Men+…OH2…OH2 ⇄ [Me—ОН](n-1)+ + H3O+
Metall ionining zaryadi kattalashib, radiusi kamayib borgan sari uning suv molekulasini qutblashi kuchaya boradi va yuqorida keltirilgan muvozanat o‘ng tomonga siljishi osonlashadi.
Malum bo’lgan kationlar shu nuqtayi nazardan ikki guruhga bo’linadi:
a) kation va suv molekulasi orasidagi jarayonda suv molekulasi o ‘zgarmay qoladi. Bunday hol dissotsilanish darajasi a→ 1 bo’lgan kuchli asoslar — ishqorlar uchun xos bo’lib, ishqoriy va ishqoriy-yer metallar kationlari gidroliz jarayonida qatnashmaydi.
b) kationning zaryadi ortib borishi va radiusi kichiklashib borishi bilan yuqoridagi muvozanat o‘ng tomonga siljishi kuzatiladi va eritmada H+ konsentratsiyasi ortib boradi. Bunday kationlar, odatda, kuchsiz asoslar hosil qiladi va ularning tuzlari gidrolitik jarayonda qatnashadi. Masalan, MgCI2 ning gidrolizini quyidagicha ifodalanadi:
MgCl2 + 2 H2O ⇄ Mg(OH)2 + 2 HCl
yoki jarayonning ionli tenglamasi:
Mg+ + 2Cl– + H2O ⇄ Mg(OH)+ + H+ + 2Cl–
yoki uning qisqartirilgan ifodasi:
Mg+ + H2O ⇄ Mg(OH)+ + H+
bo‘ladi.
Tuz hosil qilgan asos qanchalik kuchsiz bo‘lsa, gidroliz shunchalik chuqurlashadi, ya’ni muvozanat o ‘ng tomonga shuncha siljigan bo‘ladi. Suvda erigan tuzlarning kationlari gidratlangan holatini hisobga olib tuzilgan tenglamaning ko‘rinishi quyidagicha bo‘lishi kerak:
[Mg(H2O)6]2++ 2C1– + H2O ⇄ [Mg(OH)(H2O)5]+ + Cl – + H3O+ + Cl–
yoki
Do'stlaringiz bilan baham: |