3
sohalarida ishlatish jarayonida yuzaga keladigan kimyoviy, fizik va miqdoriy o‘zgarishlarni o‘rganadi,
baholaydi va bashoratlaydi;
Palegidrogeologiya. Gidrogeologiyaning bu tarmog‘i yer osti suvlarini Yer tarixiy
taraqqiyoti mobaynida
vujudga kelgan yer qobig‘i tog‘ jinslari qatlamlari hosil bo‘lish davri bilan bog‘lagan holda o‘rganadi, u yoki
bu yoshga ega bo‘lgan yer osti suvli qatlamlarini ajratadi, ularning paydo bo‘lish, o‘zgarish qonuniyatlarini
aniqlaydi;
Gidrogeoseysmologiya — yer osti suvlarining tarkibini, xossa va xususiyatlarini yer qimirlash hodisasining
tayyorlanish, vujudga kelish davri bilan bog‘liq holda o‘zgarishi qonuniyatlarini o‘rganadi. Bu tarmoq
asosan O‘zbekistonda 1966-yilgi Toshkent zilzilasidan keyin vujudga keldi. O‘zbekistonda va unga yondosh
hududlarda sodir bo‘lgan qator yer qimirlashlarni bashorat qilishga erishildi (G‘.O.
Mavlonov, A.N.
Sultonxo‘jayev va boshqalar);
Do'stlaringiz bilan baham: