Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash bo‘yicha texnik talablar to‘G‘risida nizomni tasdiqlash haqida


IV. Birinchi toifali obyektlarda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar saqlanadigan hududlarga (joylarga) qo‘yiladigan texnik talablar


Download 29.52 Kb.
bet4/7
Sana13.04.2023
Hajmi29.52 Kb.
#1355449
1   2   3   4   5   6   7
IV. Birinchi toifali obyektlarda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar saqlanadigan hududlarga (joylarga) qo‘yiladigan texnik talablar
17. Birinchi toifali obyektlarda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash hududlariga qo‘yiladigan talablar quyidagicha:
1) Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar saqlanadigan hududlar O‘zbekiston Respublikasida amalda bo‘lgan qurilish me’yorlari va qoidalari (SNiP) hamda loyihalashning sanitariya me’yorlari talablariga javob berishi kerak.
2) Hududlarning yuzasi tekis, yog‘ingarchilik, qor-muz suvlari va sug‘oriladigan suvlar oqib ketadigan qiyaliklarga ega bo‘lishi kerak. Hududlarda tozalikka rioya qilinishi shart. Kirish va o‘tish joylari qattiq qoplamaga ega bo‘lishi, erkin harakatlanishda to‘siqlar bo‘lmasligi kerak. Yo‘llar, o‘tish joylari va yo‘lkalarni o‘z vaqtida ta’mirlash, qishda qordan tozalash, muz bilan qoplangan hollarda qum sepilishi talab etiladi. Kirish va o‘tish joylari kechqurun yoritilgan bo‘lishi kerak.
3) Hududlarda ishlab chiqarish natijasida hosil bo‘ladigan zararli chiqindilar yig‘ilib qoladigan qazilgan chuqurliklar yoki o‘yilgan joylar bo‘lmasligi kerak. Hududlarda joylashgan lyuk, ariq va quduqlar yopiq holda bo‘lishi kerak. Vaqtincha ochib qo‘yilgan lyuk, quduq va ariqlar balandligi 1 metrdan kam bo‘lmagan, qorong‘i paytda ko‘rinadigan chiroqli signalizatsiya o‘rnatilgan to‘siqlar bilan o‘ralgan bo‘lishi kerak.
4) Quduqlarga, shuningdek muyulish burchaklarida kameralarga ega bo‘lmagan yer osti muhandislik tizimlarida ularning joylashish sxemasini aniqlash imkonini beruvchi tashqi aniqlash belgilari o‘rnatilishi zarur.
5) Alohida joylashgan omborxonalar, shuningdek, saqlash omborxonalari va boshqa turli binolar hamda qurilmalar oralig‘idagi masofa o‘rnatilgan yong‘in xavfsizligini ta’minlovchi masofalardan kam bo‘lmasligi kerak.
6) Tegishli hududlarda joylashgan barcha bino va qurilmalar ichiga erkin kirish imkoniyati ta’minlangan bo‘lishi kerak. Binolar va yong‘inni o‘chiruvchi suv manbalariga o‘tish joylari va kirish yo‘llari, shuningdek, yong‘inga qarshi qo‘llaniladigan asboblar, uskunalar va rezervuarlar joylashtirilgan bo‘linmalar hududiga ham erkin kirish imkoniyati ta’minlangan bo‘lishi kerak.
Zavod ichidagi metall yo‘llarning o‘tish joylari o‘t o‘chirishga mo‘ljallangan avtomobillar harakati uchun bemalol bo‘lishi kerak. O‘tish va binolar orasidagi joylardan avtomobillar turishiga, xom-ashyo, materiallar va tayyor mahsulotni saqlash maqsadlarida foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
7) Tegishli hududlarda materiallar, xom-ashyo, yarim tayyor mahsulotlar, tayyor mahsulotlar va idishlarni saqlashga mo‘ljallangan maydonlarni tuzilishi yong‘in xavfsizligi organlari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
8) Obyekt hududi devor bilan chegaralanib, binodan suv chiqib ketishi uchun qiyaliklar o‘rnatiladi.
9) Ish vaqtidan tashqari paytlarda saqlash joylari yopiq, muhrlangan bo‘lishi, butun sutka davomida qo‘riqlanishi, tungi vaqtlarda esa kirish joylari yoritilgan bo‘lishi kerak.
10) Birinchi toifali obyektlarni saqlash joylarining qo‘riqlash xizmati o‘qotar qurol bilan qurollanadi. Qo‘riqlash xizmatining turi, qurol rusumi, postlar soni, texnik vositalar va ularning soni tashkilot rahbari tomonidan ichki ishlar organlari bilan kelishilgan holda belgilanadi.
18. Birinchi toifali obyektlarda saqlash joylarining texnik mustahkamligiga bo‘lgan talablar:
1) Saqlash joylarining hududida devordan 3 m dan kam bo‘lmagan kenglikdagi ta’qiqlangan zona bo‘lishi kerak. Ta’qiqlangan zonaning chegaralari va undan foydalanish tartibi ichki ishlar organining nazorat-litsenziyalash xizmati vakili bilan kelishilgan holda yuridik shaxs ma’muriyati tomonidan belgilanadi. Ta’qiqlangan zonaning chegaralarida to‘siqlar va ogohlantiruvchi belgilar o‘rnatiladi. To‘siqdan eng yaqin omborxonagacha bo‘lgan masofa 3 m dan kam bo‘lmasligi kerak. Tog‘li hududlarda ushbu masofa ichki ishlar organlari bilan kelishilgan holda kamaytirilishi mumkin. Ta’qiqlangan zonaning chegaralari daraxt va butalar olib tashlanib, quruq o‘t, o‘tin, shox-shabba va boshqa oson alangalanuvchi buyumlardan tozalangan bo‘lishi kerak.
2) Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni saqlash joylarining hududi devor bilan o‘raladi. Devor tikanli sim, g‘ishtli, toshdan yoki metalldan tayyorlanadi. Devor balandligi 2 m dan kam bo‘lmasligi kerak. G‘ishtli, toshdan yoki metalldan ishlangan devor ustiga 0,5 m dan kam bo‘lmagan balandlikda metall asoslarga to‘rt qator tikanli sim tortilishi lozim. Devorda qulflanadigan darvoza va eshiklar o‘rnatiladi.
3) Prekursorlarni saqlash joylarining hududi balandligi 2,5 m dan kam bo‘lmagan metall-betonli devor bilan o‘ralib, devor ustidan balandligi 0,5 m dan kam bo‘lmagan to‘rt qator tikanli simdan qiya soyabonli qilib yasalgan ustun o‘rnatiladi; ushbu devorning ichki tomonidan eni 3 m dan kam bo‘lmagan nazorat chizig‘i o‘rnatiladi. Qo‘shimcha ravishda balandligi 2 m dan kam bo‘lmagan ichki simli devor o‘rnatilib, uning ustidan ham balandligi 0,5 m dan kam bo‘lmagan to‘rt qator tikanli simdan soyabonli yasalgan ustun o‘rnatiladi.
19. Birinchi toifali obyektlarda prekursorlarning saqlanishi mazkur Nizomning 17-, 18-bandlari qoidalariga muvofiq texnik mustahkamlangan obyektlar hududida yong‘in xavfsizligi qoidalari, moddalarning o‘zaro mutanosibligi hamda o‘t o‘chiruvchi vositalarining bir xilligi belgilariga asoslangan holda amalga oshiriladi.
20. Prekursorlarning saqlash joylari quyidagi turlarga bo‘linadi:
omborxonalar;
maydonlar (ochiq va usti yopiq);
rezervuar joylar.
1) Muayyan tipdagi saqlash joylarida saqlanishi lozim bo‘lgan prekursorlarning aniq tipi va turlari hamda ularni chegara sig‘imi amaldagi me’yoriy-texnik hujjatlar bilan belgilanadi.
2) Birinchi toifali obyektlarda prekursorlar saqlanadigan binolar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
a) prekursorlarni taralab (maxsus idishlar ichida) saqlash uchun mo‘ljallangan omborxonalar yonmaydigan materiallardan qurilishi kerak. Omborxona devorlari mustahkamligi jihatdan qalinligi 120 mm dan kam bo‘lmagan g‘isht devor o‘lchamiga teng bo‘lishi, pol va to‘siqlar — qalinligi 80 mm dan kam bo‘lmagan temir-beton plitadan bo‘lishi kerak. Bu talablarga javob bermaydigan devor va to‘siqlar ichki tomondan diametri 12 mm dan kam bo‘lmagan qalinlikdagi metall simdan yasalgan, katakchalar o‘lchami 150x150 mm dan katta bo‘lmagan panjara yordamida mustahkamlanadi.
b) Xonalarga eng kamida ikkita eshik o‘rnatiladi. Eshiklar kesakisiga yaxshilab moslangan bo‘lishi kerak. Eshik kesakisi metalldan yasalishi zarur yoki kesakilar 30x40 mm o‘lchamli, qalinligi 5 mm dan kam bo‘lmagan metall burchaklar yordamida mustahkamlanib, burchaklarning o‘zi diametri 10 — 12 mm, uzunligi 120x150 mm li armaturadan yasalgan mix yordamida devorga maqkamlanadi.
Kirish (tashqi) eshigi yaxlit metall yoki ichi bo‘sh bo‘lmagan hamda qalinligi 40 mm dan kam bo‘lmagan yog‘ochdan tayyorlanadi. Eshik ikkala tomonidan metall tunuka bilan qoplanib, bunda metall tunuka qirralari (chetlari) eshikning ichki yuzasiga qayrilishi yoki yon tomondan bir-birini ustiga chiqib turadigan holda buklanishi, kamida ikkita qulf, ulardan bittasi — o‘yma qulf o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
Tashqi eshik ichkari tomondan qo‘shimcha ravishda diametri 16 mm dan kam bo‘lmagan, katakchalar o‘lchami 150x150 mm dan ko‘p bo‘lmagan, har bir kesishish joyida payvand qilingan armaturadan yasalgan panjarali metall eshik yordamida mustahkamlanadi. Ichki panjarali eshik ichki yoki osma qulf bilan qulflanadi.
v) saqlash xonasi derazalarining o‘rni diametri 12 mm dan kam bo‘lmagan va katakchalarining o‘lchami 150x150 mm dan ko‘p bo‘lmagan metall panjaralar bilan mustahkamlanadi.
3) Omborxona binosining eshiklari yopiq holda bo‘lishi kerak. Ish vaqti tugaganidan so‘ng eshiklar qulflanishi va muhrlanishi, kalitlar, muhr va tamg‘a moddiy javobgar shaxsda saqlanishi kerak.
4) Har bir omborxonaning ko‘rinadigan joyiga 12.4.026-GOST bo‘yicha “Signal ranglari va xavfsizlik belgilari”, omborxonada saqlanayotgan materiallarni saqlashda xavfsizlik qoidalari hamda baxtsiz hodisalarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha yo‘riqnoma osilgan bo‘lishi kerak.
5) Yong‘in-xavfli moddalar saqlovchi omborxonalarning binosi quruq, yaxshi shamollatiladigan yoki ventilatsiyalanadigan, yong‘inga qarshi inventarlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
6) Xom ashyo va tayyor mahsulotlar saqlanadigan omborxonalarda umumiy almashinuvchan ventilatsiya, silos saqlovchi to‘kiluvchan moddalar saqlanadigan omborxonalarda esa aspiratsiya bo‘lishi kerak.
7) Xom ashyo va tayyor mahsulotlar saqlovchi maydonlar tik (to‘g‘ridan to‘g‘ri) tushuvchi quyosh nurlari ta’siridan hamda atmosfera yog‘inlaridan himoyalangan bo‘lishi,transport yuradigan qismidan kamida 15 sm balandlikda joylashishi, atmosfera va grunt suvlari yig‘ilib qolmasligi hamda suyuqliklarning oqib tarqalmasligi uchun zarur bo‘lgan moslama va tarnovlar bilan jihozlanishi kerak.
8) Kislotalar saqlovchi omborxonalar boshqa materiallarni saqlashga mo‘ljallangan omborxonalardan alohida joylashgan bo‘lishi kerak. Kislotalarning yerto‘lalarda saqlanishiga ruxsat etilmaydi. Kislotalar saqlovchi omborxonaning ventilatsiyasi tabiiy bo‘lishi kerak.
9) Maxsus maydonlarda xomashyo va tayyor mahsulotlarni idishlar ichida saqlangan holatlarda ularning soni har bir guruhda 100 donadan ko‘p bo‘lmasligi, guruhlar orasidagi masofa 1 m dan kam bo‘lmasligi kerak. Har bir guruhda ma’lum bir turdagi moddalar saqlanishi zarur.
10) Xom ashyoning sutkalik zaxirasini saqlash uchun bo‘limlarda havoni tortib oladigan ventilatsiya uskunasi o‘rnatilgan omborcha ajratilishi kerak.

Download 29.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling