Zamonaviy kasalxona - davolash muassasalari majmuasi bo’lib, quyidagi xususiyatlari bilan ta’riflanadi:
1. Bemorlar uchun eng muvofiq sharoitlarni yaratish (davolash-himoyalash tartibi)
2. Kasalxona ichi infektsiyalarining oldini olish.
Kasalxona atrofidagi aholining xavfsizligini ta’minlash.
Tibbiy xodimlar uchun ham eng muvofiq mehnat sharoitlarini yaratish.
Bundan tashqari kasalxona aholiga gigiyenik tarbiyalash maktabi bo’lib xizmat ko’rsatishi va tibbiy xodimlarning malakalarini oshirish uchun imkoniyatlarni nazarda tutishi kerak.
Davolovchi-himoyalovchi tartib - bu bemorlarni sifatli davolash uchun eng maqbul shart-sharoitlarni ta’minlash va ularni tashqi omillarning nomuvofiq ta’siridan himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidir.
Kasalxona yoki har qanday davolash-profilaktika muassasalaridagi davolovchi-himoyalovchi tartib faqatgina bemorlarga sifatli tashhis va davolash uchungina qaratilgan bo’lmay, balki ularni atrof-muhitning nomuvofiq ta’sirlaridan himoya qilishga ham qaratilgandir.
Shu munosabat bilan davolovchi-himoyalovchi tartibning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Organizmning himoya va kompensator xususiyatlarini safarbar qilishga qaratilgan eng muvofiq shart-sharoitlarni yaratish va tashqi muhitning nomuvofiq omillarni bartaraf qilish.
Har bir bemor uchun alohida davolash va tartibni belgilash va uning bajarilishini nazorat qilish.
Psixoprofilaktik va psixoterapevtik ishlar olib borish.
Sanitariya va epidemiyaga qarshi tartib – davolovchi-himoyalovchi tartibning bir bo’lagi bo’lib, DPM bemorlarni joylashtirish uchun eng muvofiq sharoitlarni ta’minlash, xodimlar uchun muvofiq bo’lgan ish sharoitlarini yaratish, kasalxona sharoiti holatini belgilovchi kasalxona qurilishi xususiyatlarini, binoning moddiy- texnika holati, yumshoq va qattiq inventarlar bilan jihozlanishi, dori-darmon,tibbiy-uskunalar bilan ta’minlanganlik darajasi, mikroiqlim va sanitar obodonlashtirilganligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |