Gidroliz Kuchsiz asos va kuchli kislotadan hosil bo’lgan tuz


Kuchsiz asos va kuchli kislotadan hosil bo’lgan tuz


Download 83.87 Kb.
bet2/8
Sana03.12.2023
Hajmi83.87 Kb.
#1800331
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
TUZLARNING GEDROLIZIGA TA

1. Kuchsiz asos va kuchli kislotadan hosil bo’lgan tuz. Bunga misol qilib NH4Cl ni olamiz, u suvda NH4+ va Cl- ionlariga dissotsilanadi. Bu tuzning gidrolizlanishini quyidagicha ifodalash mumkin.
NH4Cl ↔ NH4OH + HСl
Yoki ionli ko’rinishda
NH4+ + H2O ↔ NH4OH + H+
NH4+ ionlari suvning OH- ionlari bilan birikib, kam ionlanuvchi ammoniy gidroksid hosil qiladi. Cl- ionlari suvning H+ ionlari bilan birikmaydi, chunki xlorid kislota kuchli elektrolit. Natijada eritmadagi H+ ionlarining konsentratsiyasi OH- ionlarining konsentratsiyasidan ortib ketadi. Bunday eritma kislota xossalariga ega bo’ladi; uning pHi 7 dan kichik. Masalan, NH4Cl 0,1 M eritmasining pHi 5,3 ga teng.
Demak kuchli kislota va kuchsiz asosdan hosil bo’lgan tuzlar; kation bo’yicha gidrolizga uchraydi, muhit kislotali bo’ladi. pHi
M; Fe(NO3)2, Fe(NO3)3, Al2(SO4)3, (NH4)2SO4, NH4Cl, ZnCl2 va boshqa tuzlar.
Kuchli kislota va kuchsiz ikki yoki ko’p atomli asosdan hosil bo’lgan tuz bosqich bilan gidrolizlanadi. Masalan, alyuminiy xlorid suvda eritilganda, tuz birinchi bosqichda quyidagicha gidrolizlanadi.
AlCl3 + H2O ↔ Al(OH)Cl2 + HCl
Yoki ionli ko’rinishda
Al3+ + H2O ↔ AlOH2+ + H+
Eritma juda suyutirilganda, gidroliz qisman ikkinchi bosqichda borib, Al(OH)2Cl hosil qiladi.
Al(OH)Сl2 + H2O ↔ Al(OH)2Cl + HCl
Yoki ionli shaklda
Al(OH)2+ + H2O ↔ Al(OH)2+ + H+
Uchunchi bosqichda eritmada protsessning chapdan o’nga borishi uchun yordam beradigan vodorod ionlari miqdori ko’payib ketganligi uchun bu bosqichda gidrolizlanmaydi va alyuminiy gidroksid hosil bo’lmaydi.



Download 83.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling