Gidrogeologiyasi fanining mazmuni va vazifalari


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/16
Sana23.10.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1717704
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
6-ма\'ruza (1)

GIDROGEOLOGIYA 
VA 
INJENERLIK 
GEOLOGIYASI 
FANLARINING 
XALQ 
XO‘JALIGINI 
13
O‘zbekiston Respublikasi geologiya va mineral resurslar Davlat qo‘mitasiga qarashli «O‘zbekgidrogeologiya» birlashmasi tarkibida 
Mirzacho‘l (1956), Farg‘ona (1997), Orololdi (1960), Qarshi (1962) gidrogeologik ekspeditsiyalari va stansiyalar mavjud. Bu ekspeditsiyalarning 
asosiy vazifasi ana shu ekspeditsiyalar joylashgan hududlardagi mavjud yer osti suvlarning vujudga kelish va o‘zgarish rejimini, yerlarning 
meliorativ va sho‘rlanish holatini o‘rganish, ichimlik va sug‘orish maqsadida yer osti suv zaxiralarini qidirib topish, ularning tarkibi va xossa, 
xususiyatlarini o‘rganishdan iborat. 


16
RIVOJLANTIRISHDAGI AHAMIYATI
Odamlarning injenerlik va xo‘jalik faoliyatlari oqibatida tabiiy muhit komponentlari: yer sathining 
tuzilishi, tog‘ jinslari, yer osti va yer usti suvlari, tuproq va bu muhitda yashovchi organik mavjudotlar 
(o‘simlik va hayvonot dunyosi) nihoyatda sezilarli darajada o‘zgarib bormoqda
14

U yoki bu ko‘rinishdagi texnogen jarayonlar va hodisalar (zaxlash, botqoqlanish, sho‘rlanish, cho‘kish, 
surilish, qulash va h.k.) vujudga kelmoqda va rivojlanmoqda. 
Ma’lumki, planetamiz aholisi tezlik bilan o‘smoqda (2.10-rasm). Agar yer yuzida yashovchi aholining 
soni 1800-yilda 1 mlrd kishi bo‘lgan bo‘lsa, 1900-yilda 1,65 mlrd, 2000-yilda 6 mlrdga yaqin kishiga 
yetgan. Jumladan, respublikamizda 1957-yili 8,7 mln aholi yashagan bo‘lsa, 1997yilda 23 mln kishiga
15

2002-yilda esa 25 mln kishiga yetgan. Shu bilan birga aholi zich yashaydigan shaharlar soni ham oshib 
bormoqda. Agarda respublikamizda 1959-yilda 103 shahar mavjud bo‘lgan bo‘lsa, ularning soni 1996-
yilga kelib 120 taga yetgan. M. Yangiboyevning (1997) ma’lumotiga ko‘ra faqat Qashqadaryo 
viloyatidagina shaharlar soni bu vaqt mobaynida 6 tadan 17 taga, aholi soni esa 67 mingdan 483 mingga 
yetgan. 
Aholi sonining oshishi bilan, shaharlarning maydoni, imoratlarning qavatliligi, turli-tuman injenerlik 
inshootlar, ularning ishlash rejimi ham o‘zgargan. Sug‘orish va boshqa kommunikatsiya sistemalaridan 
noto‘g‘ri foydalanish oqibatida yer osti suvlarining sathi yildan yilga ko‘tarilib bormoqda. N. G‘. 
Mavlonov va I. B. Petruxinalarning yozishicha
16 
(2000), hozirgi kunda Toshkent shahrining 50 % hududi 
zaxlash jarayoniga uchragan. Bu yerlarda yer osti grunt suvlarining sathi yer yuzasidan 
3—5 metr chuqurlikda yotadi. Shayxontohur va Akmal Ikromov rayonlari maydonidagi yer osti grunt 
suvlarining sathi bundan 10 yillar avvalgi holatiga nisbatan (20—25 m) 7—15 metrga ko‘tarilgan. 
14
E. V. Qodirov, M. Sh. Shermatov va boshqalar. Tabiiy muhitni muhofazalashning geoekologik asoslari. — Toshkent, «O‘zbekiston», 
1999, 158-b. 
15
M. Yangiboyev. Tabiiy va iqtisodiy resurslardan foydalanishda ekologik masalalar. O‘zbekiston geografiya jamiyati axboroti, 18-tom, 2-
qism, 1997, 74—77-b. 
16
Ìàâëÿìîâ Í.Ã., Ïåòðñõèìà È.À. Ãåîýêîëîãè‚åðêèå ïðîáëåíû ã. Òàøêåìòà. Ïðîáëåíû èìæåìåðìîé ãåîëîãèè è îôåìêè ðåéðíè‚åðêîé îïàðìîðòè. 
Ìàòåðèàëû êîìóåðåìôèè ïîðâÿùåììîé 90-ëåòèþ àêàäåíèêà Ã.À. Ìàâëÿìîâà. — Òàøêåìò. ÃÃÏ «Óçáåêãèäðîãåîëîãèÿ», 2000, ð. 106—118. 


17
Yunusobod, Sobir Rahimov, Chilonzor tumanlari hududida yer osti grunt suvlarining sathi yiliga 0,12—
0,45 m ga ko‘tarilayotganligi kuzatilgan. 
Yer osti grunt suvlari sathining ko‘tarilishi o‘z navbatida shahar hududida tarqalgan lyoss va lyossimon 
jinslarning tarkibiga va fizikmexanik xususiyatlariga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. 1968-yilda Toshkent 
shahri hududida o‘tkazilgan injener-geologik tadqiqot ishlari natijalari bilan 2002-yilda o‘tkazilgan 
tekshirish natijalarini qiyoslaganda lyoss jinslarining qator xususiyatlari (cho‘kuvchanligi, namligi, 
mustahkamligi, zichligi va b.) o‘zgargan, jumladan, namligi o‘rtacha 15—18 % dan 20—25 % ga, 
zichligi 1,5 dan 1,80 g/sm
3
ga oshgan (2.11-rasm). 
Xalq xo‘jaligining hamma sohalarida suvdan foydalanish nihoyatda yomon ahvolda. Faqat qishloq 
xo‘jaligining o‘zida eng yaxshi suvning 48—50 % ishlatilayotganligi, bundan 25 % esa yo‘l-yo‘lakay 
sug‘orish, 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling