi, vujudga 
kelishi va tarixiy manbalari to‘g‘rsisida tushuncha bering. 
13. Issiq, suvsiz hududlarda ajdodlarimiz tomonidan chuchuk suv oqimini 
vujudga keltirish maqsadida ixtiro etilgan maxsus qurilma to‘g‘risida o‘z 
fikringizni ayting. 
14. Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali ibn Sinolarning tog‘ jinslari, minerallar va 
tog‘larning paydo bo‘lish to‘g‘risidagi fikrlari nimalarga asoslangan? 
15. Yer yuzasining sxematik xaritasi Abu Rayhon Beruniydan keyin kim 
tomonidan berilgan? 
16. Nima uchun Amir Temur sulolasi hukmronlik qilgan yillarda bunyod etilgan 
imorat va inshootlarni qurgan ustalarni o‘sha davrning injenerlari, 
injenergeologlari va gidrogeologlari deb atash mumkin? 
17. 1500—1860-yillar mobaynida Osiyo va Yevropa davlatlarini, jumladan 
Rossiya tomonidan mamlakatimizning tabiiy sharoitiga, geologik tuzilishiga, 
yer osti va yer usti suvlarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarining sabablarini 
sharhlab bering. 
18. Mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlarida tayyorlangan birinchi diplomli 
geologlar guruhi qaysi yillarga to‘g‘ri keladi? Ular kimlar edi? 
19. Mamlakatimizda yuqori malakali injener-geolog, gidrogeolog mutaxassislar 
tayyorlab bergan va berayotgan oliy o‘quv yurtlari qaysilar? Ilmiy-tekshirish 
institutlari-chi? 


21
20. Nafaqat O‘zbekistonda, balki butun O‘rta Osiyo respublikalarida geologiya, 
gidrogeologiya, injenerlik geologiyasi fanlarining tashkil topishida va 
rivojlanishida, yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlab berilishida 
yetakchilik qilgan o‘zbek olimlari to‘g‘risida so‘zlab bering. 
21. Tabiiy muhit komponentlari nimalardan iborat? 
22. Tabiiy muhit komponentlarini biz nima uchun o‘rganamiz? 
23. Tabiiy muhit komponentlarini gidrogeologik va injener-geologik nuqtayi 
nazardan to‘g‘ri o‘rganmaslik va baholamaslik nimalarga olib keladi? 
24. Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi fanlarining xalq xo‘jaligi imorat va 
inshootlarini rejalashda, joylashtirishda va qurishdagi ahamiyati to‘g‘risida 
gapirib bering. 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling