Gidrogeologiyasi fanining mazmuni va vazifalari
Injenerlik seysmogeologiyasi
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
6-ма\'ruza (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Meliorativ injenerlik geologiyasi
Injenerlik seysmogeologiyasi. Bu fan injenerlik geologiyasi va seysmologiya fanlari oralig‘ida vujudga
kelgan bo‘lib, u yoki bu imorat va inshootlari qurilgan va qurilishi kerak bo‘lgan hududni injenergeologik va injener-seysmologik nuqtayi nazardan o‘rganadi. Mukammal va mikro-seysmik rayonlashtirish asoslarini yaratadi. «Injener-geologik asoslari» deganda imorat va inshootlar qurilgan va qurilishi kerak bo‘lgan hududda sodir bo‘lgan yer qimirlash kuchining o‘zgarishiga va oshishiga ta’sir etuvchi omillar, ya’ni shu hududning geologik tuzilishi, tog‘ jinslari, ularning xossa va xususiyatlari, yer osti suvlari, yer sath tuzilishi, mavjud geologik va odamlarning xo‘jalik faoliyatlari oqibatida vujudga kelgan va kelishi mumkin bo‘lgan jarayon va hodisalar, ana shu omillarni o‘rganish natijasida olingan ma’lumotlar majmuasi tushuniladi. Meliorativ injenerlik geologiyasi Respublikamizning sug‘orilayotgan va sug‘orishga tayyorlanayotgan maydonlarining injener-geologik sharoitini, sug‘orish tarmoqlarini qurish va ana shu sug‘orish tarmoqlari orqali suv tarqatish jarayonida o‘zgarish qonuniyatlari, yer osti suvlari sathlarining ko‘tarilishi bilan bog‘liq holda vujudga kelgan zaxlash, botqoqlanish, sho‘rlanish jarayon va hodisalarini o‘rganadi va bashorat qiladi, qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligiga bo‘lgan ta’sir darajalarini aniqlaydi. Kerakli chora-tadbirlar ishlab 1 Lyoss (Loss) so‘zi xalqaro atama bo‘lib, u birinchi marotaba 1823-yili geologiyaga oid nemis adabiyotlarida K.G.Leonard tomonidan qo‘llanilgan. Lyoss bo‘shoqligi, serg‘ovakligi, suv ta’sirida o‘z og‘irligi va qo‘shimcha bosim ostida juda tez cho‘kuvchanligi, o‘ziga xos tarkibi bilan boshqa tog‘ jinslaridan tubdan farq qiladi. Uni nemislar («Loss», fransuzlar «Loss», ruslar (Lyoss), o‘zbeklar «Sog‘ tuproq (lyoss)» nomi bilan atashadi. Agar lyoss jinsi o‘z bo‘shoqligini, g‘ovakligini va cho‘kuvchanlik xususiyatlarini yo‘qotgan bo‘lsa «Lyossimon» jins deb ataladi. 7 chiqadi. Bu fan gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi oralig‘ida paydo bo‘lgan bo‘lib, gidrogeologiya fanining «Meliorativ gidrogeologiya» tarmog‘i bilan chambarchas bog‘langan holda ish olib boradi. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling