Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash bo‘yicha texnik talablar to‘G‘risida nizomni tasdiqlash haqida


Download 29.52 Kb.
bet1/7
Sana13.04.2023
Hajmi29.52 Kb.
#1355449
  1   2   3   4   5   6   7

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGINING
QARORI
GIYOHVANDLIK VOSITALARI, PSIXOTROP MODDALAR VA PREKURSORLARNI SAQLASH BO‘YICHA TEXNIK TALABLAR TO‘G‘RISIDA NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2001-yil 11-iyulda 1048-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risida” 2003-yil 16-iyuldagi 315-sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligi qaror qiladi:
1. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash bo‘yicha texnik talablar to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatga olingan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin amalga kiritilsin.
3. Tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha Bosh boshqarma boshliqlari, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Sanitariya-epidemiologiya nazorati bo‘yicha departamenti, O‘zbekiston Respublikasi “Dori darmon” DAU, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash va ichki ishlar vazirlari, viloyatlardagi sog‘liqni saqlash va ichki ishlar boshqarmalari, Toshkent shahar sog‘liqni saqlash va ichki ishlar bosh boshqarmalari boshliqlari 2001-yil 1-avgustgacha bo‘lgan muddatda tegishli xizmatlar tomonidan hisobot qabul qilgan holda ushbu Nizomning o‘rganilishini tashkil etsin.
4. Sobiq SSSR IIVning 1973-yil 27-apreldagi 76-sonli buyrug‘i O‘zbekiston Respublikasi hududida tatbiq etilmasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 2-aprelda 690-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan Dorixona muassasalarida giyohvand va zaharli moddalar saqlagan dori vositalarini saqlash, qo‘riqlash va yong‘indan xabar beruvchi texnika vositalari bilan jihozlashga doir namunaviy talabnomaning narkotik vositalarga oid qismlari amalda emas deb hisoblansin.
Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari D.A. Asadov va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari B.R. Parpiyev zimmasiga yuklansin.

Download 29.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling