Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash bo‘yicha texnik talablar to‘G‘risida nizomni tasdiqlash haqida


V. Ikkinchi toifali obyektlarda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar saqlanadigan xonalarga qo‘yiladigan texnik talablar


Download 29.52 Kb.
bet5/7
Sana13.04.2023
Hajmi29.52 Kb.
#1355449
1   2   3   4   5   6   7
V. Ikkinchi toifali obyektlarda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar saqlanadigan xonalarga qo‘yiladigan texnik talablar
21. Ikkinchi toifali obyektlarda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar mazkur bo‘limning talablariga muvofiq jihozlangan alohida xonalarda saqlanadi. Bunda giyohvandlik vositalari seyflarda, psixotrop moddalar esa metall shkaflarda saqlanadi. Prekursorlarni seyf yoki metall shkaflardan tashqarida saqlanishiga ruxsat etiladi.
Harorat rejimiga rioya qilish zarur bo‘lgan hollarda, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni yuridik shaxs boshlig‘ining shaxsiy javobgarligi asosida binolarda o‘rnatilgan qulflanib muhrlanadigan sovutgich kameralarida yoki sovutgichlarda saqlashga ruxsat etiladi.
22. Ish vaqtidan so‘ng binolar yopiq, muhrlangan va qo‘riqlash uchun topshirilgan bo‘lishi, tungi vaqtda kirish joylari yoritilgan bo‘lishi kerak.
23. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar saqlanadigan bino (xona) lar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
1) Mustahkam tashqi devorlar, pol va shift to‘siqlariga ega bo‘lishi kerak. Ichki devorlar (to‘siqlar) mustahkamligi bo‘yicha qalinligi 80 mm dan kam bo‘lmagan, oralig‘iga metall panjara o‘tqazilgan juft gipsobeton panelga yoki qalinligi 120 mm dan kam bo‘lmagan g‘isht devor qalinligiga mos kelishi kerak.
2) Xonalarga ikkita eshik o‘rnatiladi. Eshiklar kesakisiga yaxshi moslangan bo‘lishi kerak, bunda:
a) eshik kesakisi metall profildan tayyorlanadi. Avval qurilgan binolarda eshiklar kesakisini yog‘ochdan yasalganligiga ham ruxsat etiladi, bunda kesakilar 30x40 mm o‘lchamli, qalinligi 5 mm dan kam bo‘lmagan metall burchaklar yordamida mustahkamlanib, burchaklarning o‘zi diametri 10 — 12 mm, uzunligi 120x150 mm dan kam bo‘lmagan armaturadan yasalgan mix yordamida devorga o‘rnatilishi kerak.
b) kirish (tashqi) eshigi yaxlit metall yoki ichi bo‘sh bo‘lmagan hamda qalinligi 40 mmdan kam bo‘lmagan yog‘ochdan tayyorlangan bo‘lishi kerak. Eshik ikkala tomonidan metall tunuka bilan qoplanib, bunda metall tunuka qirralari (chetlari) eshikning ichki yuzasiga qayrilishi yoki yon tomondan bir-birini ustiga chiqib turadigan holda buklanishi kerak. Tashqi eshikka kamida ikkita qulf (ulardan bittasi — o‘yma) o‘rnatiladi. Eshik mastik muhr bilan muhrlanadi yoki plombalanadi;
v) ichki panjarali metall eshik diametri 12 mm dan kam bo‘lmagan, katakchalar o‘lchami 150x150 mm dan katta bo‘lmagan, har bir kesishish joyida payvand qilingan armaturadan yasaladi. Ichki panjarali eshik ichki yoki osma qulf yordamida qulflanadi.
3) Deraza o‘rniga xonaning ichki tomonidan simining diametri 15 mm dan kam bo‘lmagan metall panjara o‘rnatiladi. Panjara kataklarining o‘lchami 150x150 mm dan ko‘p bo‘lmagan holda ular har bir kesishish joylarida payvand qilinishi kerak. Panjara simining uchlari devorga 80 mm chuqurlikda o‘rnatilib, beton quyib qotiriladi.
Mustahkamligi yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan panjaralardan qolishmaydigan dekorativ panjara yoki jalyuzilardan foydalanishga ham ruxsat etiladi. Birinchi qavatda joylashgan xonalarda deraza o‘rinlariga ichkari tarafdan metall yoki ikkala tomonidan metall plastinka bilan qoplangan hamda osma qulflar yordamida qulflanadigan yog‘ochli deraza eshiklarni o‘rnatishga ruxsat etiladi.
Xonalarida ventilatsiya tuynuklari va lyuklar mavjud bo‘lgan hollarda ularga diametri 15 mm dan kam bo‘lmagan, katakchalarining o‘lchami 100x100 mm dan katta bo‘lmagan, ushbu sistemalar orqali xona ichiga kirishga to‘sqinlik qila oladigan metall panjaralar o‘rnatiladi. Devordagi ventilatsiya qurilmalari o‘tishiga mo‘ljallangan teshiklarning diametri 200x200 mm dan oshmasligi kerak.
24. Davolash-profilaktika muassasalarida navbatchi tibbiyot xodimlari tomonidan olingan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ularni saqlash uchun maxsus ajratilgan, devorga yoki polga mustahkamlangan seyf yoki metall shkaflarda saqlanishi zarur.
Tibbiy maqsadlar uchun tashilganda (tez yordam mashinasida) giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tibbiy qutilarda saqlanadi.

Download 29.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling