Gigiyena. Harbiy gigiyena. Tibbiy ekologiya


Download 0.7 Mb.
bet6/13
Sana25.04.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1396728
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Gigiena Loyiha matireallash ochiq dars 2023 (2)

3.2.2- rasm. Bosh reja
Qavatlar bo’yicha reja – alohida bo’lgan xonalarning joylashtirganligi va shamollatilishi, kirish joylarining ishlanishi, yordamchi xonalarning joylashtirganligi, hojatxonalarning joylashishi, jihozlanganligi kabilar ko’rsatiladi.
Binoning fasad rejasi – va binoning kesmalari binoning ko’rinishini aniqlab beradi, ikkinchidan binodagi verandalar, quyosh nurini to’suvchi moslamalar, bino poydevorining chuqurligi, derazalarning balandligi va konfiguratsiyasi, zinalarning nishabligi, ularning kengligi, chordoqlarning balandligi va ularga chiqish yo’llari ifodalanadi.
Kasalxonalarnng qurilishi va ularni tashkil qilishda davolovchi- himoyalovchi tartib uchun eng muvofiq sharoitlarni yaratishni ta’minlash kerak bo’ladi.
Kasalxonalarni joylashtirish uchun eng yaxshi sharoit aholi yashash joylarining chetrog’idan tanlanganda yaratiladi. Ammo, shahar ichidagi kvartal ya’ni iloji boricha bir kvartalnnig o’zi shifoxona uchun ajratilgan bo’lsa va bu joy yashil o’simliklarga boy bo’lsa maqsadga juda muvofiq tushgan bo’ladi. Har qanday holda ham kasalxona uchun keladigan yo’llar iloji boricha qulay, keng bo’lmog’i lozim.
Ixtisoslashtirilgan 1000 ta o’ringa mo’ljallangan bemor uzoq muddat davomida davolanadigan kasalxonalar, maxsus tartibga ega bo’lgan (ruhiy, yuqumli, sil, onkologik, teri-tanosil kasalliklar kasalxonalari shahar cherlarida yoki yashil zonada aholi yashash joylaridan 500m uzoqlikda qurish maqsadga muovfiqdir.
Kasalxona uchastkasi shovqin tarqatuvchi, atrof muhitni ifloslovchi manbalardan uzoqroqda bo’lishi, sanoat korxonalari, transport qatnovi jadal bo’lgan yirik shox ko’chalar, shovqin beruvchi sport inshootlari, chiqindi suvlarini tozalash inshootlariga doir kommunal ob’ektlar, jamoa va davlat xo’jaliklariga doir ishlab chiqarish zonalaridan uzoqda ya’ni sanitar-himoya zonasi talablariga rioya qilgan holda qurish talab etiladi. Qurilish uchastkasini tanlashda shu joyning shamollar guliga rioya qilishini lozim.
Korxonalarning sanitar tasnifi va sanitar-himoya zonalarining razmeri SN- 245-71 da batafsil bayon qilingan.
Murakkab efirlar, su’niy teri, rangli metallar bilan ishlanadigan korxonalar uchun sanitar-himoya zonasi 500m atrofida tashkil etiladi. 300m. atrofida tashkil etiladigan sanitar-himoya zonalari – cho’yan eritish, yog’och mahsulotlari, jun mahsulotlarini, yog’ochdan olinadigan mahsulotlarni jipslashtirish uchun sintetik smolalardan foydalanadigan korxonalar uchun ajratiladi.
100m sanitar-himoya zonalari metallarga ishlov berish sanoati, issiq sexlarga ega bo’lgan korxonalar bo’yash va oqlash sexlariga ega bo’lgan to’qimachilik korxonalari uchun ajratiladi.
50m li sanitar-himoya zonasi eritish sexlari bo’lmagan metallga ishlov berish korxonalariga xosdir.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling