Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash bo‘yicha texnik talablar to‘G‘risida nizomni tasdiqlash haqida


VII. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash xonalarini qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiya moslamalari bilan jihozlashga doir talablar


Download 29.52 Kb.
bet7/7
Sana13.04.2023
Hajmi29.52 Kb.
#1355449
1   2   3   4   5   6   7
VII. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash xonalarini qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiya moslamalari bilan jihozlashga doir talablar
31. Qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiya moslamalari (QYOTM) quyidagi maqsadlarda o‘rnatiladi:
qo‘riqlanadigan zona chegaralarini begona kishilar tomonidan buzish holatlari yuz berganda ogohlantirish yo‘li bilan qo‘riqlashni kuchaytirish (qo‘riqlash signalizatsiyasi);
yong‘in sodir bo‘lgan hollarda yong‘in o‘chog‘ini tezda aniqlab, xabar berish (yong‘in signalizatsiyasi);
xavfli holatlar ro‘y bergan hollarda hududiy ichki ishlar organlarini tezda xabardor etish.
32. Xavfni bildiruvchi signal yetib kelganda tashkilot qorovulining (qorovullik xizmatining) xatti-harakatlari hududiy ichki ishlar organi bilan kelishilgan holda yuridik shaxs rahbari tomonidan tasdiqlangan Yo‘riqnoma bilan tartibga solinadi.
33. QYOTM kompleksini loyihalashtirish, montaj qilish, ta’mirlash (sozlash) va texnik xizmat ko‘rsatish ishlari faqatgina ushbu faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan berilgan litsenziyaga ega bo‘lgan maxsus tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
34. QYOTM ning texnik hujjatlari, uni o‘rnatish va ekspluatatsiya qilishga oid yozishmalar xizmat doirasida qo‘llashga mo‘ljallangan bo‘lib, “XDFU” grifi bo‘lishi kerak.
35. QYOTM ni o‘rnatishda bajariladigan qurilish-montaj va ishga tushirish ishlari O‘zbekiston Respublikasining amalda bo‘lgan qurilish me’yorlari va qoidalari (SNiP) hamda boshqa me’yoriy hujjatlari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
36. Birinchi toifali obyektlar mazkur Nizomning 39 — 41-bandlariga muvofiq ikkita — tashqi va ichki hududlarga (chegaralarga) ega bo‘lgan qo‘riqlash tizimi, shuningdek, yong‘in signalizatsiyasi bilan jihozlanishi kerak.
37. Ikkinchi toifali obyektlar mazkur Nizomning 40-41-bandlariga muvofiq qo‘riqlash signalizatsiyamning ichki hududiga (chegarasi) ega bo‘lgan qo‘riqlash tizimi hamda yong‘in signalizatsiyasi bilan jihozlanishi kerak.
38. Uchinchi toifali obyektlar mazkur Nizomning 40-bandiga muvofiq qo‘riqlash signalizatsiyasining ichki hududiga (chegarasi) ega bo‘lgan qo‘riqlash tizimi bilan jihozlanishi kerak.
39. Tashqi hududdagi himoyaning birinchi tizimi obyekt hududi atrofida yaxlit himoya zonasi ko‘rinishida binoning tashqi devoridan 5 m dan kam bo‘lmagan masofada yoki yer sathidan yuqorida joylashgan binolarda-yuqorida, yoki yer sathidan chuqurlikda joylashgan binolarda chuqurlik chetidan o‘rnatiladi. Bino atrofidagi himoya zonasi uzluksiz bo‘lishi va unda harakatlanayotgan odamni aniqlanishini ta’minlashi kerak. Yaxlit zona o‘rniga himoyaning tashqi muhit chegarasidan 1,5 — 2 m kenglikdagi doira perimetrli himoya zonasini jihozlash mumkin.
Tashqi chegaradagi himoya zonasi odamlarni ilg‘aydigan radioto‘lqin uskunalari bilan jihozlanadi, bunda obyekt atrofida yaxlit himoya zonasini yaratish uchun hajmli tipdagi xabar beruvchi uskunasidan yoki yopiq uzluksiz perimetr bo‘yicha tor, chiziqli, tortilgan himoya zonasini yaratish uchun chegaradagi xabar beruvchi uskunasidan foydalaniladi.
40. Ichki chegaradagi himoya zonasida o‘rnatilgan ikkinchi himoya tizimi ruxsatsiz kirgan begona kishilarni aniqlash uchun xonaning deraza va eshigiga o‘rnatilgan qo‘riqlash qurilmasi datchiklari orqali qorovul postiga signal yuborilishini ta’minlaydi.
41. Yong‘in signalizatsiyasi xonaning ichiga yong‘in chiqishiga sabab bo‘lgan (harorat ko‘tarilishi, tutun hosil bo‘lishi va boshqalar) hollarda yoki yong‘in boshlanganda xavfni bildiruvchi signal (xabar) berishni ta’minlash maqsadida o‘rnatiladi. Yong‘in signalizatsiyasi xona ichida yong‘in sodir bo‘lgani yoki yong‘in sodir bo‘lishiga sabab bo‘lgan omillarni aniqlash haqida signal olish uchun qo‘llaniladigan tutun hosil bo‘lishi, issiqlik, yorug‘lik va/yoki jamlangan (kombinatsiyali) xabar beruvchi signalizatsiya bilan jihozlanadi.
42. Qo‘riqlash va yong‘in signalizatsiya moslamalarining ogohlantiruvchi xabari butun sutka davomida ishlaydigan qorovulxonada joylashgan tovush, yorug‘lik yoki boshqa turdagi ogohlantiruvchi signal beruvchi ko‘p kanalli (ko‘p nurli) pultiga tushishi hamda ushbu pultdagi maxsus tabloda yong‘in sodir bo‘lgan yoki yong‘in xavfi tug‘ilgan joylari yorug‘lik indikatorlari orqali ko‘rsatilishi kerak. Signalizatsiya kompleksi binoning tashqi tomonida joylashtirilgan baland tovush chiqaruvchi uskuna bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, I toifali obyektlarda qorovulxonadagi (qo‘riqlash xizmatidagi) qabul qiluvchi pultga yong‘in yoki qoidabuzarlik haqidagi xabar tushishi bilan bu xabar tezda simli yoki radioaloqa tizimi orqali hududiy ichki ishlar organiga yuborilishi lozim. Shu bilan birga, xavfni bildiruvchi signal sabablarini aniqlab, tezkor ravishda kerakli choralarni ko‘rish va yolg‘on (sababsiz) chaqirilishini oldini olish maqsadida qorovul (qo‘riqlash xizmati) va ichki ishlar organi orasida ikki tomonlama aloqa tashkil etiladi.
43. Qorovulxonaga va ichki ishlar organiga xavfni bildiruvchi signal sababini yetkazish paytida qo‘riqlash va yong‘in signalizatsiyasi avtomatik rejimda ishlashi kerak. QYOTM kompleksini elektr ta’minlash tarmog‘i kompleksning sutka davomida uzluksiz ishlashini ta’minlashi kerak.
44. Signal va elektr ta’minoti kabellari tasodifiy yoki qasddan shikastlanishiga qarshi yuqori darajada himoyalangan bo‘lishi kerak. Kabellar yer ostiga o‘rnatilishi, shuningdek kabellar elektr ta’minlash qurilmasidan datchiklarigacha bo‘lgan masofada yer (devor) ichiga yopiq usulda joylashtirilishi kerak.
45. QYOTM tizimiga ushbu tizimni loyihalash, montaj va o‘rnatish ishlarini amalga oshirgan maxsus tashkilot bilan kelishmasdan turib o‘zgartirishlar kiritish ta’qiqlanadi.
46. QYOTM ni ekspluatatsiya qilish va xizmat ko‘rsatish uchun javobgar shaxslar yuridik shaxs buyrug‘iga asosan tayinlanadi.
Download 29.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling