Gigiyena. Harbiy gigiyena. Tibbiy ekologiya
Download 0.7 Mb.
|
Gigiena Loyiha matireallash ochiq dars 2023 (2)
Qishloq xo’jaligiga doir korxonalar uchun:
1000m li zona parrandachilik fabrikalari, 500m li zona cho’chqachilik fermalari, 300m li zona qora mollar uchun fermalar, 100m li zona otxonalar, garajlar va texnik xizmat bo’yicha parklar, 50 m li zona qishloq xo`jalik mahsulotlari saqlanadigan omborxonalar uchundir. Kanalizatsiyaga doir chiqindi suvlarini tozalash korxonalarining quvvati 0,2 ming m3dan 50-500000 m3 gacha suvni kun davomida tozalash quvvatiga ega bo’lsin. Himoya-zonasi 150-400m atrofida va chiqindi suvlarini mexanik tozalash inshootlari bo’lgan korxonalar uchun 200-1000m gacha qilib beriladi. To’g’ri rejalashtirilgan va jihozlangan davolash-profilaktika muassasasi davolovchi-himoyalovchi tartibni ta’minlashda, kasalxona ichi kasalliklarining oldini olishda va tibbiy xodimlar uchun mehnat qilishlari uchun yaxshi sharoitlar yaratishda muhim sharoit hisoblanadi. Shuning uchun ham umumiy amaliyot shifokori DPM rejalashtirishi, qurilishi va jihozlanishi uchun qo’yiladigan asosiy gigiyenik talablarni bilishlari va bu talablarning bajarilishini muassasalarni loyihalashtirish bosqichida baholay olishlari kerak. Zamonaviy kasalxonalar loyihalashtirish murakkab bo’lgan ob’ektlarga kiradi, chunki u o’zida ko’p komponentlik injenerlik kompleksini mujassamlashtirgan bo’lib, u davolash, davolash-tashhis bo’limlari, hamda ma’muriy va xo’jalik-maishiy ahamiyatga molik bo’lgan bo’limlardan tashkil topgan. Kasalxona hududi quyidagi zonalarga ajratilgan bo’lishi kerak: yuqumli va yuqumli bo’lmagan kasalliklarni (pediatriya, psixosomatik, teri-tanosil, radiologik korpuslar, tug’ruqxonalar) davolash korpuslari, bog’-rog’, poliklinika, apteka, laboratoriya, markaziy sterilizatsiya bo’limi, patologoanatomik korpus, xo’jalik va injenerlik inshootlari. Ko’p tarmoqli kasalxonalar bilan bir qatorda maxsus ixtisoslashtirilgan kasalxonalar ham mavjud; psixiatrik, yuqumlik kasalliklar, bolalar, silga qarshi, oftalmologik, onkologik, radiologik, akusher-ginekologik. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling