MASHG‘ULOTNI REJALASHTIRISH
Mashg‘ulotni rejalashtirish gimnastikachiga o‘rgatilishi kerak deb aniqlangan konkret elementlarni o‘z ichiga oladi; shu elementlar bilan bog‘liq yordamchi mashqlar, kombinatsiyalar, vazifalarni ishlab chiqish; nihoyat munosib mashg‘ulotni tashkil qilish. Egiluvchanlikni namoyon qilish, mashg‘ulot rejasiga ega bo‘lishdek muhimdir. Agar gimnastikachiga biror bir mashq qiyinchilik to‘g‘dirsa, umumiy jadvalni o‘zgartirib bo‘lsa ham, uning mashg‘ulotiga qo‘shimcha vaqt ajrating. Xullas, agar o‘quvchilar asosiy elementlarni o‘zlashtira olmasa, ular murakkabroq elementlarni to‘g‘ri va xavfsiz bajara olmaydi.
Har bir mashg‘ulot uchun shunday mashq tanglangki, u rivojlanishning uchta asosiy sohaga ta’sir qilsin: psixomotor (jismoniy), affektiv (ijtimoiy, emotsional) va kongnitiv (aqliy). Gimnastikachilarning malakasini oshirishda har bir rivojlanish sohalardagi imkoniyatlardan foydalaning.
MURABBIYGA MASLAHAT. Mashg‘ulotga rivojlanishning affektiv va kognitiv ko‘nikmalarini kiritish uchun, yangi elementlar va kombinatsiyalar, harakat turlarini yoki o‘qish va o‘rgatishning noyob vositalarini yaratish, jihozlari komplektini o‘zgartirish usullarini kiritish kerak. Bunday yangi elementlar kiritilganda sportchilarning gimnastik zahiralari to‘ladi va yangi vazifani bajara olganligini xis qiladi.
Mashg‘ulot shunday tashkil qilinishi kerakki, maksimal vaqt vazifani bajarish va uning muvaffaqiyatiga sarflansin. Mashg‘ulot vaqtida gimnastikachilarni band bo‘lishini ta’minlang. Ular ko‘proq narsa bilib oladi, ko‘proq zavq oladi va o‘zlarini yaxshi tutadi. Har bir mashg‘ulot uchun chiqishlar maqsadini aniqlash va bunday maqsadlarga erishishga yordam berish uchun unga turli-tuman faoliyat turlarini kiritish foydalidir. Mashg‘ulotni rejalashtirganda gimnastikachini o‘rgatish usullarini e’tiborga oling va barcha qatnashchilar uchun optimal bo‘lishi uchun uning uslublarini variantlashtiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |