Gigiyena. Harbiy gigiyena. Tibbiy ekologiya


Download 0.7 Mb.
bet5/13
Sana25.04.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1396728
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Gigiena Loyiha matireallash ochiq dars 2023 (2)

Loyihalarning asosiy materiallari bo’lib quyidagilar xizmat qiladi:

  1. tushuntirish xati

  2. situatsion reja

  3. bosh reja

  4. fasad va bino kesmalarining eskiz rejalari.

Ko’rsatib o’tilgan materiallarning mazmunini diqqat qilib o’rganilgandan keyin, hamda qurilish uchun ajratilgan yer maydonini joyida ko’zdan kechirgandan so’ng uning sanitariya qoidalari va me’yorlariga muvofiq ekanligi haqida xulosa beradi.
Rasmiy hujjat bo’lib – qurilish me’yorlari va qoidalari (QMQ), sanitar qoidalari va me’yorlari, shaharlarni qurish va rejalashtirish me’yorlari, sanoat korxonalarini loyihalashtirishning sanitar qoidalari (SN-24, SN-63) hisoblanadi.
Tushuntirish xati - bo’lajak ob’ektning vazifasi, o’rnashadigan joyi, qurilish uchastkasi va unga yondosh bo’lgan joylarnnig sanitar tavsifi ifodalanib, loyihalashtirilgan xonalarning hajmi va o`lchamlarini asoslab berish nuqtai- nazaridan binoning ayrim elementlariga harakteristika, sanitar-texnik jihozlar haqida ma’lumotlar va quriladigan binoning iqlim sharoitlariga muvofiq ekanligi yoritiladi. Tushuntirish xati bilan loyiha chizmalarini o’rganish jarayonida tanishib boriladi.
Situatsion reja – qurilish uchastkasi va loyihalashtirilgan binoning aholi yashash punktiga nisbatan joylashishi ta’riflanadi, yoki quriladigan ob’ektnnig aholi yashash joyidagi boshqa mavjud ob’ektlarga nisbatan joylashishi tasvirlanadi (3.2.1-rasm). Buni buni baholanishidan asosiy maqsad shundan iboratki, kelajakda shu ob’ekt tomonidan atrof muhitga chiqarilishi mumkin bo’lgan chiqindilarni aholi salomatligiga nomuvofiq ta’sir etshini oldini olish hisoblanadi.





3.2.1-rasm. Situatsion reja
Bosh reja – qurilish uchaskasining o`lchami, konfiguratsiyasi, zonalarga bo’linishi, yo’laqlarning ifodasi, territoriyaning obodonlashtirilishi, qurilishning harakteri, shahar ko’chalari bilan aloqasi haqidagi tushunchani beradi (3.2.2-rasm).



Eksplikatsiya:

  1. qabul bo’limi.

  2. poliklinika;

  3. davolash korpusi(terapevtik, jarrohlik, kardiologiya bo’limlar) 4.yuqumli kasalliklar bo’limi;

  1. laborator-diagnostik bo’limi;

  2. qozonxona;

7 patomorfologik korpus;

  1. xo`jalik korpusi;

  2. fontan





Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling