Gidrogeologiyasi fanining mazmuni va vazifalari


Meliorativ gidrogeologiya


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/16
Sana23.10.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1717704
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
6-ма\'ruza (1)

Meliorativ gidrogeologiya tarmog‘ining asosiy maqsadi sug‘orilayotgan va yangi o‘zlashtirilayotgan 
maydonlardagi mavjud yer osti suvlarining vujudga kelishi, o‘zgarish qonuniyatlarini, fasllar, uzoq yillar 
mobaynidagi rejimini, ana shu yerlarda yer osti suvlari ta’sirida paydo bo‘layotgan botqoqlanish, sho‘rlanish 
va boshqa qator texnogen jarayonlarni, ulardan qutulish yo‘llarini, qishloq xo‘jaligi ekinlariga ko‘rsatadigan 
salbiy ta’sirini, yog‘ingarchilik kam bo‘lgan yillarda ulardan qishloq va xalq xo‘jaligida foydalanish 
yo‘llarini o‘rganadi. Bu fan O‘zbekistonda o‘zining 3 000 yildan uzoq tarixiga ega; 
Qazilma konlari gidrogeologiyasi — konlarning gidrogeologik sharoitini o‘rganish, yer osti suvlarining 
foydali qazilmalarni qazib olish ishlariga ko‘rsatadigan ta’sirini va unga qarshi chora-tadbirlarni ishlab 
chiqish hamda konlarni qazib olish, saralash jarayonida kerak bo‘ladigan yer osti suvlari miqdorini aniqlash, 
ichish maqsadlari uchun yaroqli ekanligi darajalarini baholash bilan shug‘ullanadi; 
Mineral suvlar gidrogeologiyasi — ma’lum kimyoviy va fizik tarkibi bilan shifobaxsh xussiyotga ega 
bo‘lgan yer osti suvlarining paydo bo‘lish, tarqalish, o‘zgarish qonuniyatlarini o‘rganadi. Shifobaxsh yer osti 
suvlari zaxiralarini aniqlaydi va ulardan xalq xo‘jaligida foydalanish yo‘llarini ishlab chiqadi; 
Gidrogeoekologiya — yer osti suvlarining sifati, tozaligi masalalari bilan, uni har xil kimyoviy, organik 
omillar ta’siri ostida o‘zgarishdan muhofazalash yo‘l-yo‘riqlari bilan shug‘ullanadi, kerakli chora-tadbirlar 
ishlab chiqadi. 
Injenerlik geologiyasi
1
fani. Bu fan yer qobig‘i qatlamlari — litosferaning eng yuqorigi odamzod 
yashaydigan va faoliyat ko‘rsatadigan qismini qurilish nuqtayi nazaridan, ya’ni u yoki bu imorat va inshoot 
quriladigan hududning injener-geologik sharoitni (geologik, yer usti sath tuzilishi, mavjud yer osti suvlari, 
ularning tarkibi, xossa va xususiyatlari, tog‘ jinslari tarkibi, xossa va xususiyatlari, geologik va texnogen 
jarayon va hodisalarni
23 
) vujudga kelish, rivojlanish, o‘zgarish qonuniyatlarini o‘rganadi, kerakli ilmiy va 
amaliy xulosalar chiqaradi. 
Bu fanning asosiy vazifasi ana shu yer qobig‘i qatlamlarida uzoq geologik davrlar mobaynida yuz bergan va 
hozirgi vaqtda yuz berayotgan tabiiy geologik va tabiiy bo‘lmagan injener-geologik (texnogen) jarayon va 
hodisalarni o‘rganishdir. Bu jarayon va hodisalarni bundan keyingi davrlarda, ya’ni shu hududda u yoki bu 
inshoot qurilib bitkazilgandan, ishga tushirilgandan keyin yuz beradigan hodisalarning qay darajada sodir 
bo‘lishini oldindan aytib berishdan, kerakli chora-tadbirlar belgilashdan iborat. 
1
«Injenerlik geologiyasi» so‘zi birinchi marotaba N. Ries va T. Watsenlar tomonidan 1915-yili ularni shu nomli asarida qo‘llanilganligi taxmin 
qilinadi (P. N. Panyukov, 1978). 
2
Geologik jarayon va hodisalarga tektonik zilzila, nurash, surilish, cho‘kish, qulash, g‘orlarning paydo bo‘lishi, sel hodisalari hamda shamol va 
dengiz to‘lqinlari natijasida vujudga keladigan jarayon va hodisalar kiradi. Bu jarayon va hodisalardan ko‘pchiligi kishilarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
ishtiroki bilan, ularning xo‘jalik va injenerlik faoliyatlar bilan vujudga kelishi, o‘zgarishi ham mumkin. Bunday holatlarda ularni injener geologik 
yoki texnogen jarayon va hodisalar deb yuritiladi. 
3
M.Sh. Shermatov 


4
Har qanday inshoot, ya’ni sanoat, kishilar yashaydigan binolardan tortib temir yo‘l, avtomobil trassalari, 
gidrotexnik inshootlar — to‘g‘onlar, suv omborlari, ko‘priklar, aerodromlar qurilishi kerak bo‘lgan joy 
oldindan o‘rganiladi. Geologik, geomorfologik tuzilishi, gidrogeologik, tektonik sharoiti to‘g‘risida mavjud 
ma’lumotlar to‘planadi va har tomonlama tahlil qilinadi. Shundan keyingina u yoki bu maydonda u yoki bu 
tipdagi inshoot qurish mumkin, degan taxminiy ko‘rsatma beriladi. So‘ngra ana shu taxminga mo‘ljallangan 
joyda keng ko‘lamdagi injener-geologik tekshirish ishlari boshlab yuboriladi. Avvalgi taxmin qilingan 
xulosalar tekshiriladi va ana shu taxminiy xulosalar tekshirish natijalari bilan tasdiqlangan joyda imorat va 
inshoot qurish mumkin yoki mumkin emasligi to‘g‘risida yagona haqiqiy ko‘rsatma beriladi. Agar qurilish 
ishlari boshlab yuborilsa, ana shu hududda doimiy (statsionar) kuzatish, tekshirish ishlari olib borilaveradi. 
Chunki har qanday inshoot qad ko‘targan joyning avvalgi tabiiy holati shu inshoot qad ko‘tarishi jarayonida 
va qurilib bo‘lgandan keyin u yoki bu darajada o‘zgaradi. Ko‘pincha yer osti suvi sathining ko‘tarilishiga, 
cho‘kish hodisasining sodir bo‘lishiga va rivojlanishiga, tog‘ jins qatlamlarining o‘pirilishiga,yorilishiga, 
surilishiga, qulashiga yoki suv omborlari qurilayotgan bo‘lsa, yer osti bo‘shliqlari, jins kovaklari bo‘ylab 
sizib singib ketishi kabi hodisalar yuz berishi mumkin. Tarixda bunday hodisalar bo‘lganligi to‘g‘risida juda 
ko‘p ma’lumotlar mavjud. Masalan, Amerikadagi Xele-Bar, Ispaniyadagi Mariya-Kristana, Monte-Xake 
kabi yirik to‘g‘onlar ishdan chiqqan yoki butunlay vayron bo‘lib ketgan. 
Shunday qilib, injenerlik geologiyasi fanining o‘rganish obyekti nihoyatda keng. Tekshirish ishlarini olib 
borishda geologiya, tektonika, gidrogeologiya, geofizika, geomorfologiya, kimyo, fizika va matematika 
fanlarining usul va uslublaridan keng foydalanadi. 
Injenerlik geologiyasi fani o‘zining yechadigan masalalariga va vazifalariga qarab quyidagi yo‘nalishdagi 
tarmoqlarga bo‘linadi (2.2rasm): regional injenerlik geologiyasi, injenerlik geodinamikasi, gruntshunoslik, 
shaharlar injenerlik geologiyasi, qazilma konlar injenerlik geologiyasi, lyossshunoslik, injenerlik 
seysmogeologiyasi, injenerlik geoekologiyasi va b. 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling