Gidrogeologiyasi fanining mazmuni va vazifalari
Regional injenerlik geologiyasi
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
6-ма\'ruza (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gruntshunoslik fani.
- Shaharlar injenerlik geologiyasi.
Regional injenerlik geologiyasi. Injenerlik geologiyasining bu tarmog‘i yirik regionlarning injenerlik-
geologik sharoitini vujudga kelish, rivojlanish va odamlar faoliyati natijasida o‘zgarish qonuniyatlarini o‘rganadi, bashorat qiladi. Ana shu regionlarning injener-geologik sharoitining o‘zgarishiga ta’sir etuvchi tabiiy geologik va texnogen omillarni aniqlaydi, mayda masshtabdagi (1:100 000 va bundan kichik) xaritalar tuzish uslublarini ishlab chiqadi va yaratadi. Bu tarmoq yordamida olingan ma’lumotlar xalq xo‘jaligi inshootlarini qurish joylarini oldindan aniqlashda va rejalashda katta ahamiyatga ega. 5 Injenerlik geodinamikasi fani Yerning ichki qismida (endogen) va uning ustki qismida sodir bo‘ladigan (ekzogen) geologik va texnogen (odamlarning xo‘jalik va injenerlik faoliyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan) jarayon va hodisalarning vujudga kelish, sodir bo‘lish, rivojlanish va barham topish qonuniyatlarini hamda sabablarini o‘rganadi. Ularni, ayniqsa ekzogen jarayon va hodisalarning zararli oqibatlarini kamaytirish, bartaraf etish va ma’lum vaqt mobaynida hudud maydoni uchun miqdoriy bashoratlash yo‘l-yo‘riqlari ustida ilmiy izlanishlar olib boradi, chora va tadbirlar ishlab chiqadi. Gruntshunoslik fani. Yerning ustki qobig‘i qatlamlarida vujudga keluvchi hamma jarayon va hodisalar, ana shu qatlamlarni tashkil etuvchi tog‘ jinslari — gruntlarga 1 bog‘liq holda sodir bo‘ladi, rivojlanadi va o‘zgaradi. Gruntlarning tarkibini, fizik va mexanik xossa va xususiyatlarini, ularning holati, vujudga kelish, o‘zgarish qonuniyatlari va masalalari bilan gruntshunoslik fani shug‘ullanadi. Shaharlar injenerlik geologiyasi. Shaharlar hududi o‘ziga xos tabiiy va texnogen omillarning mavjudligi bilan, bu omillarning bir-biriga bo‘lgan ta’sir darajasining nihoyatda yuqoriligi bilan xarakterlidir. Ma’lumki, hozirgi vaqtda shaharlar aholisi tez sur’atlar bilan o‘sib bormoqda. Sanoat va aholi yashaydigan binolar, har xil yer usti va yer osti injenerlik inshootlari (suv berish, gaz, kanalizatsiya tarmoqlari, ko‘priklar, yer osti o‘tish yo‘llari, metropoliten va b.) barpo etilmoqda. Bu inshootlarning hammasi shahar maydonida tarqalgan u yoki bu tog‘ jinslarining ustida yoki qatlamlari oralig‘ida qad ko‘tarmoqda, joylashtirilmoqda. Natijada yer osti suvlarining sathi ko‘tarilmoqda, tabiiy harakat yo‘nalishining buzilishiga, tog‘ jinslarining tabiiy holati, tarkibi, fizik va mexanik xususiyatlarining o‘zgarishiga, texnogen jarayon va hodisalarni (zaxlash, cho‘kish, sho‘rlanish, yuvilish, surilish va h.k.) sodir bo‘lishiga sababchi bo‘lmoqda. Shuning uchun shaharlar injenerlikgeologiyasining asosiy maqsadi shahar hududida tarqalgan tog‘ jinslarining, yer osti suvlarining tabiiy holatini va odamlarning xo‘jalik va injenerlik faoliyati oqibatida o‘zgarganlik darajalarini va vujudga 1 Gruntlar deganda yer qobig‘ining yuqorigi qatlamlarini tashkil etuvchi, qurilish materiali hamda imorat va inshootlarning zamini sifatida ishlatiladigan hamma tog‘ jinslari tushuniladi. 6 kelishi mumkin bo‘lgan texnogen jarayonlarning tarqalish va o‘zgarish qonuniyatlarini o‘rganadi, bu jarayonlardan qutulish yo‘l-yo‘riqlarini ishlab chiqadi va kerakli chora-tadbirlar belgilaydi. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling